Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Karkasli (sinchli) binolar
Sinchli imoratlar O‘rta Osiyoda juda qadim zamonlardan beri qo‘llanilib 
kelgan. Sinchlar u davrlarda turli yog‘och materiallardan ishlangan. Tarix 
bundan binolarning zilzila ta’siriga bardoshli ekanligini ko‘p marotaba 
tasdiqladi. SHu boisdan, sinchkorlik g‘oyasining xozirgi zamon binokorligiga 
dadil qadamlar bilan kirib kelishi mutlaqo tabiiydir. 
Fan va texnika taraqqiy etib, binokorlikda metall, temir-beton singari 
progressiv qurilish materiallarining paydo bo‘lishi sinchkorlikda ham o‘z aksini 
topdi. Endilikda binolar yog‘och sinchlardan emas, po‘lat yoki temir-beton 
sinchlardan tiklanmoqda. YAngi material-larning fizik mexaniq xossalari
qo‘llanilishi imkoniyatlari yog‘och materiallardan tubdan farq qilganidan, 
bulardan ishlanadigan sinchlarning konstruktiv sxemalari ham avvalgilaridan 
farq qiladi. Quyida asosan temir-beton va qisman, po‘lat sinchli - karkasli 
binolarning konstruksiyalari haqida so‘z yuritiladi. Bundan buyon «sinch» 
terminining o‘rniga hozirgi zamon texnik adabiyotida o‘zlashib ketgan «karkas» 
terminini ishlatamiz. 
Seysmik hududlar uchun mo‘ljallangan karkasli binolarning hisoblash va 
loyihalash prinsiilari noseysmik zonalar binolari kabidir. Farqi shundaki, 
seysmik zonalarda qad ko‘taradigan binolar, odatdagi hisobidan tashqari, 
seysmik kuchlar ta’siriga ham hisoblanadi. Hamda shunga yarasha konstruktiv 
chora tadbirlar belgilanadi. 
Bino karkasi ustun (kolonna), to‘sin (regilь) va yopmadan tashkil topgan 
bo‘lib, ular o‘zaro mustahkam biriktirilgach, yagona, bir butun fazoviy sistema 
hosil qiladi. Elementlarning bari ham vertikal, ham gorizontal (seysmik) 
kuchlarni qabul qiladi. Karkaslar orasiga devor uriladi. Devorlar karkas ishida u 
yoki bu darajada ishtirok etadi. Devor konstruksiyasining xiliga, uni karkas bilan 


 266 
biriktirilish uslubiga qarab, karkasli binolarning hisoblash sxemalari turlicha 
bo‘ladi. 
Ulardan birinchisi - oddiy rama ko‘rinishidagi sxema. Bu sxemaga binoan 
kolonna, rigelь yopma disklari bir-biriga bikr holda biriktiriladi; devorlar 
seysmik ta’sirlar jarayonida karkasning deformatsiyasiga xalal bermaydi. Bunda 
binolarning bikrligi va usuvorligini karkasning o‘zi ta’minlaydi. Inersiya 
uyg‘otuvchn masalalarni hisoblashda devor va to‘siqlarning xususiy og‘irliklari 
e’tiborga olinadi. 
Ikkinchi sxema ham rama ko‘rinishiga ega. Buning avvalgisidan farqi 
shundaki, bu sxemada, ramaning gorizontal bikrligini oshirish maqsadida 
diogonal ravishda qo‘shimcha bog‘lanish (svyaz’) lar kiritiladi. Gorizontal 
kuchlarning bir qismi kolonnalardan bog‘lanishlarga uzatiladi. Bog‘lanishli 
ramalarning kuchishlari oldingisiga qaraganda kichikroq bo‘ladi. 
Uchinchi sxemaga bikrlik difragmasiga ega bo‘lgan ramalar kiradi. Ba’zan 
binolarning umumiy bikrligini oshirish maqsadida karkaslar orasida butun 
kontur bo‘ylab tigiz yopishib turadigan bikr devorlar tiklanadi. Bunday 
binolarda devorlar (bikrlik difragmasi) zilzila chog‘ida karkas bilan birgalikda 
ishlaydi. Natijada, bikrlik diafragmalari bir tomondan bino deformatsiyasini 
chegaralasa, ikkinchi tomondan seysmik kuchlarning katta qismini o‘ziga qabul 
qiladi. 
Bikrlik difragmalarining mustahkamligiga qarab karkasli binolarning 
ishida quyidagi ikki hol bo‘lishi mumkin: 
1. Bino karkasi faqat vertikal yuklarni ko‘tarib turadi., seysmik kuchlarni 
bikr devorlar (diafragmalar) qabul qiladi. Bundan binolarning seysmik 
mustahkamligini faqatgina bikrlik diafragmalari ta’minlaydi. SHuning uchun 
diafragmalar butun seysmik kuchni qabul qilishga hisoblangan va loyihalangan 
bo‘lishi kerak; 
2. Bikrlik diafragmasining mustahkamligi seysmik kuchlarni to‘laligicha 
qabul qilishga etarli emas. Bunda seysmik kuchlarini bikrlik diafragmalari to 
shkastlangunga qadar qabul qiladi. SHundan so‘ng karkas ishlay boshlaydi. 


 267 
SHkastlangan diafragmalar tebranayotgan zaminda binolarning yuqori qismiga 
uzatiladigan energiyaning bir qismini o‘ziga yutadi. Zilzila energiyasining 
qolgan qismi karkaslarga beriladi. Bikr diafragmalarning ishdan chiqishi 
binoning dinamik harakteristikalarini o‘zgartirib yuboradi. Bunday holda 
karkaslar rama sifatida hisoblanishi zarur. 
Karkasli binolarning keyingi ikkita sxemasini, ya’ni bog‘lanishli ramalar 
bilan bikr diafragmali ramalarni ko‘p qavatli binolarda, shuningdek seysmik 
kuchlar miqdori katta bo‘lgan hollarda qo‘llash tavsiya etiladi. 
Karkasli binolar tiklanish uslubi va materialiga qarab farqlanadi. Masalan 
temir-beton va metall karkaslar bo‘ladi; temir-beton karkaslar monolit, yig‘ma-
monolit va yig‘ma ko‘rinishda ishlanishi mumkin. 
Rama sxemasi bo‘yicha bunyod etiladigan karkasli binolarning tashqi 
devorlari o‘z - o‘zini ko‘tarib turadigan yoki osma panel ko‘rinishida 
loyihalanadi. Yirik o‘lchamli osma panellarning uzunligi kolonnalar orasidagi 
masofaga teng bo‘ladi. Osma panellar engil va g‘ovakli panellardan 
tayyorlanadi. 
Bikrlik diafragmasi bo‘lgan ramalarda g‘isht devorlar karkas elementlariga 
puxta biriktirilishi lozim. Kolonna va rigellardan chiqib turgan armaturalar 
devor g‘ishtlarining orasiga olinadi. Karkaslar orasi monolit beton bilan 
to‘ldirilganda ham ana shunday armaturalarga bog‘lanadi. Bikrlik diafragmasi 
temir-beton panellardan ishlansa, panel kolonna va rigellarga payvandlash yo‘li 
bilan biriktiriladi. 
O‘z navbatida yopma plitalarini karkaslarga hamda o‘zaro biriktirish 
uchun 
yon 
tomonlaridan 
armatura 
chiqarib 
qoldiriladi. 
Armaturalar 
payvandlangandan so‘ng ustiga beton yotqiziladi. Karkasli binolarning 
poydevorlarini yaxlit plita yoki temir-beton lenta ko‘rinishada ishlasa juda soz 
bo‘ladi. Agar poydevor har bir kolonnaga alohida ishlansa, u holda tashqi 
kolonnalarni to‘sinlar yordamida bog‘lash zarur. 9 balli rayonlarda barcha (ichki 
va tashqi) poydevorlar o‘zaro bog‘lanadi.


 268 
Qo‘shni bo‘linmalar (bino qismlari) bir-biri bilan antiseysmik choklar 
yordamida ajratiladi. 
Temir-beton karkasning yig‘ma monolit va yig‘ma ko‘rinishlari 
rayonlarda juda keng tarqalgan. 
Yig‘ma temir-beton karkaslarni alohida elementlarga ajratishning bir 
necha usuli bor. Bulardan eng ko‘p tarqalgan karkasni chiziqli elementlarga 
ajratishdir. Bunda chiziqli elementlar bir-biri bilan uzelning o‘zida birikadi. 
CHiziqli elementlarni zavodda tayyorlash, tashish va montaj qilish juda qulay. 
Uzelda tutashuvchi elementlar sonini qisqartirish maqsadida kolonnalar 
o‘lchamini uzaytirib (2-3 qavat balandlikda) olinadi. 
Karkaslarni alohida elementlarga ajratishning yassi sxemasida elementlar 
T, G, P va krestsimon ko‘rinishlarda tayyorlanadi. Bunda elementlar (P 
simondan tashqari) qavat yoki oraliqning o‘rta qismida biriktiriladi. Tutashuvchi 
choklar o‘rtasiga to‘g‘ri kelmasa qo‘shimcha balkachalardan foydalaniladi; bu 
holda rigelda 2 ta tutashish choki hosil bo‘ladi. 
Bu sxemaning afzalligi shundan iboratki, birinchidan, kolonna va 
rigelning tutashish uzellarini zavod sharoitida puxta va aniq ishlash imkoniga
ega bo‘linadi; ikkinchidan, tutashish choklarini eguvchi momentlarning 
eng kichik qiymatlariga ega bo‘lgan joylariga ko‘chirish mumkin. Bundan 
tashqari montaj qilinadigan elementlar soni kamayadi. Karkaslarni alohida 
elementlarga ajratishning fazoviy sxemasi binokorlarni murakkab uzellardan 
halos etadi. Toshkentning Navoiy ko‘chasida shu sxema bo‘yicha 7 qavatli 
eksperimental uy qurilgan. Binoning loyihasi Tashgiprogorda ishlab chiqilgan. 
Eksperimental binoning karkasi krestsimon yig‘ma temir-beton
elementlardan tashkil topgan. Elementning ustunidan bo‘ylama va
ko‘ndalang yo‘nalishlarda konsollar chiqarilgan. Ustunlar qavat 
o‘rtasida ulanadi. Konsollar o‘zaro tutashib, rigel hosil qiladi. Ustunlar
orasi katta bo‘lsa, konsollar qo‘shimcha balkacha yordamida 
tutashtiriladi. CHok uchun qoldirilgan maxsus metall qismlar 
payvandlanadi va ustidan beton quyiladi, natijada yaxlit rigelь hosil bo‘ladi. 9 


 269 
sm qalinlikdagi yopma panellari butun kontur bo‘ylab tiralib turadi. Bu esa 
karkasni ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang yo‘nalishda birday ishlashini 
ta’minlaydi. 
Osma panellar konstruksiyasini loyihalashda mumkin qadar karkas ishida 
qatnashmaydigan qilishga harakat qilinadi. SHu maqsadda quyidagi uch usul 
qo‘llaniladi: 
1) panellar kolonna va regillarda qoldirilgan maxsus nov (paz) larga
o‘rnatiladi. Ba’zan nov hosil qilish uchun karkasnnng tashqi tomoniga
boltlar yordamida engil po‘lat elementlar biriktiraladi. Perimetr bo‘ylab 
novlarga qo‘yilgan qayishqoq qistirmalar panelning oz miqdorda siljishiga yo‘l 
qo‘yadi; 
2) panellar karkasning tashqi tomoniga boltlar sistemasi yordamida osiladi; 
boltlar sistemasi panelni karkasga nisbatan siljishiga yo‘l qo‘yadi. Barcha 
choklar qayishqoq qistirmalar yordamida to‘ldiriladi. 
3) panellar karkaslardan chiqib turuvchi konsolь elementlarga tiraladi, 
egiluvchan bog‘lanishlar yordamida mahkamlanadi. Oldingi usullardagidek, 
choklar qayishqoq materiallar bilan qoplanadi. 
Barcha hollarda ham tashqi choklar germetik berkitiladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling