Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Imoratni baholashda ekologiya-muxit ta’sirini inobatga olish
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
11.6. Imoratni baholashda ekologiya-muxit ta’sirini inobatga olish. Imorat va inshootlarni baholashda avvalo maqsadni aniq bilish kerak va shundan kelib chiqqan holda atrof - muhit, hamda ichki salbiy ta’sirlarini aniq o‘rganish lozim. Albatta, imorat bahosiga atrof muhit ta’siri juda sezilarli bo‘lishi mumkin. Agarda, narxlanalayotgan bino tyokis maydonga joylashgan bo‘lsa, atrofi ko‘kalamzor, yon atrofida oqib turuvchi toza suv (anxor, daryo, ko‘l, ariq va 288 hq), bog‘lar, fontan, o‘rmon kabi inson faoliyati uchun nixoyatda foydali maydonda joylashgan imoratning narxi yuqori bo‘ladi. Agarda uni ustiga transport - metro, avtobus va trolleybuslar qatnovi yaxshi bo‘lsa, muhandislik tarmoklari (issiq va soviq suv, kanalizatsiya, kuchli va kuchsiz elektr toklari, teleuskunalar, va hk.) beshikast, ko‘ngildagidek ishlab turgan bo‘lsa, bunday binolar narxi yuqori bo‘lishi asosli. Axir imorat olma, qo‘shni ol, deyishadiku. Bu degan so‘z tinch va osoyishta yashayman desang atrofing soz bo‘lsin degani, demak muhitni baholashning o‘rni katta ahamiyat kashf etadi. Agarda imorat atrofida teskarisi, ya’ni salbiy faktorlar ko‘p bo‘lsa, uni ham umumiy narxda inobatga olish lozim. Bahollashda salbiy faktorlarnn baholash narxiga sezilarli ta’sir qiladigan turlari quyidagilardir: - Atrof muhit (er, tuproq, suv, ximikatlar ta’siri) holati; - Fizik salbiy ta’sirlar (magnit maydonlari, issiqlik manb’alari, shovqin, radiatsiya, yorug‘lik; -Er osti suvlari, tuzlar, adashgan toklar kabi salbiy faktorlar va boshqalar. Salbiy faktorlar imorat iqtisodiy ko‘rsatkichiga ta’sirini inobatga olishning bir necha yondoshuvlari bor. Muhitni iqtisod ko‘rsatkichiga ta’sirini inobatga olishning eng sodda va aniq yo‘li bu indekslashtirish yondoshishidir. Halkaro tan olingan bunday yondoshish muxitni sifat indeksi deb nom olgan. Demak muhit ifloslanishi quyidagi Sifat indeksi- ifloslanganlik indeksi munosabati orqali ifodalinadi. Ko‘rsatilgan indeksni soddalashtirilgan hisoblash algoritmы quyidagichadir: 1. O‘lchangan 1-ifloslanish konsentratsiey S- ni aniqlash. 2. CHRK- chegaraviy ruxsat etilgan I- ifloslanish ko‘rsatkichini topish. 3. 1-chi ifloslanish konsentratsiyasini normallashtirish ko‘rsatkich A-ni hisoblash. A= S\ CHRK 4. Atrof muqitni ifloslanish indeksini topish, ya’ni I= A 1 +A 2 +A 3 +...........An 289 Keltirilgan algoritm asosida o‘tkazilgan hisoblar shuni ko‘rsatdiki, imoratning narxi-bahosi, muhitning salbiyligi hisobiga 30 foizgacha pasayishi mumkin ekan. Bu ko‘rsatkich baholash natijasiga katta ta’sir etuvchi faktorligini isbotlovchi yana bir dalildir. Baholash narxiga atrof muhitni ijobiy va salbiy tasiri umuman juda kam o‘rganilgan muammo bo‘lib, bu juda dolzorb yo‘nalish bo‘yicha katta ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo etadi. Ayniqsa, bu masala bizning Respulikamizda nihoyatda zarur, foydali va dolzorb muamodir. Masalan, Toshkent shahridagi transportning millionlab odamlar yashovchi shahar muhitini keskin buzishi, Jizzax, Sirdaryo, Qarshi va boshqa ko‘p viloyatlarda er sho‘rining salbiy ta’siri, Nukusda o‘ta murakkab sho‘rlik, Orolni salbiy ta’sirlari, Xorazm, Buxoro viloyaatlaridagi er osti suvini yuqoriligi, ko‘p maydonlarimizni ximikatlar bilan zaharlanganligi va h.k albatta bizni loqayd bo‘lishimizga yo‘l bermaydi. Bu faktorlarni hisobga olish zarurligini sezsak va shu muammo bilan chuqur shug‘ullansak, bu masalani qanchalik muhimligini va uni hayot xavfsizligi bilan mashg‘ul mutaxassislar uchun zarurligini anglasak, bu fan yo‘nalishida qanchadan qancha o‘zlashtirilmagan qo‘riq borligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling