Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgarish tamoyili
- 11.2. Bino va inshootlarning texnik holatini baholash.
Raqobat tamoyiliga ko‘ra, bozordagi daromad ishlab chiqarish omillarining
to‘lanishi uchun zarur bo‘lgan darajadan oshib ketsa, unda mazkur bozordagi raqobat o‘sadi. Bu esa daromadlarning o‘rtacha darajasining pasayishiga olib keladi. Bozordagi ortiqcha daromad salbiy raqobatga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda oqilona raqobat bozor rivojlanishiga yordam beradi. Monopolizmda raqobatning yo‘qligi, baholash vaqtida bozor qiymatini aniqlashdan tashqarida turgan fakt sifatida hisobga olinadi.Bu tamoyil bozor me’yoridan oshib ketadigan daromadni ko‘rib chiqishda juda zarurdir. Agar daromad uzoq muddatli ijara bilan ta’minlanmasa, unda uning tushish ehtimoli bozordagi o‘rtacha daromaddan ancha pastroq tavakkallik esa tegishli ravishda yuqoriroq bo‘ladi. O‘zgarish tamoyili ko‘chmas mulk qiymatining vaqtdagi beqarorligini aks ettiradi. Qiymatning o‘zgarishi ham ko‘chmas mulkning o‘zgarishi (masalan, qurilish konstruksiyalarining jismoniy emirilishi, qayta ta’mirlash), ham tashqi sharoitlarning o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi. Kelgusi foydalarni oldindan aytish uchun tashqi va ichki shartlar o‘zgarishlarini kuzatib borish muhimdir. O‘zgarish tamoyili baholashning professional andozasining baholashning aniq sanasi qayd etilishini izohlaydi. Umuman baholash amaliyoti texnik, huquqiy va iqtosodiy (uchta yondashuv asosida) baholash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 277 11.2. Bino va inshootlarning texnik holatini baholash. Imoratlarni ya’ni ko‘chmas mulk qiymatini aniqlash uchun avval uning texnik holatini, emirilganlik darajasini va so‘ngra ma’lum iqtisodiy usullardan foydalanib, uning bozor bahosini aniqlashni taqazo etadi. Bino va inshootlarni hujjatlashtirish, ya’ni pasportlashtirish va inventarizatsiyalash, ularning texnik holatini majburiy tekshirishni ko‘zda tutadi. Bino za inshootlar konstruksiyalarini texnik baholash, konstruksiyalarining mustahkamligi va shikastlanganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan konstruksiyalarning ekspluatatsiya uchun yaroqliligini umumiy baholash uchun amalga oshiriladi. Bino va inshootlar konstruksiyalarining haqiqiy yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlashda amaldagi me’yoriy qoidalarga amal qilinib, o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida yuklar va ta’sirlar aniqlashtiriladi. Ko‘chmas mulkni texnik holati to‘g‘risidagi xulosa, qayta ta’mirlashning maqsadga muvofiqligini hal qilish yoki ob’ektda ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Imoratlarning tekshirilayotgan konstruksiyalari turli nuqson va shikastlanishlarni tizimlashtirish yo‘li bilan turkumlarga (ko‘rinishi. xususiyati, ko‘tarish qobiliyatiga va ishlatishga yaroqliligiga ta’sir darajasi bo‘yicha) ajratiladi. Shikastlanishlarning tizimlashtirilgan mufassal alomatlari bo‘yicha qurilish konstruksiyalari texnik holatining toifasi o‘rnatiladi. Ko‘chmas mulkni huquqiy va iqtisodiy baholash jarayoni boshida ob’ektni texnik holati baholanadi, uning ahvolini chuqur o‘rganish va tahlil qilish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichga ta’sirini o‘rganish mulkni baholash maqsadiga bog‘liqdir. Baholanayotgan ob’ektni tashkil etuvchi bino va inshootlar konstruksiya elementlarining texnik holati va konstruktiv echimlari hakida ma’lumotlar olish uchun baholovchi shaxsan yoki mos ravishdagi mutaxassislarni jalb qilish bilan kuzatuv-tekshiruv ishlarini olib boradi. Kuzatuv-tekshiruv ishlarining natijalari kelgusida ob’ektni xarajat usulida baholashda, bundan tashqari ko‘chmas mulkdan foydalanishning jismoniy imkoniyati variantlarini hamda ob’ektni 278 bugungi kun va istiqbolda bozordagi o‘rnini belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Kuzatuv-tekshiruv ishlari asosan quyidagi masalalarni echish uchun olib borilishi mumkin: - er maydonini qurilish uchun yaroqliligini baholashda; - qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlarni diagnostika qilish nuqtai nazaridan bino va inshootlarning texnik holatini va foydalanishga yaroqlilik darajasini baholashda; - rekonstruksiya, zamonaviylashtirish yoki boshqa maqsadda foydalanish bo‘yicha echimlarni asoslashda; - ko‘chmas mulk ob’ektini texnik inventarizatsiyalashda; - ko‘chmas mulk ob’ektini baholashda va h.q Umuman, ko‘chmas mulkni baholash maqsadida kuzatuv tekshiruv ishlari uchta bosqichdan iborat bo‘ladi: 1. Tayyorgarlik ishlari; 2. Texnik tekshiruv; 3. Kuzatuv-tekshiruv ishlari natijalarini taxlil qilish va rasmiylashtirish. Texnik ahvolini o‘rganishdagi tayyorgarlik ishlari, Tayyorgarlik ishlari baholanayotgan ob’ekt bilan dastlabki tanishish, mavjud xujjatlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish hamda kuzatuv ishlarini olib borish uchun ishchi materiallarni tayyorlashdan iborat. SHundan sung ob’ekt: A) Dastlab ko‘zdan kechiriladi va bunda: -maydonning taxminiy o‘lchamlari, shaklining va holatining tafsilotlari; - yaxshilashlarning- imorat tarkibi; - yaxshilashlarning asosiy tasnifiy belgilari bo‘yicha turlari; - yaxshilashlarning joriy holati; ko‘chmas mulkni baholashda yaxshilashlar tarkibiga quyidagilar kiradi: - asosiy bino va inshootlar; - yordamchi bino va inshootlar, qo‘shimcha qurilishlar, isitish qozonlari, transformatorlar, nasoslar va h.k; 279 - bino va inshootlarning vazifaviy ishlatilishiga tegishli bo‘lgan mashina va qurilmalar, yuk va yo‘lovchi tashuvchi liftlar, eskalatorlar va h.k; -bino va inshootlarning vazifasini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi ichki muhdndislik tarmoq va tizimlari, elektr ta’minoti va yoritish, suv ta’minoti va kanalizatsiya, issitish va sovutish, gaz ta’minoti, yong‘inni o‘chirish va signalizatsiyalar; -ichki maydon muhandislik tarmoqlari, infrastruktura va obodonlashtirish elementlari- kabel va quvur tarmoqlari, drenaj tizimi, avtomobil va relsli transport o‘tish joylari, piyodalar o‘tish joylari, hovli devorlari, yong‘inga qarshi suv havzalari va h.k; Bino va inshootlarni quyidagi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflash mumkin: Vazifasi. Hajmiy-rejaviy echimining turi, Qurilish vaqti. Kapitallik darajasi. Konstruktiv echimining turi. B) Hujjatlar yig‘iladi va tahlil qilinadi, bunda yig‘ilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan xujjatlar quyidagilardir: - ob’ekt joylashgan tumanning tabiiy -seysmik, iqlim va ekologiya sharoitlari haqida ma’lumotlar to‘plami; - ob’ekt joylashgan tuman haritasi; - ajratilgan erni tasdiqlovchi xujjat; - mulkga egalikni tasdiqlovchi qaydlovchi xujjat; - ob’ektni loyihalashtirish va qurilishi uchun me’yoriy xujjat; - qurilish bo‘yicha loyiha xujjatlari; - qurilishni olib borish bo‘yicha xujjat; - texnik tekshiruv va texnik pasportni o‘z ichiga olgan inventarizatsiya ishlarining xujjatlari; 280 - ob’ektning jismoniy holatini o‘zgarishi, rekonstruksiya va zamonaviylashtirish, kapital va boshqa ta’mir ishlarining hajmi va o‘tkazilgan vaqtlari haqida ma’lumot beruvchi joriy yuritiluvchi hujjat; - ob’ekt tarixi haqida ma’lumotlar to‘plami. V) Ishchi materiallarni tayyorlash, bunda - ob’ekt rejasining eskizi - tegishli hujjatlarda o‘rnatilgan chegaralar bo‘yicha; - kavatlararo rejalar va qirqimlarning loyihaviy xujjatlardan olingan nushalari; - haqiqiy geometrik o‘lchamlarni, konstruksiyalar va pardoz ishlarini, konstruksiyalarni xamda texnik tizimlarning texnik holatini tavsiflovchi xonalarning batafsil eksplikatsiyasi; - bino konstruksiyalari, elementlari va muhandislik qurilmalaridagi mavjud standart ko‘rinishga ega nuqsonlarning ro‘yxati; Baholanuvchi ob’ektning texnik tekshiruvdan maqsad, yaxshilanishlarning baholash paytidagi tafsilotlari holati haqida hakiqiy ma’lumotlarni yig‘ishdir. Ob’ektni tekshirishda: - asosiy qurilish konstruksiyalarining turi; - asosiy qurilish materiallarining xillari; - qurilishning geometrik tafsilotlari; - qurilish elementlarining kuzatuv paytidagi xolatlari aniqlanishi lozim; Texnik baholash Binoni baholash davridagi texnik holatini tekshirishni, uning quyidagi alohida tashkil etuvchi elementlari bo‘yicha olib borish maqsadga muvofiq: - er osti konstruksiyasi; - binoning yuk ko‘taruvchi qismini tashkil etuvchi konstruksiyalar; - qavatlarni bog‘lovchi elementlar; - tom yopmasi konstruksiyasi; - eshik va deraza romlari; - pollar; 281 - binoning tashqi pardozi; - binoning ichki pardozi; - ichki muhandislik tizimlari. Ob’ektning qurilish konstruksiyalari texnik holatini baholash (asbobli taddiqotlar natijalari, buyurtmachi bilan kelishilgan qo‘shimcha ish va ta’sirlarni tahlil etish, yuk ko‘taradigan konstruksiyalarning xisob-kitobini qilish) tekshirishlarning asosiy bosqichlari amalga oshirilgach o‘tkaziladi. Ish yakunida tekshirilayotgan bino yoki inshootga texnik xulosa tuzilib, unda ko‘rib chiqilayotgan konstruksiyaning ishlatishga yaroqli-ligiga umumiy baho beriladi. Xulosa (tekshirish mazmunidan kelib chiqib) quyidagilardan iborat bo‘ladi: - vazifa bo‘yicha bajarilgan ish; - foydalanilgan manbalar (loyihaviy-texnik hujjatlar va bosh.); - ob’ektni tekshirishda va yo‘qlamani o‘tkazishda qatnashgan mualliflar ro‘yxati (ishning tahminiy sanasi ko‘rsatilib yoziladi); - me’moriy-rejalash xulosalari, ob’ektning texnologik mo‘ljali va ishlatish shartlari bo‘yicha qaydlar; - ob’ektni loyihaviy holatiga qarab tekshirish natijalari, unga ob’ekt asosi, poydevor va yuk ko‘taradigan konstruksiyalarning fizik-mexaniq, tavsifi, binoning mustahkamligi va bikrligini pasaytiruvchi kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - konstruksiyani tashqi yuk ta’siriga nisbatan hisob-kitob natijalari; - bino asosi, poydevori va er usti konstruksiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyati to‘g‘risidagi xulosalar; - yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar va ularning seysmik ta’sirlarga chidamliligini belgilovchi konstruktiv-rejaviy chizmalarining sifat ko‘rsatkichlari natijalari; - kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar (zaruriyat bo‘lganda) va h.k. Bino va inshootlar konstruksiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyati, tashqi yuk va ta’sirlarga chidamliligini aniqlash amaldagi tartib va qoidalarga tayangan holda amalga 282 oshiriladi va o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida asosiy qismlarning shikastlangalik darajasi oydinlashtiriladi. Texnik holatni aniqlashda imoratni va uning konstruksiyalarini texnik talablar bo‘lmish mustahkamlik, bikrlik, ustivorlik va zilzilabardoshliklari chuqur tahlil qilinadi .Bu jarayonda aniqlangan shikastlilik emirilish darajasi ko‘chmas mulkni iqdisodiy ko‘rstgichini aniqlashda foydalinadi. Ko‘chmas mulkni iqtisodiy baholashda albatta uch xil endoshishdan- xarajatli, taqqoslash va daromadli yondoshuvlardan kelib chiqqan baholashga amal qilinadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling