Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Ko’chmas mulkni baxolashda xarajatli yondoshuv


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

11.3. Ko’chmas mulkni baxolashda xarajatli yondoshuv. 
Harajatli baholashning umumiy qoidalari; 
Harajatlar bo‘yicha baholashga yondashish, o‘xshash ko‘chmas mulk 
ob’ekti qurilishi qiymatini mavjud ob’ekt qiymati bilan taqqoslashga va boshqa 
usullarga asoslanadi. Bunday yondashilganda o‘xshash ob’ekt qurilishi qiymati 
aniqlanadi, keyin esa yig‘ilgan emirilish qiymatiga mos keluvchi miqdor 
chegirib tashlanadi. Hosil bo‘lgan qiymat, baholanuvchi ob’ekt bahosini tashkil 
qiladi. 
Baholashga harajatli yondashishning asosiy tamoyili - o‘rindoshlik tamoyili 
bo‘lib, unda aytilishicha, xabardor haridor er maydonini sotib olish va unda 
o‘zining iste’mol xususiyatlariga ko‘ra baholanuvchi ob’ektga o‘xshash bo‘lgan 
binoni qurishga sarf etiladigan harajat qiymatidan ortig‘ini biror bir ko‘chmas 
mulk ob’ekti uchun hech qachon to‘lamaydi.
Ko‘chmas mulkni qiymatini aniqlash uchun harajatli yondashish usulini 
qo‘llashdagi asosiy qadamlar: 
- tiklanuvchi qiymatni aniqlash (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita xarajatlar), 
- bino (inshoot) ning yig‘ilgan emirilishi qiymatini aniqlash; 
- ko‘chmas mulkning umumiy qiymatini aniqlash; 
qayta tiklash harajatlarini aniqlash (qo‘shimcha harajatlar).
Ko‘chmas mulk ob’ekti qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 


 283 
Sm
k
=Ss-Se+Sm
ar.k 
Bunda: 
Sm
k
- ko‘chmas mulk ob’ekti qiymati; 
Ss - qurshlish qiymati (to‘g‘ri va bilvosita harajatlar); 
Se - emirilish qiymati
Sm
ar.k
- qayta tiklash harajatlari (rekonstruksiya). 
Konstruktiv xarajatlar variantlarini taqqoslashda ta’mirlash (ta’mirlash) 
ishlarini bajarishga, isitishga va majburiy ventilyasiyaga sarflanadigan 
harajatlarni hisobga olish kerak. 
Konstruksiyalarni almashtirish va binoning (inshootning) boshqa qismlarini 
to‘la almashtirish bilan bog‘liq kapital ta’mirlashga ketadigan o‘rtacha yillik 
xarajatlar ham inobatga olinadi. 
Umuman harajatli usullarda ko‘chmas mulni xozirgi vaqtdagi narxi 
aniqlanadi, buning uchun binoning qurilgan davrdagi narxi, tamirlash uchun 
ketgan harajatlar, ba’zi o‘zgartirilgan qismlar harajati, shikstlarga doir harajatlar 
aniqlanib harajatli yondoshiga tegishli baho aniqlanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling