Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Yirik panelli binolar
Yirik panelli binolarni yuqori darajada industrlashtirish imkoniyatlari 
katta bo‘lganligidan binokorlikning bu uslubi seysmik va noseysmik tumanlarda 
keng qo‘llaniladi. Bino vaznining engilligi (g‘isht 
devorli binolarga nisbatan 
1.2 - 2 baravar engil) devor materialining mustahkamligi yuk ko‘taruvchi 
konstuksiyalarning soddaligi va ularni planda bir me’yorda tarqalganligi yirik 
panelli uylarning afzalliklaridan bo‘lib seysmik zonalarga jadal sur’atlar bilan 
kirib kelishiga keng yo‘l ochib berdi. 
Poydevorning chuqurligi noseysmik tumanlardagi kabi olinadi. YUk 
ko‘taruvchi devorlar ostiga lenta poydevor ishlash maqsadga muvofiqdir. 
Poydevorlar monolit yoki yig‘ma betondan ishlanishi mumkin. 
Binoning ostki devorlari poydevor yoki yerto’ladevorlaridan chiqib turgan 
armaturalarga mahkamlanadi. Agar poydevor yig‘ma bo‘lsa devor ostiga 
monolit temir-betondan yostiq ishlanadi. Agar yerto’labo‘lmasa yig‘ma beton 
bloklari ustiga 100 mm qalinlikda yotqizilgan temir-beton kamar yordamida bir-
biriga bog‘lanadi. Kamar ustiga tashqi va ichki devorlar o‘rnatiladi. CHiqarib 
qoldirilgan armaturalar kavsharlanadi, so‘ng 200 markali beton bilan 
yaxlitlanadi. Yerto’la devorlari qalinligi 140 mm, beton markasi 200 bo‘lgan 
panellardan tiklanadi; Panel chetlaridan chiqib turgan armaturalar ularni vertikal 
va gorizontal choklar bo‘yicha qo‘shni elementlarga mustahkam bog‘lanish 
imkonini beradi. 


 264 
Seysmik 
tumanlarda 
qo‘llaniladigan tashqi devor panellarining 
konstruksiyasi bir va uch qatlamli bo‘lishi mumkin. Bir qatlamli panellar, 
odatda, keramzit beton yoki engil betonlarning boshqa turlaridan tayyorlanadi. 
Uch qatlamli panellarning ikkita chetki qatlami temir - betondan ishlanib o‘rta 
qatlami mineral paxta, ko‘pik beton singari issiq sovuqni o‘tkazmaydigan 
materiallardan tayyorlanadi. Uch qavatli panellar ichkariga qaragan temir-beton 
qatlami yuk ko‘taruvchi qatlam hisoblanadi. Uning qalinligi hisoblab 
belgilanadi, bu qalinlik 7-8 balli rayonlar uchun 8 sm va 9 balli rayonlar uchun 
10 smdan kam bo‘lmasligi lozim. Ichki va tashqi qatlamlar temir-beton qovurg‘a 
yordamida bog‘lanadi. Ichki devorlar bir qatlamli qilib ishlanib, panel qalinligi 
12 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Seysmik tumanlarda qo‘llaniladigan devor panellari fazoviy karkas 
ko‘rinishida ishlangan qo‘sh armatura bilan kuchaytiriladi. 7 balli zonalarga 
quriladigan, balandligi 5 qavatgacha bo‘lgan binolarda armaturani bir qavat 
qo‘ysa ham bo‘ladi. 
Armaturalarning ma’lum bir qismi devor panellaridan tashqariga chiqib 
turishi kerak; bu qo‘shni panellar va yopma panellari bilan bog‘lanish uchun 
zarurdir. Armaturalar o‘zaro kavsharlangach, choklar beton bilan to‘ldiriladi. 
Seysmo mustahkam binolarning yopma panellari xona o‘lchamida yasalib, 
to‘rtala qirrasi bilan devorga tiralishi lozim. YOpma panellari yaxlit yoki 
bo‘shliqli plitalardan tayyorlanadi. YOndosh
yopmalar va devorlar bilan 
bog‘lanishi oson bo‘lganidan yaxlit plitalar eng yaxshi konstruksiyalar 
hisoblanadi. Agarda yopma alohida elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, 
elementlar mustahkam birikib seysmik kuchlarni taqsim qila oladigan bikr 
gorizontal disk hosil qilishi kerak. Buning uchun panel chekkalaridan o‘yiqlar 
va ochiq armaturalar qoldiriladi. Armaturalar qo‘shni element armaturalari bilan 
kavsharlanadi, so‘ng o‘yiqlarga beton quyiladi. Natijada hosil bo‘lgan shponka 
tutash panellarning o‘zaro siljishiga va uzilishiga qarshilik ko‘rsatadi. 
YAxlit yopma plitalarning tiralish yuzasi devor panellarining qalinligiga 
bog‘liq. Panel qalinligi 12, 14 va 16 sm bo‘lsa tiralish masofasi kamida 5, 6 va 7 


 265 
sm olinadi. YOpma panellari devor panellari ustiga to‘shalgan, markasi 100 dan 
ortiq bo‘lganssement qorishmasi qatlamiga o‘rnatiladi. Bu yuqori qavat 
elementlarning og‘irligini ostki qavat devorlariga barcha tiralish yuzalari 
bo‘yicha bir me’yorda uzatilishini ta’minlaydi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling