Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Zinapoyalarning turlari va konstruksiyalari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
4.8. Zinapoyalarning turlari va konstruksiyalari 
Turar joy binolarida zinapoyalar bir yoki ikki marshli, ba’zan uch marshli 
bo‘lishi mumkin. Qavatlararo aloqa zinalar vya liftlar yordamida amalga 
oshiriladi. SHu bilan birga zinalardan avariya sharoitida kishilarni evakuatsiya 
qilishda ham foydalaniladi. 


99 
Zinalar mustahkam, pishiq va odamlar harakati uchun qulay va xavfsiz 
hamda yong‘indan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Zinalarni bino tarxida 
joylashtirish, ularning soni va o‘lchamlari binoning vazifasiga, katta - 
kichikligiga va belgilangan vaqtda kishilarni evakuatsiya qilish uchun qulaylik 
ta’minlanishiga qarab aniqlanadi. Masalan, turar - joy binolarida zinalar soni 
kamida ikkita bo‘lishi, o‘n va undan ortiq qavatli turar joy binolarida har bir 
kvartiradan to‘g‘ridan - to‘g‘ri yoki bog‘lovchi o‘tish yo‘li orqali ikkita zinaga 
chiqish ta’minlanishi kerak. Zinalar marshlardan va zina maydonchalaridan 
iborat bo‘ladi. Marsh konstruksiyasi o‘z navbatida pillapoya va uni ko‘tarib 
turuvchi balkadan iborat bo‘ladi. Zina maydonchalari qavat tyokisligi va 
qavatlar oralig‘ida joylashgan bo‘ladi. Kishilarni xavfsiz ko‘tarilishi yoki 
tushishi uchun zinalar balandligi 0.9 m bo‘lgan tutqich panjaralar bilan 
jihozlangan bo‘ladi. Pillapoya vertikal qirrasi bilan pillapoya marshi gorizontal 
qirrasi pillapoya yuzi deb ataladi. Zina marshi pillapoyalari eng yuqori va eng 
pastkisidan tashqari bir xil ko‘rinishga va o‘lchamga ega bo‘ladi. 
Vazifasiga ko‘ra zinalar: asosiy yoki bosh zina, har doim ishlatiluvchi 
xizmat zinasi, evakuatsiya zinasi, yordamchi zina, xizmat paytida 
foydalaniladigan va avariya zinalari, tashqi evakuatsiya zinalari, o‘t 
o‘chiruvchilar zinasi kabi turlarga bo‘linadi. 
Qavatlar orasidagi marshlar soniga ko‘ra zinalar bir, ikki, uch va to‘rt 
marshli turlarga bo‘linadi. Zinalardan kamchilik foydalaniladigan ayrim 
binolarda vintsimon shakldagi zinalar qo‘llaniladi. 
Zina marshlari nishabi qurilish qoidalari bo‘yicha tanlanadi. Masalan, asosiy 
zinalar uchun 1:2 1:1,75, yordamchi zinalar uchun 1:1.25 nisbatda belgilanadi. 
Har bir marshdagi pillapoyalar soni 16 tadan ko‘p va 3 tadan kam bo‘lmasligi 
kerak. Zina marshi kengligi avariya holatida kishilarni evakuatsiya qilishni 
ta’minlashni hisobga olib tanlanadi. SHunga ko‘ra asosiy zinalar marshi kengligi 
ikki qavatli binolarda kamida 900 mm, uch va undan ko‘p qavatli binolarda 
1050 mm qabul qilinadi. Zina maydonchalarida kengligi marsh kengligidan 
kattaroq kamida 1200 mm qilib olinadi. YUqorida keltirilgan qoida va 


 100 
me’yorlarga asosan pillapoya eni 250..300 mm, balandligi esa 150 mm, ayrim 
hollardagina 180 mm ga boradi. Bunda kishilarni o‘rtacha qadami gorizontal 
holda 600 mm ligi, zinada yurishda esa bu kattalik 450 mm ga teng ekanligi, 300 
mm +150 mm = 450 mm hisobga olinadi. 
Zina va pillapoya o‘lchamlarini bino balandligiga qarab aniqlashni quyidagi 
misolda ko‘rib chiqamiz. 
Bino qavati balandligi N=3.3 m., marsh kengligi V= 1.05 m, zina nishabi 
1;2 bo‘lgan turar joy binosi uchun ikki marshli zina o‘lchamlarini aniqlash talab 
etilgan. Bu masalalarni echishda pillapoya o‘lchamlarini 300 x 150 mm ga, 
zinapoya kengligini V = 2v + 100 = 2.1050+ 100- 2200 mm qilib olamiz, bu 
erdagi 100 soni marshlar orasidagi tirqish kengligi. 
Bitta marsh balandligi: N\2=3300\2=1650mm 
Bitta marshdagi pillapoyalar soni: p= 165 \150 =11 
Bundan pillapoyalar sonini 10 ta qilib olamiz. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling