Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Imoratlarni baholashda sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
11.4. Imoratlarni baholashda sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi. Bu yondoshuvda ko‘chmas mulkka talab, ya’ni uning bozoradagi holati o‘rganilib, bir necha o‘xshash ob’ektlarini narxini keltirish asosida aniqlanadi. Mavjud yondoshuvni qo‘llashdagi ma’lum qiyinchiliklar bo‘lib ulardan biri bozor qiymatini aniqlashga doir hisoblashning zarurligidir. Bunda bozor omillari o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Katta daromadli ob’ektlarni sotish jarayonida sotish shartlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham yoki to‘liqsiz bo‘ladi. SHuning uchun sotuvlarni qiyoslash usulining ushbu holatlarida faqat bozor qiymati miqdorida bo‘lishi bir qancha ishonchliroq bo‘lgan ma’lumotlarni bayon qilish mumkin bo‘ladi. Aynan shuning uchun ko‘chmas mulkning savdo bahosini sotuvlarni qiyoslash usuli bilan aniqlash ehtiyotkorlik bilan bajarilishini talab qiladi. 284 Sotuvlarni qiyoslash usuli nosavdo ko‘chmas mulk - ko‘p xonali va xususiy turarjoylar, kottejlar, bog‘ va dalaxovlilarni baholashda eng aniq ma’lumotlarni beradi: Sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi quyidagi tartibda qo‘llaniladi: - ob’ektlarning qiyosiy foydaliligiga aloqador bo‘lgan barcha omillar haqida aniq axborot olish maqsadida bozorni batafsil o‘rganish; - qiyosiy birliklarni aniqlash va har qaysi birlik bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazish; - baholanayotgan ob’ektni tanlangan qiyoslash ob’ektlari bilan solishtirish. Maqsad - ularning sotilish narxlarini tuzatish yoki qiyoslanuvchilar ro‘yxatidan chiqarishdir; - qiyosiy ob’ektlar qiymatining tuzatilgan ko‘rsatkichlarining bir qatorini bittaga yoki baholash ob’ekti bozor qiymatining diapazoniga keltirish. Qurilgan maydonlar sotuvlari tahlil etilganda odatda quyidagi qiyoslash birliklari ishlatiladi: - bino yoki inshoot umumiy maydonining 1kv.m. narxi; - ijaraga topshiriladigan bino yoki inshoot sof maydonining 1kv.m. narxi; - er qiymati hisobga olinmagan binoning 1kv.m. narxi; - xona narxi; - kvartira yoki ko‘chmas mulkning boshqa birligi narxi; - bino yoki inshootning 1 kub metr narxi; - daromad keltiruvchi birlikning narxi. Umumiy maydonning 1kv.m. narxi garchi bozorlarda ishlatilsa ham, ayni vaqtda qiyoslash birligi sifatida anchagina noaniqdir, negaki mulkning iste’mol sifatlarini etarli darajada hisobga olmaydi. Binoning 1kv.m. narxi ko‘chmas mulkning sotilish narxidan maydon qiymatini chiqarish va ayirmani binoning umumiy maydoniga bo‘lish orqali xosil qilinadi. SHu yo‘sinda, o‘zining joylashishi tufayli turli qiymatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan erning qiymati alohida hisobga olinadi. 285 Xona narxi qiyoslash birligi sifatida «xona» tushunchasining aniq ta’rifi sharti bilangina ma’noga egadir. Bu tushunchaning turlicha talqin etilishi bir- biriga o‘xshamas taxlil natijalariga olib kelishi mumkin. Qiyoslashning tarkibiy qismlarini tanlash. Ko‘chmas mulk narxlarining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari va kelishuvlarning xususiyatlari qiyoslashning tarkibiy qismlari deb ataladi. Qiymatga bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismlarni ajratish uchun bozor sharoitlarini mufassal taxlil etish zarurdir. Qiyoslash ob’ektlarini baholash ob’ektlari bilan solishtirish uchun qiyoslashning har bir ajratilgan tarkibiy qismi bo‘yicha qiyoslash ob’ektlarining sotilish narxlariga tuzatishlar kiritish lozim. Bunda tuzatish yo umumiy narxga yoki qiyosiy birlik narxiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Tuzatishning umumiy kattaligi ob’ektlar o‘rtasidagi farqning darajasiga bog‘lik bo‘ladi. Demak bu yondoshishda baholanayotgan ob’ektdan qiyoslashga tanlangan ob’ektlar orasidagi hamma, asosiy farqlar tegishli matematik usullar yordamida inobatga olinadi va qiyoslaniladigan imoratlarni baholanuvchi mulkning holatiga keltiriladi. Qiyoslash yondoshuvida mulkni bozoriy narxi aniqdanadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling