Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Imoratni baholashda ekologiya-muxit ta’sirini inobatga olish


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
11.6. Imoratni baholashda ekologiya-muxit ta’sirini inobatga olish. 
Imorat va inshootlarni baholashda avvalo maqsadni aniq bilish kerak va 
shundan kelib chiqqan holda atrof - muhit, hamda ichki salbiy ta’sirlarini aniq 
o‘rganish lozim. Albatta, imorat bahosiga atrof muhit ta’siri juda sezilarli 
bo‘lishi mumkin. 
Agarda, narxlanalayotgan bino tyokis maydonga joylashgan bo‘lsa, atrofi 
ko‘kalamzor, yon atrofida oqib turuvchi toza suv (anxor, daryo, ko‘l, ariq va 


 288 
hq), bog‘lar, fontan, o‘rmon kabi inson faoliyati uchun nixoyatda foydali 
maydonda joylashgan imoratning narxi yuqori bo‘ladi. Agarda uni ustiga 
transport - metro, avtobus va trolleybuslar qatnovi yaxshi bo‘lsa, muhandislik 
tarmoklari (issiq va soviq suv, kanalizatsiya, kuchli va kuchsiz elektr toklari, 
teleuskunalar, va hk.) beshikast, ko‘ngildagidek ishlab turgan bo‘lsa, bunday 
binolar narxi yuqori bo‘lishi asosli. Axir imorat olma, qo‘shni ol, deyishadiku. 
Bu degan so‘z tinch va osoyishta yashayman desang atrofing soz bo‘lsin degani, 
demak muhitni baholashning o‘rni katta ahamiyat kashf etadi. Agarda imorat 
atrofida teskarisi, ya’ni salbiy faktorlar ko‘p bo‘lsa, uni ham umumiy narxda 
inobatga olish lozim. Bahollashda salbiy faktorlarnn baholash narxiga sezilarli 
ta’sir qiladigan turlari quyidagilardir: 
- Atrof muhit (er, tuproq, suv, ximikatlar ta’siri) holati; 
- Fizik salbiy ta’sirlar (magnit maydonlari, issiqlik manb’alari, shovqin,
radiatsiya, yorug‘lik; 
-Er osti suvlari, tuzlar, adashgan toklar kabi salbiy faktorlar va boshqalar. 
Salbiy faktorlar imorat iqtisodiy ko‘rsatkichiga ta’sirini inobatga olishning 
bir necha yondoshuvlari bor. 
Muhitni iqtisod ko‘rsatkichiga ta’sirini inobatga olishning eng sodda va aniq 
yo‘li bu indekslashtirish yondoshishidir. Halkaro tan olingan bunday yondoshish 
muxitni sifat indeksi deb nom olgan. Demak muhit ifloslanishi quyidagi Sifat 
indeksi- ifloslanganlik indeksi munosabati orqali ifodalinadi. 
Ko‘rsatilgan indeksni soddalashtirilgan hisoblash algoritmы quyidagichadir: 
1. O‘lchangan 1-ifloslanish konsentratsiey S- ni aniqlash. 
2. CHRK- chegaraviy ruxsat etilgan I- ifloslanish ko‘rsatkichini topish. 
3. 1-chi ifloslanish konsentratsiyasini normallashtirish ko‘rsatkich A-ni 
hisoblash.
A= S\ CHRK 
4. Atrof muqitni ifloslanish indeksini topish, ya’ni 
I= A
1
+A
2
+A
3
+...........An 


 289 
Keltirilgan algoritm asosida o‘tkazilgan hisoblar shuni ko‘rsatdiki, 
imoratning narxi-bahosi, muhitning salbiyligi hisobiga 30 foizgacha pasayishi 
mumkin ekan. Bu ko‘rsatkich baholash natijasiga katta ta’sir etuvchi faktorligini 
isbotlovchi yana bir dalildir. 
Baholash narxiga atrof muhitni ijobiy va salbiy tasiri umuman juda kam 
o‘rganilgan muammo bo‘lib, bu juda dolzorb yo‘nalish bo‘yicha katta ilmiy 
tadqiqotlar 
o‘tkazishni taqozo etadi. Ayniqsa, bu masala bizning 
Respulikamizda nihoyatda zarur, foydali va dolzorb muamodir. Masalan, 
Toshkent shahridagi transportning millionlab odamlar yashovchi shahar 
muhitini keskin buzishi, Jizzax, Sirdaryo, Qarshi va boshqa ko‘p viloyatlarda er 
sho‘rining salbiy ta’siri, Nukusda o‘ta murakkab sho‘rlik, Orolni salbiy 
ta’sirlari, Xorazm, Buxoro viloyaatlaridagi er osti suvini yuqoriligi, ko‘p 
maydonlarimizni ximikatlar bilan zaharlanganligi va h.k albatta bizni loqayd 
bo‘lishimizga yo‘l bermaydi. 
Bu faktorlarni hisobga olish zarurligini sezsak va shu muammo bilan chuqur 
shug‘ullansak, bu masalani qanchalik muhimligini va uni hayot xavfsizligi bilan 
mashg‘ul mutaxassislar uchun zarurligini anglasak, bu fan yo‘nalishida 
qanchadan qancha o‘zlashtirilmagan qo‘riq borligini yaqqol ko‘rishimiz 
mumkin. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling