Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Osma yopmalar. Osma yopmalar deb, kanop troslar bilan asosiy yuk 
ko‘taruvchi qismlarni tortib turadigan yopmalarga aytiladi. 
Osma yopmalarning oraliqni yopuvchi asosiy yuk ko‘taruvchi elementlari 
(kanat, tros, membrana) cho‘zilishga ishlaydi. Insoniyat tomonidan osma 


 107 
konstruksiyalarning qo‘llanilishi qoyatoshlardagi qadimgi rasmlardan (5.15 va 
5.16-rasmlar) ham ma’lum. Ularning qo‘llanilishi tarixi esa qadimgi lianlardkan 
foydalanib qurilgan ko‘priklardan boshlanib, hozirgi zamonaviy katta oraliqli 
osma ko‘priklar va tentli yopmalarga kelib taqaladi. 
5.15-rasm. Osma konstruksiyalar
Biroq, kelib chiqishi o‘simlik va hayvonot dunyosidan bo‘lgan kam 
mustahkamlikka ega bo‘lgan qurilish ashyolaridan tayyorlangan osma 
yopmalardan XIX asr oxirigacha foydalanildi. Sanoatning rivojlanishi va po‘lat 
arqon (kanat)larni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilan osma sistemalarda 
mustahkam po‘latlardan foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Osma yopmalar katta 
oraliqli inshootlar (sport, tomosha va boshqa xil) da keng qo‘llanila boshladi. 
Qo‘llaniladigan ashyolar. Osma yopmalarning yuk ko‘taruvchi-
konstruksiyalari uchun qurilish ashyosi sifatida A-V, A-VI armatura po‘lati, 
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan simlar, spiralsimon kanatlar ishlatiladi. 
Membrana tipidagi yopmalar uchun kam uglerodli yoki past darajada 
legirlangan po‘latlar ishlatiladi. Masalan, Moskva shahridagi Mir prospektidagi 
universal stadionning yopmasi 14G2 markali, qalinligi 5 mm bo‘lgan po‘latdan 
bajarilgan. 


 108 
5.16 - rasm. Tayanchning ankerli qurilmasi: 
a- ankerli devor; б- yig‘ilgan panjali anker; 
в- yakka temirbetonli anker, 
Bundan tashqari, osma yopmalarning yuk ko‘taruvchi elementlari sifatida 
ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki prokat profillardan tayyorlangan 
po‘lat to‘sinlar ham ishlatiladi. 
Ma’lum bir egilishdagi bikrlikka ega bo‘lgan bunday to‘sinlar bir vaqtning 
o‘zida cho‘zilish va egilishga ishlaydi. Ularni ko‘pincha bikr iplar ham deb 
atashadi. Ular shakli o‘zgarib ketmasligi uchun maxsus muvozanatlashtiruv 
tizimlarga muhtoj emas va ularga notyokis ta’sir qiluvchi yuklar ta’siri 
kamroqdir. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling