Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Shikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

12.2. Shikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish. 
Binolarni vazifasiga ko‘ra foydalanish texnologik ekspluatatsiya deb qabul 
qilingan. Binoni yaroqli holda saqlash bilan bog‘liq jarayonlar esa texnik 
ekspluatatsiya deb ataladi.
Har bir bino vazifasiga ko‘ra me’moriy jihatdan ko‘rimli, chiroyli va umrboqiy 
bo‘lishi lozim. Unda issiqlik va tovush izolyasiyasi, hamda germetiklik 
ta’minlanishi, sanitar-texnik qurilmalar mavjud bo‘lishi kerak.
Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omilllari 2 guruhda o‘z ifodasini topish 
mumkin:
Birinchi guruhga fizik-kimyoviy omillar ta’siri ostida konstruktiv ishonchlilik 
va jismoniy chidamlilikni tavsiflovchi parametrlar, ayniqsa, mustahkamlilik, 
barqarorlik, konstruksiyalarning namlanishiga va muzlashiga chidamliligi, yo‘l 
qo‘yiluvchi deformatsiyalar, tomqoplamalarning germetikligi, gidroizolyasiya va 
boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh vazifasiga funksional muvofiqlikni tavsiflovchi parametrlar – 
ma’naviy umrboqiylik, faoliyat-yashash sharoitlari (omborxonalardan tashqari), 


295 
xususan: nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi, 
to‘siqlarning germetikligi, tovush izolyasiya, namligi va boshqalar kiradi.
Binolarni qurishda loyihada ko‘rsatilgan parametrlarning qiymatini ta’minlashi 
loyiha va QMQ talablarini aniq bajarilishi qurilish-montaj ishlarini yuqori sifatli 
bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida 
loyihada ko‘zda tutilgan va qurishda unga berilgan sifat darajasi saqlanishini 
hisobga olgan holda quriladi. Masalan, devor etarli mustahkamlik va tovush 
izolyasiya hossalari bilan bir qatorda o‘zining butun xizmat muddati mobaynida 1 
soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan ko‘p bo‘lmagan issiqlik 
o‘tkazishi kerak, isitish tizimi esa o‘z navbatida xonaga ma’lum miqdordagi 
issiqlikni etkazib berishi lozim va shu kabilar.
Binoning ma’lum chegaralarida unga qo‘yilgan parametrlarni saqlash hossasi 
binoning ishonchliligi deb ataladi. U me’yoriy vaqt mobaynida berilgan 
ekspluatatsiyaviy sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan 
baholanadi.
Ishonchlilik loyihalashtirish jarayonida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik 
va shu kabilarni hisoblash vaqtida qo‘yiladi. Bunda ashyolarning xossalarini 
konstruksiyalarning 
ishlash 
sharoiti 
bilan 
bog‘lovchi 
koeffitsientlar 
konstruksiyaning yaroqli holda tutib qabul qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni 
qurishda yuqori sifatli ashyolardan foydalanish, ish texnologiyasiga qat’iy rioya 
qilish, loyiha talablariga to‘la muvofiqlik orqali ta’minlanadi.
Ekspluatatsiya jarayonida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero 
tabiiy ta’sirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki tarafdan 
turli tajovuzkor texnologik chiqindilar ta’sirida konstruksiya eskiradi va syokin-
asta emiriladi. Ekspluatatsiya xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati 
mobaynida binolardagi ko‘zda tutilgan parametrlarni saqlanishini ta’minlovchi 
chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishdan iborat.
Bino parametrlarining saqlanganligiga, ya’ni ularning ishonchligiga ko‘plab 
konstruksiyaning hisobiy sxemasini haqiqiy ish sharoitiga mosligidan to ashyolar 
sifati va ularni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishigacha bo‘lgan omillar 


296 
katta ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, bu omillarning ko‘pchiligi tasodifiy tavsifga ega 
ekanligidan, ishonchlilik extimoli tavsif kasb etiladi.
Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi: 
1) 
buzilmasdan ishlash extimoli (asllik); 
2) 
umrboqiylik; 
3) 
ta’mirlashga yaroqlilik. 
Binoning umrboqiyligi deb, shunday vaqt tushuniladiki, uning mobaynida, 
ta’mirlashga ketgan tanaffuslar bilan birga, binoga berilgan chegaralarda 
ekspluatatsiyaviy 
sifatlar 
saqlanib 
qoladi. 
Ular 
to‘liq 
ta’mirlashda 
o‘zgartirilmaydigan qismlar: devorlar, karkaslar, poydevorlar xizmat muddati bilan 
aniqlanadi.
Binoning qator konstruksiyalari (tom, pol, deraza romlari, muhandislik 
qurilmalari va boshqalar) odatda kamroq umrboqiylikka ega bo‘ladi, shuning 
uchun ular, birinchidan, davriy ravishda qoplamalar bilan himoyalanadi, 
ikkinchidan eskirish darajasiga qarab o‘zgartiriladi. 
Umrboqiylik asosan 2 xilga bo‘linadi: jismoniy va texnologik yoki ma’naviy 
umrboqiylik. 
Jismoniy umrboqiylik - konstruksiyalarning jismoniy va texnik: mustahkamlik, 
germetiklik, issiqlik va tovush izolyasiyasi va boshqa tavsiflarga bog‘liq. 
Texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik - binoning o‘z mosligiga, unda sodir 
bo‘layotgan funksional yoki texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling