Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Yirik blokli binolar. 
YUqorida 
ko‘rib o‘tilgan g‘isht
devorli 
binolarning 
seysmik 
mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan umumiy talablar yirik blokli binolarga 
ham taalluqlidir. Zilzila kuchlariga qarshilik ko‘rsatishda barcha bloklarning 
baravar ishlashini ta’minlovchi konstruktiv choralar hamda yopmalarning roli 
benihoya kattadir. 
Devordagi qatorlar soni bloklarning o‘lchamiga bog‘liq. Seysmik rayonlar 
uchun bloklar qatori ikkita bo‘lgan variant maqsadga muvofiq sanaladi. 
Yirik blokli binolarning seysmik mustahkamligini ta’minlaydigan 
choralardan biri blok qirg‘oqlarida vertikal armatura qo‘llash usulidir. Armatura 
karakaslari devor bloklarining yon qirg‘oqlarida; qoldirilgan o‘yiq novlar 
bo‘ylab poydevordan boshlab karnizgachka o‘tkaziladi. Vertikal armatura uchun 
peremichka bloklarida maxsus teshiklar qoldiriladi. Armatura o‘tkazilganidan 
keyin novlarga beton qo‘yiladi. Armatura karkaslari blokga
mahkamlangan skobalarga payvandlanadi. 
Glavgolodnostepstroy tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbyokiston 
qishloq qurilishida keng tarqalgan ikki qatorli silikalьsit blokli binolarning 
afzalligi shundan iboratki, ularda bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarning tutashish 
erlarida T hamda burchak shaklidagi bloklar qo‘llaniladi. Vertikal choklar 
poydevordan to chordoq yopmasining yaxlitlovchi kamarigacha armaturalanadi. 
Devor bloklari yon sirtidan chiqib turgan ilgaklardan shponka hosil qilinadi. 
Armatura karkaslari o‘rnatilgach, bloklar orasidagi vertikalssilindrik bo‘shliqda 
beton quyib to‘ldiriladi. 
Yirik blokli binolarning seysmik mustahkamligini oshiradigan choralardan 
yana biri bloklar orasiga temir-beton karkas yotqizishdan iboratdir. Buning 
uchun devor bloklari orasiga karkasning vertikal elementi, peremichka bloki 
bilan yopma orasiga esa gorizontal elementi joylanadi. Karkas elementlarini bir-


 263 
biriga ulash uchun aramturalar o‘zaro payvandlanadi, so‘ngra choklar beton 
bilan to‘ldiriladi. 
Yirik blokli devorlar g‘isht
devorlarga nisbatan zilzila ta’siriga 
bardoshliroq hisoblanadi. CHunki betonning o‘zi g‘ishtga nisbatan pishiqroq 
material bo‘lganligidan, yirik bloklardan tashkil topgan devor ham g‘isht 
devorga qaraganda pishiqroq bo‘ladi. Peremichka bloklari esa temir-beton 
kamarlar singari ishlaydi. Devorlarni kuchaytirish vazifasini o‘taydigan vertkal 
armaturalarga kelsak, ularni o‘rnatish ishlari g‘isht devorlaridagiga nisbatan bir 
muncha qulay bo‘lib, bloklarni montaj qilishda xalaqit bermaydi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling