Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Yirik blokli binolar.
YUqorida ko‘rib o‘tilgan g‘isht devorli binolarning seysmik mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan umumiy talablar yirik blokli binolarga ham taalluqlidir. Zilzila kuchlariga qarshilik ko‘rsatishda barcha bloklarning baravar ishlashini ta’minlovchi konstruktiv choralar hamda yopmalarning roli benihoya kattadir. Devordagi qatorlar soni bloklarning o‘lchamiga bog‘liq. Seysmik rayonlar uchun bloklar qatori ikkita bo‘lgan variant maqsadga muvofiq sanaladi. Yirik blokli binolarning seysmik mustahkamligini ta’minlaydigan choralardan biri blok qirg‘oqlarida vertikal armatura qo‘llash usulidir. Armatura karakaslari devor bloklarining yon qirg‘oqlarida; qoldirilgan o‘yiq novlar bo‘ylab poydevordan boshlab karnizgachka o‘tkaziladi. Vertikal armatura uchun peremichka bloklarida maxsus teshiklar qoldiriladi. Armatura o‘tkazilganidan keyin novlarga beton qo‘yiladi. Armatura karkaslari blokga mahkamlangan skobalarga payvandlanadi. Glavgolodnostepstroy tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbyokiston qishloq qurilishida keng tarqalgan ikki qatorli silikalьsit blokli binolarning afzalligi shundan iboratki, ularda bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarning tutashish erlarida T hamda burchak shaklidagi bloklar qo‘llaniladi. Vertikal choklar poydevordan to chordoq yopmasining yaxlitlovchi kamarigacha armaturalanadi. Devor bloklari yon sirtidan chiqib turgan ilgaklardan shponka hosil qilinadi. Armatura karkaslari o‘rnatilgach, bloklar orasidagi vertikalssilindrik bo‘shliqda beton quyib to‘ldiriladi. Yirik blokli binolarning seysmik mustahkamligini oshiradigan choralardan yana biri bloklar orasiga temir-beton karkas yotqizishdan iboratdir. Buning uchun devor bloklari orasiga karkasning vertikal elementi, peremichka bloki bilan yopma orasiga esa gorizontal elementi joylanadi. Karkas elementlarini bir- 263 biriga ulash uchun aramturalar o‘zaro payvandlanadi, so‘ngra choklar beton bilan to‘ldiriladi. Yirik blokli devorlar g‘isht devorlarga nisbatan zilzila ta’siriga bardoshliroq hisoblanadi. CHunki betonning o‘zi g‘ishtga nisbatan pishiqroq material bo‘lganligidan, yirik bloklardan tashkil topgan devor ham g‘isht devorga qaraganda pishiqroq bo‘ladi. Peremichka bloklari esa temir-beton kamarlar singari ishlaydi. Devorlarni kuchaytirish vazifasini o‘taydigan vertkal armaturalarga kelsak, ularni o‘rnatish ishlari g‘isht devorlaridagiga nisbatan bir muncha qulay bo‘lib, bloklarni montaj qilishda xalaqit bermaydi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling