Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktik
BINOLARGA TEXNIK XIZMAT
KO’RSATISH Ekspluatasiya qilish Xizmat ko’rsatish KO’RIKLAR TIZIMI Umumiy Xususiy Bahorgi Kuzgi Navbatdan tashqari REJAVIY Rejadan tashqari BINOLAR REMONTI JORIY Rejaviy ogohlantiruvchi ta’mirlash Profilaktik Ko’zda tutilmagan КАPITAL ТАNLAB Маjmuiy Aholi bilan ishlash Hovli hududida ishlash 292 Kapital ta’mirlashdan maqsad - binoning jismoniy eskirishni yo‘qotish, joriy ta’mirlashda esa - konstruksiya va muhandislik tizimlarini barvaqt eskirishdan asrash. Kapital ta’mirlashda shu bilan birga binoning eskirish va undagi hajmiy-rejaviy, sanitar-gigienik va boshqa echimlarning o‘sib boruvchi talablarga javob bermay qolishi bilan izohlanuvchi ma’naviy eskirishi ham yo‘qotilinadi. Masalan, hozirgi vaqtda balandligi 4 qavatdan yuqoriroq uylarda liftlar o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi, lozim bo‘lganda bino joylashishiga o‘zgartirish kiritiladi, tovush va issiqlik izolyasiya kuchaytiriladi, arzonroq va samaraliroq ashyo va konstruksiyalar qo‘llaniladi, turar-joy va boshqa xonalarning maydoni oshiriladi va x.k. Rejaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlashlarni o‘tkazish bino ekspluatatsiyasi ishonchliligini tavsiflovchi, ya’ni muhandislik, barqarorlik, binoning me’moriy-badiiy ko‘rinishi kabi ko‘rsatkichlarni saqlash imkonini beradi. Boshlang‘ich davrda bino ekspluatatsiyasi aholi bilan ishlash, hovli xududini tozalash, ko‘riklar, muhandislik qurilmalarni sozlash va to‘g‘rilash kabi xizmat ko‘rsatish ishlari bilan chegaralanadi. Bino eskirishini oshishi bilan rejaviy- ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Ekspluatatsiyaning ikkinchi davri texnik xizmat ko‘rsatishdagi talablarning hamma turlarini ichiga oladi va asosiy yuk ko‘taruvchi konstruktiv unsurlarda eskirish 80% dan oshguncha davom etadi, undan so‘ng chegaraviy holat mintaqasi boshlanadi. SHunday qilib, binoning texnik ekspluatatsiyasi o‘z ichiga tarkibi va mazmuni binoni ekspluatatsiya qilish davomida va uning eskirishini oshirishi bilan o‘zgarib boruvchi tadbirlar umumlashmasini o‘z ichiga oladi (12.2-rasm). Rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlashlarini o‘tkazishda ma’lum bir davrilikka amal qilinadi. Bunda kapital davriyligi konstruksiyaning turiga va uning materialiga, ya’ni binoning kapitalliligi bo‘yicha qaysi guruhga mansubligiga bog‘liq. 293 B ino va qur il mala rida gi buzili shlar Texnik xizmat ko‘rsatish mintaqasi Texnik ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatish mintaqasi Chegaraviy holatlar mintaqasi 20 80 100 % 12.2-rasm. Binolarga xizmat ko‘rsatishning zarur turlari Doiraviy ta’mirlash hajmini bog‘lovchi ekspluatatsiya qilinayotgan binoning va uning ichki muhandislik qurilmalarining texnikaviy holatini tavsiflovchi dastlabki xizmatlar uy va er maydonining texnikaviy pasporti hamda uylarning konstruktiv unsurlarini, xonalarning, muhandislik qurilmalarini va tashqi obodonlashtirish ko‘riklari natijalari aks ettirilgan bayonnomalardan iborat. Bu ma’lumotlar asosida turar-joy ekspluatatsiya shirkatlari tomonidan uylarni kapital ta’mirlash qilish va obodonchilik darajasini ko‘tarish bo‘yicha istiqbolli rejasi, hamda har bir uyning o‘rnatilingan ta’mirlash doiraviyligi bo‘yicha profilaktika ta’mirlashining yillik rejasi ishlab chiqiladi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib binoning texnik ekspluatatsiyasining vazifasi quyidagilardan iborat: - turar-joy uylari va konstruksiyalarini va bino qismlarini yaroqli holatda tutish; - bino muhandislik qurilmalarining beto‘xtov ishlashini ta’minlash; - ko‘riklarni, hamda joriy va kapital, ya’ni rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlashlarini o‘z vaqtida o‘tkazish; - uy atrof hududini saranjom-sarishta tutish. 294 Binolarning texnik ekspluatatsiyasi maqsad va vazifalaridan farqli, ularga texnik xizmat ko‘rsatishning maqsad va vazifalari bir muncha kengroq. Binolarga xizmat ko‘rsatishda o‘tkaziladigan tashkiliy tadbirlar quyidagilarni ta’minlaydi: - fuqarolar bilan turar-joyni tasarrufga o‘tkazish haqida shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash; - ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ular bilan ishlash, masalan, axlatlarni olib ketish, gaz-suv ta’minoti, lift xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qilish va boshqa shu kabilar; - pasport ishlarini olib borish. Binolarga xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilishning hamda ko‘riklar o‘tkazishning shakl va shamoyilining bunday tus olishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos ekanligini, yil davomida uzluksiz tavsifga ega ekanligini ko‘rsatadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling