Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Nazorat uchun savollar 
1. Qurilish konstruksiyalarini texnik iqtisodiy baholash. 
2. Konstruksiyani iqtisodiy baholash mezonlari. 
3. Ekspluatatsion harajatlarni aniqlash. 
4. Kelishuvlarni qiyoslash usuli. 
5. Daromadli yondashuv. 
6. Atrof muhitni iqtisodiy bahoga ta’siri. 
 


 290 
XII BOB. BINOLARNI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISHNI 
TASHKILLASHTIRISH 
12.1. Texnik ekspluatatsiyaning mazmuni va vazifasi
Hozirgi zamon turar-joy va jamoat binolari o‘zida muhandislik tizimlari va 
inshootlarning murakkab majmuasini ifoda etadi. Ularni ekspluatatsiya qilish 
uchun bino unsurlari ashyolarining eskirish, edirilish va buzilish asosiy 
qonuniyatlarini, hamda binolarni o‘z vaqtida ta’mirlashga berish, ko‘rikdan 
o‘tkazishni ta’minlovchi tashkiliy tadbirlarni bilish lozim.
To‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatish va rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlash ishlari 
binolarining me’yoriy xizmat muddatini ta’minlaydi. Texnik ekspluatatsiyani 
tashkillashtirishda binolarni konstruksiya va qurilmalari materialini hoh 
me’yoriy, hoh barvaqt edirilishini va eskirishini keltirib chiqaruvchi sabablarni 
bilish lozim.
Binolar vazifasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1) fuqaro binolari va ularga quyidagilar taalluqli; 
a) turar-joy va jamoat; 
b) xizmat ko‘rsatuvchi va maishiy; 
v) jamoat- madaniy (teatrlar, shifoxonalar, o‘quv binolari); 
2) sanoat binolari (ishlab chiqarish va transport extiyojlariga xizmat 
ko‘rsatuvchi,ssex, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa shu kabi binolar).
3) qishloq xo‘jalik binolari.
Binolarni ekspluatatsiya qilish qurilgan ob’ektlardan foydalanishni, ya’ni 
ularning xonalari bo‘sh qolmasligini ko‘zda tutadi. Masalan, ekspluatatsiya 
turar-joy xonalaridan fuqarolarning yashashi nazarga olinadi. Istiqomat 
qiluvchilarning extiyojini qondirish barcha muhandislik tizimlarini (suv 
o‘tkazgichlar, oqava suvlar, issiq suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, shamollatish, 
lift qurilmalari) me’yorida ishlab turishi lozim.
Binolar ekspluatatsiyasi 2 turga bo’linadi. Binolarga xizmat ko‘rsatish va 
binolarni texnik ekspluatatsiya qilish (12.1-rasm). 


 291 
Binolarga texnik xizmat ko‘rsatish deganda ularning xonalaridan, 
muhandislik tarmoqlaridan, atrofidagi xududdan foydalanish mobaynida lozim 
bo‘lgan holda tutilishi ta’minlashga aytiladi. Xizmat ko‘rsatish pasport ishlarini, 
tashkilotlar bilan yashovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni, bino 
hovlisidagi sanitariya tozalash va supurish-sidirishlarni ko‘zda tutadi.
Texnik ekspluatatsiya esa rejaviy-ogohlantiruv (kapital va joriy) va ko‘zda 
tutilmagan ta’mirlashlarni o‘tkazishni, hamda ko‘riklar va qurilmalarni sozlashni 
nazarda tutadi.
Bino va uning ayrim konstruksiyalari ekspluatatsiya mobaynida tabiiy 
omillar ta’sirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyiladi. Binolarni 
buzilishsiz ishlatishni ta’minlash uchun eskirish jarayonini to‘xtatib turishga 
yoki uni daf etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘rnatilgan talablar asosida 
o‘tkazish lozim. Biroq boshlang‘ich holatni to‘la tiklashni hatto kapital 
ta’mirlashlar natijasida hali amalga oshirib bo‘lmaydi. Gap faqatgina binoning 
barcha unsurlarini me’yoriy muddatlarda durust ishlatishni ta’minlovchi 
tadbirlar ustida borayapti.
Ta’mirlash ishlari bo‘lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu 
holat binoni barvaqt ishdan chiqishiga olib keladi. 
Me’yoriy xizmat muddati deganda binoning asosiy yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalarining o‘rtacha yig‘ma muddatiga aytiladi. Bu muddat ichida 
binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari o‘z vazifalarini bajaradi, ya’ni 
binoning umrboqiyligi deyiladi. Binoning me’yoriy xizmat muddati uning 
vazifasiga, hamda qo‘llaniladigan ashyo va konstruksiyalarga bog‘liq.


292 
12.1-rasm. Binolarga texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari sxemasi

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling