Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Nazorat uchun savollar
1. Qurilish konstruksiyalarini texnik iqtisodiy baholash. 2. Konstruksiyani iqtisodiy baholash mezonlari. 3. Ekspluatatsion harajatlarni aniqlash. 4. Kelishuvlarni qiyoslash usuli. 5. Daromadli yondashuv. 6. Atrof muhitni iqtisodiy bahoga ta’siri. 290 XII BOB. BINOLARNI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISHNI TASHKILLASHTIRISH 12.1. Texnik ekspluatatsiyaning mazmuni va vazifasi Hozirgi zamon turar-joy va jamoat binolari o‘zida muhandislik tizimlari va inshootlarning murakkab majmuasini ifoda etadi. Ularni ekspluatatsiya qilish uchun bino unsurlari ashyolarining eskirish, edirilish va buzilish asosiy qonuniyatlarini, hamda binolarni o‘z vaqtida ta’mirlashga berish, ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlovchi tashkiliy tadbirlarni bilish lozim. To‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatish va rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlash ishlari binolarining me’yoriy xizmat muddatini ta’minlaydi. Texnik ekspluatatsiyani tashkillashtirishda binolarni konstruksiya va qurilmalari materialini hoh me’yoriy, hoh barvaqt edirilishini va eskirishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bilish lozim. Binolar vazifasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 1) fuqaro binolari va ularga quyidagilar taalluqli; a) turar-joy va jamoat; b) xizmat ko‘rsatuvchi va maishiy; v) jamoat- madaniy (teatrlar, shifoxonalar, o‘quv binolari); 2) sanoat binolari (ishlab chiqarish va transport extiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi,ssex, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa shu kabi binolar). 3) qishloq xo‘jalik binolari. Binolarni ekspluatatsiya qilish qurilgan ob’ektlardan foydalanishni, ya’ni ularning xonalari bo‘sh qolmasligini ko‘zda tutadi. Masalan, ekspluatatsiya turar-joy xonalaridan fuqarolarning yashashi nazarga olinadi. Istiqomat qiluvchilarning extiyojini qondirish barcha muhandislik tizimlarini (suv o‘tkazgichlar, oqava suvlar, issiq suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, shamollatish, lift qurilmalari) me’yorida ishlab turishi lozim. Binolar ekspluatatsiyasi 2 turga bo’linadi. Binolarga xizmat ko‘rsatish va binolarni texnik ekspluatatsiya qilish (12.1-rasm). 291 Binolarga texnik xizmat ko‘rsatish deganda ularning xonalaridan, muhandislik tarmoqlaridan, atrofidagi xududdan foydalanish mobaynida lozim bo‘lgan holda tutilishi ta’minlashga aytiladi. Xizmat ko‘rsatish pasport ishlarini, tashkilotlar bilan yashovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni, bino hovlisidagi sanitariya tozalash va supurish-sidirishlarni ko‘zda tutadi. Texnik ekspluatatsiya esa rejaviy-ogohlantiruv (kapital va joriy) va ko‘zda tutilmagan ta’mirlashlarni o‘tkazishni, hamda ko‘riklar va qurilmalarni sozlashni nazarda tutadi. Bino va uning ayrim konstruksiyalari ekspluatatsiya mobaynida tabiiy omillar ta’sirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyiladi. Binolarni buzilishsiz ishlatishni ta’minlash uchun eskirish jarayonini to‘xtatib turishga yoki uni daf etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘rnatilgan talablar asosida o‘tkazish lozim. Biroq boshlang‘ich holatni to‘la tiklashni hatto kapital ta’mirlashlar natijasida hali amalga oshirib bo‘lmaydi. Gap faqatgina binoning barcha unsurlarini me’yoriy muddatlarda durust ishlatishni ta’minlovchi tadbirlar ustida borayapti. Ta’mirlash ishlari bo‘lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu holat binoni barvaqt ishdan chiqishiga olib keladi. Me’yoriy xizmat muddati deganda binoning asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining o‘rtacha yig‘ma muddatiga aytiladi. Bu muddat ichida binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari o‘z vazifalarini bajaradi, ya’ni binoning umrboqiyligi deyiladi. Binoning me’yoriy xizmat muddati uning vazifasiga, hamda qo‘llaniladigan ashyo va konstruksiyalarga bog‘liq. 292 12.1-rasm. Binolarga texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari sxemasi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling