Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Ustyopma to‘sinlar. Amaliyotda 6x6 m va 6x9 m o‘lchamli va nishabi bir
tomonga yoki ikki tomonga bo‘lgan tavr kesimli stropil to‘sinlar qo‘llaniladi, ular payvand karakaslar bilan armaturalanadi. Oraliq masofa 12 va 18 m bo‘lganda to‘sinlar oldindan tortib zo‘riqtirilgan armatura bilan armaturalangan. To‘sinlarning kesimi ikki tavrli bo‘lib, devorining qalinligi 60-100 mm. Katta ko‘ndalang kuchlar ta’sir ko‘rsatadigan tayanchlar atrofida devorning qalinligi syokin - asta ortib boradi. To‘sinlarning balandligi oraliqning 1/10 - 1/15 qismini tashkil etadi, bu ularning bikrligini ta’minlaydi. YUqoridagi siqilgan tokchaning eni to‘sin tyokisligidan mustahkamlikni ta’minlash sharti bo‘yicha ravoqning 1 /50-1 /60 qismiga teng qilib olinadi. Pastki tokchaning o‘lchamlari ishchi armaturaning joylashish sharoitlari va betonlash qulayligi bilan aniqlanadi. Siqilgan tokcha va devor to‘sinlari payvand karkaslar bilan armaturalanadi, bo‘ylama tortuvchi kuchlanishlar oldindan tortilgan kanatli yoki yuqori mustahkamlikka ega sterjenli (yoki simli) armaturaga uzatiladi. Ayrim hollarda tortilgan qismi kesimda juft - juft joylashgan o‘zgaruvchan kesimli juda mustahkam sim bilan armaturalanadi. SHuningdek, to‘g‘ri burchakli kesimli 18 m oraliqda oldindan kuchlangan ikki tomonga nishabli to‘sinlar ham qo‘llaniladi. Bunday to‘sinlarning o‘rta qismida ularni engillashtirish maqsadida katta sakkiz yoqli teshiklar qilinadi. Bu 106 teshiklardan har birining yuzi 0,5-1 kv.m. bo‘ladi. SHuning uchun ham ularni panjarasimon to‘sin deyiladi. Qo‘shtavr kesimli stropil to‘sinlari panjarali to‘sinlardan ancha tejamlidir, ularda po‘lat va beton sarfi taxminan 15 % kam. 4.12. Fermalar, struktura va vant konstruksiyalari. Temir-beton fermalar asosan 18 va 24 m oraliqli binolarni yopishda qo‘llaniladi. Umuman, fermalar belbog‘larning shakli va panjarasining bor- yo‘qligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadiyu yuqori belbog‘i siniq shaklli, segment panjarali, parallel belbog‘li panjarali, xovonsiz segmentli, xovonsiz parallel belbog‘li va boshqa turlari bo‘lishi mumkin. Temir-beton fermalarda po‘lat sarfi po‘lat fermalardan deyarli ikki barobar kam; shuning uchun oraliq 30m dan kam bo‘lganda faqat temir- beton fermalarni qo‘llash lozim. Oraliq undan katta bo‘lganda po‘lat fermalarni qo‘llagan ma’qul. CHunki ularning massasi, tayyorlashdagi mehnat sarfi kam qiymatga ega temir-beton fermalardan ancha arzon. Biroq qurilnshda oralig‘i 60 m va undan ortiq bo‘lgan hollarda, oldindan kuchaytirilgan ko‘p oraliqli qo‘shma fermalar muvaffaqiyatli foydalanilayotganiga misollar juda ko‘p. Fermalarning balandligi odatda oraliqning 1/7-1/9 qismini tashkil etadi. Fermalarning yuqori bo‘g‘inlari orasidagi masofa 3 m ga teng bo‘lib, u ustyopma qovurg‘ali (qirrali) plitalarning bo‘ylama qovug‘alari orasidagi masofaga mos keladi. Bu esa fermaga qo‘yiladigan yuklarni fanat tugunlarga uzatishni va xovonli fermalardagi yuqori belbog‘ning egilmasligini ta’minlaydi. Agar binolardan foydalanish shartlariga ko‘ra ustunlarning qadamini 18 m gacha orttirish talab qilinsa, u holda stropil fermalar bo‘ylama yo‘nalishda qo‘yiladigan stropil osti fermalariga tiraladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling