Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Raqobat tamoyiliga ko‘ra, bozordagi daromad ishlab chiqarish omillarining 
to‘lanishi uchun zarur bo‘lgan darajadan oshib ketsa, unda mazkur bozordagi 
raqobat o‘sadi. Bu esa daromadlarning o‘rtacha darajasining pasayishiga olib 
keladi. Bozordagi ortiqcha daromad salbiy raqobatga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda 
oqilona raqobat bozor rivojlanishiga yordam beradi. Monopolizmda raqobatning 
yo‘qligi, baholash vaqtida bozor qiymatini aniqlashdan tashqarida turgan fakt 
sifatida hisobga olinadi.Bu tamoyil bozor me’yoridan oshib ketadigan 
daromadni ko‘rib chiqishda juda zarurdir. Agar daromad uzoq muddatli ijara 
bilan ta’minlanmasa, unda uning tushish ehtimoli bozordagi o‘rtacha 
daromaddan ancha pastroq tavakkallik esa tegishli ravishda yuqoriroq bo‘ladi. 
O‘zgarish tamoyili ko‘chmas mulk qiymatining vaqtdagi beqarorligini aks 
ettiradi. 
Qiymatning o‘zgarishi ham ko‘chmas mulkning o‘zgarishi (masalan, 
qurilish konstruksiyalarining jismoniy emirilishi, qayta ta’mirlash), ham tashqi 
sharoitlarning o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi. Kelgusi foydalarni oldindan 
aytish uchun tashqi va ichki shartlar o‘zgarishlarini kuzatib borish muhimdir. 
O‘zgarish tamoyili baholashning professional andozasining baholashning aniq 
sanasi qayd etilishini izohlaydi. 
Umuman baholash amaliyoti texnik, huquqiy va iqtosodiy (uchta yondashuv 
asosida) baholash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 


 277 
11.2. Bino va inshootlarning texnik holatini baholash. 
Imoratlarni ya’ni ko‘chmas mulk qiymatini aniqlash uchun avval uning 
texnik holatini, emirilganlik darajasini va so‘ngra ma’lum iqtisodiy usullardan 
foydalanib, uning bozor bahosini aniqlashni taqazo etadi. 
Bino 
va 
inshootlarni 
hujjatlashtirish, 
ya’ni pasportlashtirish va 
inventarizatsiyalash, ularning texnik holatini majburiy tekshirishni ko‘zda tutadi. 
Bino za inshootlar konstruksiyalarini texnik baholash, konstruksiyalarining 
mustahkamligi va shikastlanganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish, 
shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan konstruksiyalarning ekspluatatsiya uchun 
yaroqliligini umumiy baholash uchun amalga oshiriladi. 
Bino va inshootlar konstruksiyalarining haqiqiy yuk ko‘tarish qobiliyatini 
aniqlashda amaldagi me’yoriy qoidalarga amal qilinib, o‘tkazilgan tadqiqotlar 
asosida yuklar va ta’sirlar aniqlashtiriladi. Ko‘chmas mulkni texnik holati 
to‘g‘risidagi xulosa, qayta ta’mirlashning maqsadga muvofiqligini hal qilish 
yoki ob’ektda ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Imoratlarning tekshirilayotgan konstruksiyalari turli nuqson va 
shikastlanishlarni tizimlashtirish yo‘li bilan turkumlarga (ko‘rinishi. xususiyati, 
ko‘tarish qobiliyatiga va ishlatishga yaroqliligiga ta’sir darajasi bo‘yicha) 
ajratiladi. 
Shikastlanishlarning tizimlashtirilgan mufassal alomatlari bo‘yicha qurilish 
konstruksiyalari texnik holatining toifasi o‘rnatiladi. Ko‘chmas mulkni huquqiy 
va iqtisodiy baholash jarayoni boshida ob’ektni texnik holati baholanadi, uning 
ahvolini chuqur o‘rganish va tahlil qilish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichga ta’sirini 
o‘rganish mulkni baholash maqsadiga bog‘liqdir. 
Baholanayotgan ob’ektni tashkil etuvchi bino va inshootlar konstruksiya 
elementlarining texnik holati va konstruktiv echimlari hakida ma’lumotlar olish 
uchun baholovchi shaxsan yoki mos ravishdagi mutaxassislarni jalb qilish bilan 
kuzatuv-tekshiruv ishlarini olib boradi. Kuzatuv-tekshiruv ishlarining natijalari 
kelgusida ob’ektni xarajat usulida baholashda, bundan tashqari ko‘chmas 
mulkdan foydalanishning jismoniy imkoniyati variantlarini hamda ob’ektni 


 278 
bugungi kun va istiqbolda bozordagi o‘rnini belgilashda asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Kuzatuv-tekshiruv ishlari asosan quyidagi masalalarni echish uchun olib 
borilishi mumkin: 
- er maydonini qurilish uchun yaroqliligini baholashda; 
- qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlarni diagnostika qilish nuqtai 
nazaridan bino va inshootlarning texnik holatini va foydalanishga yaroqlilik 
darajasini baholashda; 
- rekonstruksiya, zamonaviylashtirish yoki boshqa maqsadda foydalanish 
bo‘yicha echimlarni asoslashda; 
- ko‘chmas mulk ob’ektini texnik inventarizatsiyalashda; 
- ko‘chmas mulk ob’ektini baholashda va h.q 
Umuman, ko‘chmas mulkni baholash maqsadida kuzatuv 
tekshiruv ishlari uchta bosqichdan iborat bo‘ladi: 
1. Tayyorgarlik ishlari; 
2. Texnik tekshiruv; 
3. Kuzatuv-tekshiruv ishlari natijalarini taxlil qilish va rasmiylashtirish. 
Texnik ahvolini o‘rganishdagi tayyorgarlik ishlari, 
Tayyorgarlik ishlari baholanayotgan ob’ekt bilan dastlabki tanishish, mavjud 
xujjatlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish hamda kuzatuv ishlarini olib borish 
uchun ishchi materiallarni tayyorlashdan iborat. SHundan sung ob’ekt: A) 
Dastlab ko‘zdan kechiriladi va bunda: 
-maydonning taxminiy o‘lchamlari, shaklining va holatining tafsilotlari; 
- yaxshilashlarning- imorat tarkibi; 
- yaxshilashlarning asosiy tasnifiy belgilari bo‘yicha turlari; 
- yaxshilashlarning joriy holati; ko‘chmas mulkni baholashda yaxshilashlar 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- asosiy bino va inshootlar; 
- yordamchi bino va inshootlar, qo‘shimcha qurilishlar, isitish qozonlari, 
transformatorlar, nasoslar va h.k; 


 279 
- bino va inshootlarning vazifaviy ishlatilishiga tegishli bo‘lgan mashina va 
qurilmalar, yuk va yo‘lovchi tashuvchi liftlar, eskalatorlar va h.k; 
-bino va inshootlarning vazifasini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi ichki 
muhdndislik tarmoq va tizimlari, elektr ta’minoti va yoritish, suv ta’minoti va 
kanalizatsiya, issitish va sovutish, gaz ta’minoti, yong‘inni o‘chirish va 
signalizatsiyalar; 
-ichki maydon muhandislik tarmoqlari, infrastruktura va obodonlashtirish 
elementlari- kabel va quvur tarmoqlari, drenaj tizimi, avtomobil va relsli 
transport o‘tish joylari, piyodalar o‘tish joylari, hovli devorlari, yong‘inga
qarshi suv havzalari va h.k; 
Bino va inshootlarni quyidagi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflash 
mumkin: 
Vazifasi. 
Hajmiy-rejaviy echimining turi, 
Qurilish vaqti. 
Kapitallik darajasi. 
Konstruktiv echimining turi. 
B) Hujjatlar yig‘iladi va tahlil qilinadi, bunda yig‘ilishi va o‘rganilishi lozim 
bo‘lgan xujjatlar quyidagilardir: 
- ob’ekt joylashgan tumanning tabiiy -seysmik, iqlim va ekologiya 
sharoitlari haqida ma’lumotlar to‘plami; 
- ob’ekt joylashgan tuman haritasi; 
- ajratilgan erni tasdiqlovchi xujjat; 
- mulkga egalikni tasdiqlovchi qaydlovchi xujjat; 
- ob’ektni loyihalashtirish va qurilishi uchun me’yoriy xujjat; 
- qurilish bo‘yicha loyiha xujjatlari; 
- qurilishni olib borish bo‘yicha xujjat; 
- texnik tekshiruv va texnik pasportni o‘z ichiga olgan inventarizatsiya 
ishlarining xujjatlari; 


 280 

ob’ektning 
jismoniy 
holatini 
o‘zgarishi, 
rekonstruksiya 
va 
zamonaviylashtirish, kapital va boshqa ta’mir ishlarining hajmi va o‘tkazilgan 
vaqtlari haqida ma’lumot beruvchi joriy yuritiluvchi hujjat; 
- ob’ekt tarixi haqida ma’lumotlar to‘plami. 
V) Ishchi materiallarni tayyorlash, bunda 
- ob’ekt rejasining eskizi - tegishli hujjatlarda o‘rnatilgan chegaralar 
bo‘yicha; 
- kavatlararo rejalar va qirqimlarning loyihaviy xujjatlardan olingan 
nushalari; 
- haqiqiy geometrik o‘lchamlarni, konstruksiyalar va pardoz ishlarini, 
konstruksiyalarni xamda texnik tizimlarning texnik holatini tavsiflovchi 
xonalarning batafsil eksplikatsiyasi; 
- bino konstruksiyalari, elementlari va muhandislik qurilmalaridagi mavjud 
standart ko‘rinishga ega nuqsonlarning ro‘yxati; 
Baholanuvchi ob’ektning texnik tekshiruvdan maqsad, yaxshilanishlarning 
baholash paytidagi tafsilotlari holati haqida hakiqiy ma’lumotlarni yig‘ishdir. 
Ob’ektni tekshirishda: 
- asosiy qurilish konstruksiyalarining turi; 
- asosiy qurilish materiallarining xillari; 
- qurilishning geometrik tafsilotlari; 
- qurilish elementlarining kuzatuv paytidagi xolatlari aniqlanishi lozim; 
Texnik baholash Binoni baholash davridagi texnik holatini tekshirishni
uning quyidagi alohida tashkil etuvchi elementlari bo‘yicha olib borish 
maqsadga muvofiq: 
- er osti konstruksiyasi; 
- binoning yuk ko‘taruvchi qismini tashkil etuvchi konstruksiyalar; 
- qavatlarni bog‘lovchi elementlar; 
- tom yopmasi konstruksiyasi; 
- eshik va deraza romlari; 
- pollar; 


 281 
- binoning tashqi pardozi; 
- binoning ichki pardozi; 
- ichki muhandislik tizimlari. 
Ob’ektning qurilish konstruksiyalari texnik holatini baholash (asbobli 
taddiqotlar natijalari, buyurtmachi bilan kelishilgan qo‘shimcha ish va ta’sirlarni 
tahlil etish, yuk ko‘taradigan konstruksiyalarning xisob-kitobini qilish) 
tekshirishlarning asosiy bosqichlari amalga oshirilgach o‘tkaziladi. 
Ish yakunida tekshirilayotgan bino yoki inshootga texnik xulosa tuzilib, 
unda ko‘rib chiqilayotgan konstruksiyaning ishlatishga yaroqli-ligiga umumiy 
baho beriladi. 
Xulosa (tekshirish mazmunidan kelib chiqib) quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
- vazifa bo‘yicha bajarilgan ish; 
- foydalanilgan manbalar (loyihaviy-texnik hujjatlar va bosh.); 
- ob’ektni tekshirishda va yo‘qlamani o‘tkazishda qatnashgan mualliflar 
ro‘yxati (ishning tahminiy 
sanasi ko‘rsatilib yoziladi); 
- me’moriy-rejalash xulosalari, ob’ektning texnologik mo‘ljali va ishlatish 
shartlari bo‘yicha qaydlar; 
- ob’ektni loyihaviy holatiga qarab tekshirish natijalari, unga ob’ekt asosi, 
poydevor va yuk ko‘taradigan konstruksiyalarning fizik-mexaniq, tavsifi, 
binoning mustahkamligi va bikrligini pasaytiruvchi kamchiliklar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
- konstruksiyani tashqi yuk ta’siriga nisbatan hisob-kitob natijalari; 
- bino asosi, poydevori va er usti konstruksiyalarining yuk ko‘tarish 
qobiliyati to‘g‘risidagi xulosalar; 
- yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar va ularning seysmik ta’sirlarga 
chidamliligini 
belgilovchi 
konstruktiv-rejaviy 
chizmalarining 
sifat 
ko‘rsatkichlari natijalari; 
- kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar (zaruriyat bo‘lganda) va h.k. Bino va 
inshootlar konstruksiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyati, tashqi yuk va ta’sirlarga 
chidamliligini aniqlash amaldagi tartib va qoidalarga tayangan holda amalga 


 282 
oshiriladi va o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida asosiy qismlarning shikastlangalik 
darajasi oydinlashtiriladi. Texnik holatni aniqlashda imoratni va uning 
konstruksiyalarini texnik talablar bo‘lmish mustahkamlik, bikrlik, ustivorlik va 
zilzilabardoshliklari chuqur tahlil qilinadi .Bu jarayonda aniqlangan shikastlilik 
emirilish darajasi ko‘chmas mulkni iqdisodiy ko‘rstgichini aniqlashda 
foydalinadi. 
Ko‘chmas mulkni iqtisodiy baholashda albatta uch xil endoshishdan-
xarajatli, taqqoslash va daromadli yondoshuvlardan kelib chiqqan baholashga 
amal qilinadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling