Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

% Binolarning yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalari 
Uzunligi m 
Balandligi,
m (qavatlar soni) 
Hisobiy seysmiklik, ballarda 



7 8 

1 Metall yoki temir-beton karkas
monolit temir-beton devorlar 
Noseysmik 
tumanlar 
talab-
lariga 
muvofiq, 
biroq 150 m dan 
oshmasligi lozim. 
Noseysmik
tumanlar
talablariga 
2 Yirik panelli devorlar
80 
80 
60 
45(14) 
39(12) 
30(9) 
3 Kompleks 
konstruksiyali 
devorlar: 
a)temir-beton qo‘shimchalari va 
poyaslari to‘liq karkas hosil 
qiladi. 
1 kategoriyali qo‘l ishi 
2
80 
80 
60 
30(9) 
23(7) 
17(5) 
CHunki normada ortiqcha uzunlikdagi binoning ayrim bo‘laklari 
tebranishning turli fazalariga tushib qolsa seysmik ta’sir kuchayib ketadi. SHu 
sababli uzun binolar antiseysimk choklar yoradmida kichik qismlarga 
(otseklarga) ajratiladi. Tejamkorlik nuqtai nazaridan antiseysmik choklar harorat 
va cho‘kma choklar bilan qo‘shib yuboriladi, ya’ni harorat choki bir vantning 
o‘zida ham antiseysmik, ham cho‘kma chok vazifasini o‘taydi. CHo‘kma 
choklardan farqli o‘laroq antiseysmik choklarni binoning butun balandligi 
bo‘ylab ajratish shart emas; poydevorlarni uzmay yaxlit qoldirish mumkin. 
Binoning konstruktiv echimiga qarab, antiseysmik choklarni qo‘sh devor yoki 
qo‘sh ustun (kolonna) ko‘rinishida olinadi. 


 257 
Antiseysmik choklarning kengligi (eni) binoning balandligi va bikrligiga 
bog‘liq. Balandigi 5 m gacha bo‘lgan binolarda chokning eni 3 sm dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Baland binoda chokning eni har 5 m da 2 sm dan kengaytirib 
boriladi. Bundan tashqari chokning bino maksimal siljishlarining ikkilangan 
qiymatidan kichikroq bo‘lishi kerak. Antiseysmik choklar ajratilgan qismlarning 
bemalol siljishiga (tebranishiga) imkon bermog‘i lozim. Aks holda qo‘shni 
qismlar o‘zaro urilib, qattiq shikastlanishi mumkin. Antiseysmik choklar 
orasidagi masofa hamda binolarning balandligi qurilish normalarida belgilangan. 
Bir otsek chegarasida binoning balandligini birday olish maqsadga 
muvofiqdir. Ayrim qismning balandligini kattaroq olish, shu qism massasining 
ortishiga va o‘z navbatida seysmik kuch miqdorining ortishiga olib keladi; Bu 
esa o‘sha qism elementlarining ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini kattalashtirishni 
talab etadi. 
Umuman 
seysmik 
kuchlar 
miqdorini 
kamaytirish 
uchun 
bino 
konstruksiyalarining vaznini kamaytirish lozim. Buning uchun konstruksiya 
elementlarining ko‘ndalang kesimini kichikroq (mustahkamlikka putur 
etkazmagan holda) olib engil qurilish materiallaridan foydalaniladi. Binoning 
asosida hosil bo‘ladigan maksimal ichki kuchlar (ko‘ndalang kuch, eguvchi 
moment) miqdorini kichraytirish maqsadida seysmik kuchlar teng ta’sir 
etuvchisini mumkin qadar pastroqdan o‘tishiga erishish zarur. Bunga binoning 
yuqori qismlarini engil materiallardan ishlash, og‘ir jihozlarni pastki qavatlarga 
ko‘chirish yo‘li bilan erishsa bo‘ladi. 
Keyingi yillarda yig‘ma temir-beton konstruksiyalar binokorlikda keng 
ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Zilzila kuchlariga qarshilik ko‘rsatishda yig‘ma 
elementlarning tutashgan choklari nozik joy hisoblanadi. SHu boisdan uzel va 
choklar puxta ishlanishi lozim. CHoklar sonini kamaytirish maqsadida, yig‘ma 
elementlar o‘lchamlarini kattaroq olish tavsiya etiladi. 
Seysmik tumanlarda barpo etiladigan binolar asosiy yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalarning xiliga qarab quyidagi gruppalarga ajratiladi: 1) 
devorlari yuk ko‘taruvchi binolar (g‘isht yoki tosh devorli; yirik blokli, yirik 


 258 
panelli, monolit beton yoki temir-betonli, yog‘ochli binolar); hajmiy temir-
betonli elementlardan tashkil topgan yig‘ma binolar ham shu gruppaga kiradi. 2) 
Bikr diafragmali va sinch oralig‘idagi to‘ldirgichlari seysmik kuchlarni qabul 
qilishda ishtirok etadigan karkasli (sinchli) binolar; 3) seysmik kuchlarni qabul 
qilishda karkas ishida kam ishtirok etadigan osma panelli karkasli binolar; 
devorlari o‘z og‘irligini o‘zi ko‘tarib turadigan karaksli binolar ham shu toifaga 
kiradi. Birinchi gruppani tashkil etgan binolarning bikrligi katta va oxirgi 
gruppadagilarniki aksincha, kichik ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Mazkur paragrafda bayon etilgan umumiy talab va loyihalash qoidalari 
barcha tipdagi binolar uchun taalluklidir. Vazifa-iqtisodiy jihatdan asoslangan, 
er qimirlaganda odamlar va qimmatbaho jihozlarning xavfsizligini ta’minlay 
oladigan konstruktiv echimni tanlashdan iborat. 
Tabiiyki, turli konstruktiv sistemalar har qaysisi o‘ziga xos tomonlari bilan 
bir-biridan farq qiladi. SHuning uchun navbatdagi paragrflarda konkret 
konstruksiyali binolarga qo‘yiladigan harakterli talablar bilan tanishib o‘tamiz. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling