Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Karkasli (sinchli) binolar
Sinchli imoratlar O‘rta Osiyoda juda qadim zamonlardan beri qo‘llanilib kelgan. Sinchlar u davrlarda turli yog‘och materiallardan ishlangan. Tarix bundan binolarning zilzila ta’siriga bardoshli ekanligini ko‘p marotaba tasdiqladi. SHu boisdan, sinchkorlik g‘oyasining xozirgi zamon binokorligiga dadil qadamlar bilan kirib kelishi mutlaqo tabiiydir. Fan va texnika taraqqiy etib, binokorlikda metall, temir-beton singari progressiv qurilish materiallarining paydo bo‘lishi sinchkorlikda ham o‘z aksini topdi. Endilikda binolar yog‘och sinchlardan emas, po‘lat yoki temir-beton sinchlardan tiklanmoqda. YAngi material-larning fizik mexaniq xossalari, qo‘llanilishi imkoniyatlari yog‘och materiallardan tubdan farq qilganidan, bulardan ishlanadigan sinchlarning konstruktiv sxemalari ham avvalgilaridan farq qiladi. Quyida asosan temir-beton va qisman, po‘lat sinchli - karkasli binolarning konstruksiyalari haqida so‘z yuritiladi. Bundan buyon «sinch» terminining o‘rniga hozirgi zamon texnik adabiyotida o‘zlashib ketgan «karkas» terminini ishlatamiz. Seysmik hududlar uchun mo‘ljallangan karkasli binolarning hisoblash va loyihalash prinsiilari noseysmik zonalar binolari kabidir. Farqi shundaki, seysmik zonalarda qad ko‘taradigan binolar, odatdagi hisobidan tashqari, seysmik kuchlar ta’siriga ham hisoblanadi. Hamda shunga yarasha konstruktiv chora tadbirlar belgilanadi. Bino karkasi ustun (kolonna), to‘sin (regilь) va yopmadan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro mustahkam biriktirilgach, yagona, bir butun fazoviy sistema hosil qiladi. Elementlarning bari ham vertikal, ham gorizontal (seysmik) kuchlarni qabul qiladi. Karkaslar orasiga devor uriladi. Devorlar karkas ishida u yoki bu darajada ishtirok etadi. Devor konstruksiyasining xiliga, uni karkas bilan 266 biriktirilish uslubiga qarab, karkasli binolarning hisoblash sxemalari turlicha bo‘ladi. Ulardan birinchisi - oddiy rama ko‘rinishidagi sxema. Bu sxemaga binoan kolonna, rigelь yopma disklari bir-biriga bikr holda biriktiriladi; devorlar seysmik ta’sirlar jarayonida karkasning deformatsiyasiga xalal bermaydi. Bunda binolarning bikrligi va usuvorligini karkasning o‘zi ta’minlaydi. Inersiya uyg‘otuvchn masalalarni hisoblashda devor va to‘siqlarning xususiy og‘irliklari e’tiborga olinadi. Ikkinchi sxema ham rama ko‘rinishiga ega. Buning avvalgisidan farqi shundaki, bu sxemada, ramaning gorizontal bikrligini oshirish maqsadida diogonal ravishda qo‘shimcha bog‘lanish (svyaz’) lar kiritiladi. Gorizontal kuchlarning bir qismi kolonnalardan bog‘lanishlarga uzatiladi. Bog‘lanishli ramalarning kuchishlari oldingisiga qaraganda kichikroq bo‘ladi. Uchinchi sxemaga bikrlik difragmasiga ega bo‘lgan ramalar kiradi. Ba’zan binolarning umumiy bikrligini oshirish maqsadida karkaslar orasida butun kontur bo‘ylab tigiz yopishib turadigan bikr devorlar tiklanadi. Bunday binolarda devorlar (bikrlik difragmasi) zilzila chog‘ida karkas bilan birgalikda ishlaydi. Natijada, bikrlik diafragmalari bir tomondan bino deformatsiyasini chegaralasa, ikkinchi tomondan seysmik kuchlarning katta qismini o‘ziga qabul qiladi. Bikrlik difragmalarining mustahkamligiga qarab karkasli binolarning ishida quyidagi ikki hol bo‘lishi mumkin: 1. Bino karkasi faqat vertikal yuklarni ko‘tarib turadi., seysmik kuchlarni bikr devorlar (diafragmalar) qabul qiladi. Bundan binolarning seysmik mustahkamligini faqatgina bikrlik diafragmalari ta’minlaydi. SHuning uchun diafragmalar butun seysmik kuchni qabul qilishga hisoblangan va loyihalangan bo‘lishi kerak; 2. Bikrlik diafragmasining mustahkamligi seysmik kuchlarni to‘laligicha qabul qilishga etarli emas. Bunda seysmik kuchlarini bikrlik diafragmalari to shkastlangunga qadar qabul qiladi. SHundan so‘ng karkas ishlay boshlaydi. 267 SHkastlangan diafragmalar tebranayotgan zaminda binolarning yuqori qismiga uzatiladigan energiyaning bir qismini o‘ziga yutadi. Zilzila energiyasining qolgan qismi karkaslarga beriladi. Bikr diafragmalarning ishdan chiqishi binoning dinamik harakteristikalarini o‘zgartirib yuboradi. Bunday holda karkaslar rama sifatida hisoblanishi zarur. Karkasli binolarning keyingi ikkita sxemasini, ya’ni bog‘lanishli ramalar bilan bikr diafragmali ramalarni ko‘p qavatli binolarda, shuningdek seysmik kuchlar miqdori katta bo‘lgan hollarda qo‘llash tavsiya etiladi. Karkasli binolar tiklanish uslubi va materialiga qarab farqlanadi. Masalan temir-beton va metall karkaslar bo‘ladi; temir-beton karkaslar monolit, yig‘ma- monolit va yig‘ma ko‘rinishda ishlanishi mumkin. Rama sxemasi bo‘yicha bunyod etiladigan karkasli binolarning tashqi devorlari o‘z - o‘zini ko‘tarib turadigan yoki osma panel ko‘rinishida loyihalanadi. Yirik o‘lchamli osma panellarning uzunligi kolonnalar orasidagi masofaga teng bo‘ladi. Osma panellar engil va g‘ovakli panellardan tayyorlanadi. Bikrlik diafragmasi bo‘lgan ramalarda g‘isht devorlar karkas elementlariga puxta biriktirilishi lozim. Kolonna va rigellardan chiqib turgan armaturalar devor g‘ishtlarining orasiga olinadi. Karkaslar orasi monolit beton bilan to‘ldirilganda ham ana shunday armaturalarga bog‘lanadi. Bikrlik diafragmasi temir-beton panellardan ishlansa, panel kolonna va rigellarga payvandlash yo‘li bilan biriktiriladi. O‘z navbatida yopma plitalarini karkaslarga hamda o‘zaro biriktirish uchun yon tomonlaridan armatura chiqarib qoldiriladi. Armaturalar payvandlangandan so‘ng ustiga beton yotqiziladi. Karkasli binolarning poydevorlarini yaxlit plita yoki temir-beton lenta ko‘rinishada ishlasa juda soz bo‘ladi. Agar poydevor har bir kolonnaga alohida ishlansa, u holda tashqi kolonnalarni to‘sinlar yordamida bog‘lash zarur. 9 balli rayonlarda barcha (ichki va tashqi) poydevorlar o‘zaro bog‘lanadi. 268 Qo‘shni bo‘linmalar (bino qismlari) bir-biri bilan antiseysmik choklar yordamida ajratiladi. Temir-beton karkasning yig‘ma monolit va yig‘ma ko‘rinishlari rayonlarda juda keng tarqalgan. Yig‘ma temir-beton karkaslarni alohida elementlarga ajratishning bir necha usuli bor. Bulardan eng ko‘p tarqalgan karkasni chiziqli elementlarga ajratishdir. Bunda chiziqli elementlar bir-biri bilan uzelning o‘zida birikadi. CHiziqli elementlarni zavodda tayyorlash, tashish va montaj qilish juda qulay. Uzelda tutashuvchi elementlar sonini qisqartirish maqsadida kolonnalar o‘lchamini uzaytirib (2-3 qavat balandlikda) olinadi. Karkaslarni alohida elementlarga ajratishning yassi sxemasida elementlar T, G, P va krestsimon ko‘rinishlarda tayyorlanadi. Bunda elementlar (P simondan tashqari) qavat yoki oraliqning o‘rta qismida biriktiriladi. Tutashuvchi choklar o‘rtasiga to‘g‘ri kelmasa qo‘shimcha balkachalardan foydalaniladi; bu holda rigelda 2 ta tutashish choki hosil bo‘ladi. Bu sxemaning afzalligi shundan iboratki, birinchidan, kolonna va rigelning tutashish uzellarini zavod sharoitida puxta va aniq ishlash imkoniga ega bo‘linadi; ikkinchidan, tutashish choklarini eguvchi momentlarning eng kichik qiymatlariga ega bo‘lgan joylariga ko‘chirish mumkin. Bundan tashqari montaj qilinadigan elementlar soni kamayadi. Karkaslarni alohida elementlarga ajratishning fazoviy sxemasi binokorlarni murakkab uzellardan halos etadi. Toshkentning Navoiy ko‘chasida shu sxema bo‘yicha 7 qavatli eksperimental uy qurilgan. Binoning loyihasi Tashgiprogorda ishlab chiqilgan. Eksperimental binoning karkasi krestsimon yig‘ma temir-beton elementlardan tashkil topgan. Elementning ustunidan bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda konsollar chiqarilgan. Ustunlar qavat o‘rtasida ulanadi. Konsollar o‘zaro tutashib, rigel hosil qiladi. Ustunlar orasi katta bo‘lsa, konsollar qo‘shimcha balkacha yordamida tutashtiriladi. CHok uchun qoldirilgan maxsus metall qismlar payvandlanadi va ustidan beton quyiladi, natijada yaxlit rigelь hosil bo‘ladi. 9 269 sm qalinlikdagi yopma panellari butun kontur bo‘ylab tiralib turadi. Bu esa karkasni ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang yo‘nalishda birday ishlashini ta’minlaydi. Osma panellar konstruksiyasini loyihalashda mumkin qadar karkas ishida qatnashmaydigan qilishga harakat qilinadi. SHu maqsadda quyidagi uch usul qo‘llaniladi: 1) panellar kolonna va regillarda qoldirilgan maxsus nov (paz) larga o‘rnatiladi. Ba’zan nov hosil qilish uchun karkasnnng tashqi tomoniga boltlar yordamida engil po‘lat elementlar biriktiraladi. Perimetr bo‘ylab novlarga qo‘yilgan qayishqoq qistirmalar panelning oz miqdorda siljishiga yo‘l qo‘yadi; 2) panellar karkasning tashqi tomoniga boltlar sistemasi yordamida osiladi; boltlar sistemasi panelni karkasga nisbatan siljishiga yo‘l qo‘yadi. Barcha choklar qayishqoq qistirmalar yordamida to‘ldiriladi. 3) panellar karkaslardan chiqib turuvchi konsolь elementlarga tiraladi, egiluvchan bog‘lanishlar yordamida mahkamlanadi. Oldingi usullardagidek, choklar qayishqoq materiallar bilan qoplanadi. Barcha hollarda ham tashqi choklar germetik berkitiladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling