Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Iqtisodiy baholashda bozor, daromadli yondashuv


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
11.5. Iqtisodiy baholashda bozor, daromadli yondashuv 
Ko‘chmas mulkni baholashning daromadli usuli haridor tomonidan 
kutilayotgan daromadlar shartiga ko‘ra ob’ekt qiymatini baholashga imkon 
beradi. Bu usul daromad keltiruvchi ko‘chmas mulkni baholashda ko‘llaniladi. 
Ko‘chmas mulkka egalik qilishdan tushadigan daromad quyidagi ko‘rinishlarda 
bo‘lishi mumkin: 
- joriy va kelgusi kirimlar;
- soliklarning joriy va kelgusi iqtisodi; 
- ko‘chmas mulkning kelgusida sotilishi va garov vaqtidagi ko‘chmas mulk 
qiymatining usishidan kelgan daromad; 


 286 
- boshqa ehtimolli pul kirimlari va foydalar. 
Ushbu usulda ko‘zda tutilishicha, baholash sanasidagi binoning narxi, uning 
egasi kelgusi yillar davomida binoni ijaraga topshirishdan yoki unda daromadli 
biznesni joylashtirishdan olishi mumkin bo‘lgan sof daromadlarning joriy 
qiymatidir. Ob’ektni qurish, ishlatish, qayta tiklash va sotilish ehtimoli uchun 
ketadigan vaqt hisobga olinib, ularning davomiyligidan (hisob-kitob doirasi) 
bozor davri mobaynida bo‘lajak daromadi aniqlanadi.
Investitsiyalar samaradorligining birinchi qismi kapitalni qaytarilish 
me’yori, ikkinchi qismi - daromadlilik yoki kapitalning fonda me’yori deb 
ataladi. 
Qaytarilish me’erlariga quyidagilar kiradi: 
- kapitallashtirishning umumiy qo‘yilmasi; 
- xususiy mablag‘ni kapitallashtirish qo‘yilmasi; 
- qarz mablaini kapitallashtirish qo‘yilmasi; 
- binolar uchun kapitallashtirish qo‘yilmasi. 
Daromadlilik me’yorlari ob’ektni sotilishi yoki tugatilishini hisobga olgan holda 
butun loyihada tuzuvchi daromadlarni hisobga oladi. 
Daromadlilik me’erlariga quyidagilar kiradi: 
- foiz me’yori; 
- diskont me’yori; 
- foydaning ichki me’yori; 
- samaradorlikning umumiy me’yori; 
- xususiy mablag‘ning samaradorlik me’yori; 
- qarz mablag‘ining samaradorlik me’yori. 
Umuman olganda, ob’ektni texnik, huquqiy va iqtisodiy baholash 
bosqichida yaxshilanish samaradorligini aniqlashga imkon beradigan bozor 
usullari yordamida ob’ektni baholash maqsadga muvofiqdir. Bozor usullari 
daromadlarni kapitallashtirish usuli, diskontlash usuli va sotuvni qiyoslash 
usullari bo‘lishi mumkin. 


 287 
Daromadga ko‘ra baholashga yondashish, kutish tamoyiliga asoslangan. 
Unga muvofiq bugungi barcha qiymatlar kelgusi afzalliklar - aksidir. Mazkur 
usul qo‘llanganida, odatda, ekspluatatsiyadan va sotuvdan tushgan daromad 
shaklida ifodalanadigan ma’lum daromadni ko‘chmas mulk hosil qiladi. 
Ko‘chmas mulk daromadi qiymatini baholash uchun aksariyat, 
kapitallashtirish va diskontlash texnikasi qo‘llaniladi. Baholash vaqti yoki 
istiqbol uchun daromad va kapitallashtirish qo‘yilmasi haqidagi ma’lumotlar 
asosida kapitallashtirish usuli ob’ekt qiymati to‘g‘risida xulosa chiqarishga 
imkon beradi. Daromad keltiruvchi ob’ekt qiymati sifatida pul oqimini joriy 
qiymatini olish uchun vaqtda taqsimlanadigan daromadlar va harajatlar oqimini 
bir pallaga keltirish uchun diskontlash texnikasi qo‘llaniladi. 
Yuqorida keltirilgan yondoshuvlar asosida kamida uchta baholash narxi 
ma’lum bo‘ladi, shularni orasida bizni qiziqtirgan echimni topish mumkin
ammo bu katta ma’suliyatli va nozik, shu bilan birga murakkab masaladir. Bu 
bosqichni oxirgi, qidirilayotgan echimni tanlash deb nomlanadi va turli usullar 
asosida qabul qilinadi. Masalan, baholash maqsadiga asoslanib uchta mezonli 
ko‘rsatkichlarni umumiy bir funksiyaga keltiramiz, bunga keltirish 
koeffitsentlari kiritilish asosida erishiladi. Kerak echimga erishish uchun 
koeffitsentlar miqdori, baholash maqsadiga mos sifatida belgilanadi va oxirga 
doir hisoblar asosida echim qabul qilinadi. Baholash jarayoni va ko‘tilgan natija 
baholanayotgan ob’ektni holatidan tashqari qanday muhitga -ekologiyaga 
joylashganligi katta ahamiyatga ega. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling