Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
Nazorat savollari 
1.Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi deganda nimani tushunasiz? 
2.Zilzila kuchlari va ular okibatlari. 
3.Seysmik hududlardagi qurilishlar.
4.Binolarning zilzilabardoshligi. Hajmiy rejalashtirish va konstruktiv echimlar 
xususiyatlari. 
5. Zilzila oqibatlari nimalarni ko‘rsatdi? 
6. Zilzilaga bardosh binolar qurilishi va ularga qo‘yilgan talablar. 
 


 270 
XI BOB. BINO VA INSHOOTLARNI TEXNIK VA
IQTISODIY BAHOLASH 
 
O‘zbyokiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ko‘chmas mulk 
bozorida baholash faoliyatining tiklanishi va oyoqqa turishiga  
iqtisodiyotdagi bozor islohotlarining rivoj topishi sabab bo‘ldi. Bu
tushunarli 
holatdir, negaki aynan bozorning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotidagi barcha 
kelgusi o‘zgarishlarni belgilab beradi. 
Umuman olganda, O‘zbyokistonda baholash faoliyati ma’lum darajada 
rivojlanmoqda, negaki sotish va sotib olish, ijara, garov, sug‘urta, asosiy 
jamg‘armalarni qayta baholash, korxonalarning birlashuvi va jalb etilishi, 
merosxo‘rlik huquqining bajarilishi, sud hukmining ijro etilishi uchun o‘z 
vaqtida ob’ektni baholash zarur bo‘ladi. 
Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi malakali mutaxassislarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor 
qaratish kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o‘quv adabiyoti, texnik va 
boshqa vositalarning tegishli majmuasini tayyorlash lozim. 
 
11.1. Ko‘chmas mulkni baholash tamoyillari 
Baholash tamoyillari bozorda ko‘chmas mulk holati tahlil qilinadigan 
nuqtai nazarlarni shakllantiradi va belgilaydi. Qiymat baholangan vaqtda, 
baholash ob’ektini turli nuqdai nazarlardan tartib bilan ko‘rib chiqish va taqlil 
etish amaliyotda keng qo‘llaniladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling