Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Konstruktiv elsmentlar va aloxida tayanchlar
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
4.7. Konstruktiv elsmentlar va aloxida tayanchlar
Bino va inshootni loyihalanish boshlanganda asosiy muammo bo‘lg‘usi qurilmani konstruktiv echimini qabul qilishga taqaladi. Bu muammoni echishda imoratga qo‘yilgan arxitektura-rejaviy talablar, qurilish konstrukiiyalar chiqazuvchi qurilish ba’zalari xaqida axborotlar, maxalliy qurilish ashyolaridan foydalanish imkoniyati, qurilish rejalashtiralayotgan maydonning geologik, tabiiy sharoitlar, zilzila xavflik holatlari, tuproqning xususiyati va holati va talab etilayotgan imorat qavati soni kabi axborotlardan foydalanib, yakuniy hulosa va tegishli echim qabul qilish mumkin. Agarda qurilish materiali sifatida pishiq g‘isht bo‘lsa, bunday imoratni balandligi 5 qavatdan baland bo‘la olmaydi, chunki zilzidabardoshlik talablari bo‘ycha g‘isht imorat undan baland bo‘lishi katta xavf va talofatga olib kelishi mumkin. G‘isht imoratining bo‘ylama devorlari 3 yoki 4 dan ortiq bo‘lmasligi shart, ayniqsa ular orasidagi masofa 6 m juda bo‘lmaganda 9 metrdan oshmagani ma’qul. Bu variantda fazoviy bikirlik bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar, hamda temirbeton ustyopmalari, juda bo‘lmaganda temir yoki yog‘ochdan bajariladigan ustyopmalar va seysmikaga qarshi o‘tkaziladigan antiseysmik belbog‘lar orqali ta’minlanadi. Agarda uy joy va sanoat korxonalari na’munaviy, oldin sinalgan loyihalardan foydalanish imkoni bo‘lsa, masalan yirik panellii, karkas konstruksiyali imorat qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi, chunki bor loyihani tegishli sharoitga qayta ishlash yangi loyiha tayyorlashdan va qurishdan ancha oson va samaraliroqdir. 96 Konstruktiv echim tanlash aksariyat, iqtisodiy va texnik ko‘rsatgichlardan kelib chiqqan xolda, qurilayotgan imoratni qavatlar soniga bog‘liq Agar imorat balandligi 9-12 qavatli bo‘lish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u holda imoratning konstruktiv echimi temir beton karkas - sanoat va jamoa korxanalari uchun, katta panellik turar joy binosi rejalashtirilayotgan bo‘lsa eng iqtisodiy va zilzilabardoshlik samarasiga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda karkas qismida bikrligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi ramalar ham bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Agar imorat 16-25 qavatli bo‘lishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa. U holda konstruktiv echim yuqori bikirlikga ega bo‘lgan alohida qism (diofragmalar) bilan metal karkasdan, temir betonli konstrksiyani bog‘langan ramalar karkaslaridan va nihoyat kichik qadamli katta panellik konstruktiv echimdan foydalanish taqozo etiladi. Albatta, bu variantlarda qavatlar aro uzluksiz temirbeton yopmalar va ustyopmalar yordamida fazoviy bikirlik ta’minlanadi. Baland qavatli imoratlarda fazoviy muvovzanatni saqlash uchun katta bikirlikga ega bo‘lgan vertikal yadro qismlari ham ko‘zda tutiladi. YUqori qavatli imoratlarda sirg‘anadigan opalubka yordamida uzluksiz monolit betondan tayorlanadigan konstruktiv echim qabul qilish o‘zini anchadan beri respublika sharoitida iqtisodiy va texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha oqlab kelyapti. Bunday konstruktiv echim asosida ham turar joy, dam jamoa imoratlarini qurish mumkin. Umuman konstruktiv echim tanlashda boshqa turli variantlar ham bor, masalan etajlarni ketma –ket ko‘tarib quriladigan karkas, oldin keng tarqalgan yig‘ma va yig‘ma monolit elementli qurilishlar, unda temir - beton karkasli imoratlarni yaratishda ancha industrillashgan zamon edi. Keng tarqalgan konstruktiv echim bu temir-beton yoki metalldan qilingan (sinch) karkas konstruksiyali imoratlardir. Bunday konstruksiyalar chet ellarda, xususan Respublikamizda keng tarqalgan. Ayniqsa fuqaro binolarida temir beton, sanoat inshootlarida esa metalldan qilingan sinchli konstruksiyalarni (5.13-rasm) qayd qilish mumkin. Sinchli konstruksiyalarni tom va qavatlararo yopmalari asosan temir beton plitalar bo‘lib, sinch orasi g‘isht bilan to‘ldiriladi. 97 Devori mayda elementlardan tashkil topgan binolarda qavatlararo yopma yoki tom yopmasi konstruksiyalarini ko‘taruvchi ichki, alohida tayanchlar g‘isht yoki toshdan, temir-betondan, metalldan va asbotsementdan bajariladi. Bunday vertikal tayanchlar g‘ishtdan terilgan bo‘lsa, ularning ko‘ndalang kesim yuzasi unga tushadigan yuk miqdoriga, tayanchlar oralig‘iga, binoning qavatlari soniga va umumiy konstruktiv echimiga bog‘lik bo‘ladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling