Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Imoratlarni baholashda sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
11.4. Imoratlarni baholashda sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi. 
Bu yondoshuvda ko‘chmas mulkka talab, ya’ni uning bozoradagi holati 
o‘rganilib, bir necha o‘xshash ob’ektlarini narxini keltirish asosida aniqlanadi. 
Mavjud yondoshuvni qo‘llashdagi ma’lum qiyinchiliklar bo‘lib ulardan biri 
bozor qiymatini aniqlashga doir hisoblashning zarurligidir. Bunda bozor omillari 
o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Katta daromadli ob’ektlarni sotish jarayonida sotish 
shartlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham yoki to‘liqsiz bo‘ladi. SHuning uchun 
sotuvlarni qiyoslash usulining ushbu holatlarida faqat bozor qiymati miqdorida 
bo‘lishi bir qancha ishonchliroq bo‘lgan ma’lumotlarni bayon qilish mumkin 
bo‘ladi. Aynan shuning uchun ko‘chmas mulkning savdo bahosini sotuvlarni 
qiyoslash usuli bilan aniqlash ehtiyotkorlik bilan bajarilishini talab qiladi. 


 284 
Sotuvlarni qiyoslash usuli nosavdo ko‘chmas mulk - ko‘p xonali va xususiy 
turarjoylar, kottejlar, bog‘ va dalaxovlilarni baholashda eng aniq ma’lumotlarni 
beradi: 
Sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi quyidagi tartibda qo‘llaniladi: 
- ob’ektlarning qiyosiy foydaliligiga aloqador bo‘lgan barcha omillar haqida 
aniq axborot olish maqsadida bozorni batafsil o‘rganish; 
- qiyosiy birliklarni aniqlash va har qaysi birlik bo‘yicha qiyosiy tahlil 
o‘tkazish; 
- baholanayotgan ob’ektni tanlangan qiyoslash ob’ektlari bilan solishtirish. 
Maqsad - ularning sotilish narxlarini tuzatish yoki qiyoslanuvchilar ro‘yxatidan 
chiqarishdir; 
- qiyosiy ob’ektlar qiymatining tuzatilgan ko‘rsatkichlarining bir qatorini 
bittaga yoki baholash ob’ekti bozor qiymatining diapazoniga keltirish. 
Qurilgan maydonlar sotuvlari tahlil etilganda odatda quyidagi qiyoslash 
birliklari ishlatiladi: 
- bino yoki inshoot umumiy maydonining 1kv.m. narxi; 
- ijaraga topshiriladigan bino yoki inshoot sof maydonining 1kv.m. narxi; 
- er qiymati hisobga olinmagan binoning 1kv.m. narxi; 
- xona narxi; 
- kvartira yoki ko‘chmas mulkning boshqa birligi narxi; 
- bino yoki inshootning 1 kub metr narxi; 
- daromad keltiruvchi birlikning narxi. 
Umumiy maydonning 1kv.m. narxi garchi bozorlarda ishlatilsa ham, ayni 
vaqtda qiyoslash birligi sifatida anchagina noaniqdir, negaki mulkning iste’mol 
sifatlarini etarli darajada hisobga olmaydi. Binoning 1kv.m. narxi ko‘chmas 
mulkning sotilish narxidan maydon qiymatini chiqarish va ayirmani binoning 
umumiy maydoniga bo‘lish orqali xosil qilinadi. SHu yo‘sinda, o‘zining 
joylashishi tufayli turli qiymatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan erning qiymati 
alohida hisobga olinadi. 


 285 
Xona narxi qiyoslash birligi sifatida «xona» tushunchasining aniq ta’rifi 
sharti bilangina ma’noga egadir. Bu tushunchaning turlicha talqin etilishi bir-
biriga o‘xshamas taxlil natijalariga olib kelishi mumkin. 
Qiyoslashning tarkibiy qismlarini tanlash. 
Ko‘chmas mulk narxlarining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan ko‘chmas 
mulk ob’ektlari va kelishuvlarning xususiyatlari qiyoslashning tarkibiy qismlari 
deb ataladi. 
Qiymatga bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismlarni ajratish uchun bozor 
sharoitlarini mufassal taxlil etish zarurdir. Qiyoslash ob’ektlarini baholash 
ob’ektlari bilan solishtirish uchun qiyoslashning har bir ajratilgan tarkibiy qismi 
bo‘yicha qiyoslash ob’ektlarining sotilish narxlariga tuzatishlar kiritish lozim. 
Bunda tuzatish yo umumiy narxga yoki qiyosiy birlik narxiga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin. Tuzatishning umumiy kattaligi ob’ektlar o‘rtasidagi 
farqning darajasiga bog‘lik bo‘ladi.
Demak bu yondoshishda baholanayotgan ob’ektdan qiyoslashga tanlangan 
ob’ektlar orasidagi hamma, asosiy farqlar tegishli matematik usullar yordamida 
inobatga olinadi va qiyoslaniladigan imoratlarni baholanuvchi mulkning 
holatiga keltiriladi. Qiyoslash yondoshuvida mulkni bozoriy narxi aniqdanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling