Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

BINOLARGA TEXNIK XIZMAT 
KO’RSATISH 
Ekspluatasiya qilish 
Xizmat ko’rsatish 
KO’RIKLAR TIZIMI 
Umumiy 
Xususiy 
Bahorgi
Kuzgi 
Navbatdan 
tashqari
REJAVIY 
Rejadan 
tashqari 
BINOLAR REMONTI 
JORIY 
Rejaviy 
ogohlantiruvchi 
ta’mirlash 
Profilaktik 
Ko’zda tutilmagan 
КАPITAL 
ТАNLAB 
Маjmuiy 
Aholi bilan 
ishlash 
Hovli hududida 
ishlash 


292 
Kapital ta’mirlashdan maqsad - binoning jismoniy eskirishni yo‘qotish, 
joriy ta’mirlashda esa - konstruksiya va muhandislik tizimlarini barvaqt 
eskirishdan asrash. Kapital ta’mirlashda shu bilan birga binoning eskirish va 
undagi hajmiy-rejaviy, sanitar-gigienik va boshqa echimlarning o‘sib boruvchi 
talablarga javob bermay qolishi bilan izohlanuvchi ma’naviy eskirishi ham 
yo‘qotilinadi. Masalan, hozirgi vaqtda balandligi 4 qavatdan yuqoriroq uylarda 
liftlar o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi, lozim bo‘lganda bino joylashishiga o‘zgartirish 
kiritiladi, tovush va issiqlik izolyasiya kuchaytiriladi, arzonroq va samaraliroq 
ashyo va konstruksiyalar qo‘llaniladi, turar-joy va boshqa xonalarning maydoni 
oshiriladi va x.k. Rejaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlashlarni o‘tkazish bino 
ekspluatatsiyasi ishonchliligini tavsiflovchi, ya’ni muhandislik, barqarorlik, 
binoning me’moriy-badiiy ko‘rinishi kabi ko‘rsatkichlarni saqlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich davrda bino ekspluatatsiyasi aholi bilan ishlash, hovli 
xududini tozalash, ko‘riklar, muhandislik qurilmalarni sozlash va to‘g‘rilash kabi 
xizmat ko‘rsatish ishlari bilan chegaralanadi. Bino eskirishini oshishi bilan rejaviy-
ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Ekspluatatsiyaning ikkinchi davri 
texnik xizmat ko‘rsatishdagi talablarning hamma turlarini ichiga oladi va asosiy 
yuk ko‘taruvchi konstruktiv unsurlarda eskirish 80% dan oshguncha davom etadi, 
undan so‘ng chegaraviy holat mintaqasi boshlanadi. SHunday qilib, binoning 
texnik ekspluatatsiyasi o‘z ichiga tarkibi va mazmuni binoni ekspluatatsiya qilish 
davomida va uning eskirishini oshirishi bilan o‘zgarib boruvchi tadbirlar 
umumlashmasini o‘z ichiga oladi (12.2-rasm).
Rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlashlarini o‘tkazishda ma’lum bir davrilikka amal 
qilinadi. Bunda kapital davriyligi konstruksiyaning turiga va uning materialiga
ya’ni binoning kapitalliligi bo‘yicha qaysi guruhga mansubligiga bog‘liq.


293 
B
ino va qur
il
mala
rida
gi buzili
shlar
Texnik xizmat ko‘rsatish 
mintaqasi
Texnik ekspluatatsiya 
va xizmat ko‘rsatish 
mintaqasi
Chegaraviy holatlar 
mintaqasi
20 80 100 % 
12.2-rasm. Binolarga xizmat ko‘rsatishning zarur turlari 
Doiraviy ta’mirlash hajmini bog‘lovchi ekspluatatsiya qilinayotgan binoning 
va uning ichki muhandislik qurilmalarining texnikaviy holatini tavsiflovchi 
dastlabki xizmatlar uy va er maydonining texnikaviy pasporti hamda uylarning 
konstruktiv unsurlarini, xonalarning, muhandislik qurilmalarini va tashqi 
obodonlashtirish ko‘riklari natijalari aks ettirilgan bayonnomalardan iborat. Bu 
ma’lumotlar asosida turar-joy ekspluatatsiya shirkatlari tomonidan uylarni kapital 
ta’mirlash qilish va obodonchilik darajasini ko‘tarish bo‘yicha istiqbolli rejasi
hamda har bir uyning o‘rnatilingan ta’mirlash doiraviyligi bo‘yicha profilaktika 
ta’mirlashining yillik rejasi ishlab chiqiladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib binoning texnik ekspluatatsiyasining 
vazifasi quyidagilardan iborat: 
- turar-joy uylari va konstruksiyalarini va bino qismlarini yaroqli holatda 
tutish; 
- bino muhandislik qurilmalarining beto‘xtov ishlashini ta’minlash; 
- ko‘riklarni, 
hamda joriy va kapital, ya’ni rejaviy-ogohlantiruv 
ta’mirlashlarini o‘z vaqtida o‘tkazish; 
- uy atrof hududini saranjom-sarishta tutish.


294 
Binolarning texnik ekspluatatsiyasi maqsad va vazifalaridan farqli, ularga 
texnik xizmat ko‘rsatishning maqsad va vazifalari bir muncha kengroq. Binolarga 
xizmat ko‘rsatishda o‘tkaziladigan tashkiliy tadbirlar quyidagilarni ta’minlaydi: 
- fuqarolar bilan turar-joyni tasarrufga o‘tkazish haqida shartnomalar tuzish 
va ularning bajarilishini ta’minlash; 
- ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ular bilan ishlash, 
masalan, axlatlarni olib ketish, gaz-suv ta’minoti, lift xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish 
va ta’mirlash qilish va boshqa shu kabilar
- pasport ishlarini olib borish.
Binolarga xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilishning hamda ko‘riklar 
o‘tkazishning shakl va shamoyilining bunday tus olishi, ularga texnik xizmat 
ko‘rsatishning o‘ziga xos ekanligini, yil davomida uzluksiz tavsifga ega ekanligini 
ko‘rsatadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling