Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Arkalar. Ularning turlari va xususiyatlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

4.13. Arkalar. Ularning turlari va xususiyatlari 
Temir-beton arkalar juda katta oraliqda, masalan, 30 m ortiq bo‘lganda 
fermalardan tejamliroqdir. Statik belgisiga arkalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
uch sharnirli (statik aniq); ikki sharnirli torqichsiz yoki tortqichli (bir 
noma’lumli) va sharnirsiz (noma’lumli). Arka tizimining o‘ziga xos xususiyati 
kerki kuchining mavjudligidir. Eng keng tarqalganlari tortqichli arkalardir. Katta 
oraliqli binolarda (angarlar, yopin bozorlar va boshqalarda) arkalar bevosita 
poydevorga tayanishi mumkin. Tortqichlar tayanch qurilmalari kerki kuchi 
ta’siridan ozod qiladi. 
Arkalarni hisoblash qurilish mexaniqasi usullari bilan amalga oshiriladi. 
Hisob natijasida bo‘ylama kuch N, eguvchi moment M kundalang R kuchlar 
aniqlanadi. 


 109 
Arkalarning ko‘ndalang kesimlarini tanlashda arka markazidan tashqari 
siqishga ishlaydi deb qaraladi, tortqichni hisoblashda esa u o‘q bo‘yicha 
cho‘ziladi deb faraz qilinadi. Arkalarning kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli yoki ikki 
(qo‘sh) tavrli qilib qabul qilinadi va simmetrik armaturalanadi, chunki 
momentlar epyurasi, odatda ishorasi, o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Tortqichdagi kuchlanishlar darhol armaturaga uzatiladi, bu maqsadda 
oldindan zo‘riqtirilgan kanatlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tortqini 
osilib qolishini kamaytirish uchun har 5-6 m dan so‘ng ilgichlar o‘rnatiladi. 
Katta oraliqli arkalar odatda ayrim qismlardan tashkil topgan yig‘ma holatda 
tayyorlanadi. (5.17-rasm). Bunda tortqi oldindan tayanch bloklar bilan 
kuchlangan yaxlit deb ko‘zda tutiladi. Arka seksiyalari o‘zaro qo‘yilgan 
detallarni keyingilari bilan chok birikmalarini bukib, payvandlash yordamida 
biriktiriladi. 
YUpqa devorli fazoviy ustyopmalar, qobiqlar. YUpqa devorli fazoviy 
ustyopmalar tyokis (yassi) tizimlardan (plita, to‘sin, ferma va boshqalardan) 
farqli o‘laroq yuk ostida ikkala yo‘nalishda ishlaydi. Bunday konstruksiyalarga 
materialni eng kam sarflanadi. YUpqa devorli fazoviy konstruksiyalar ularga 
samarali geometrik shakl berish tufayli temir-betonning ijobiy xossalaridan eng 
ko‘p samara bilan foydalanishga imkon beradi. YUpqa devorli fazoviy temir-
beton konstruksiyalar bilan oraliq tayanchlarsiz 1 gektargacha va undan katta 
maydonlarni yopish mumkin. YUpqa devorli fazoviy ustyopmalarda ustunlar 
turi ko‘p hollarda 36x36,40x40 m o‘lchamlarda olinadi. SHuningdek, rejadagi 
o‘lchamlari 18x24 va 18x30 m bo‘lgan yig‘ma qobiqlar ham ishlatiladi. 
YUpqa devorli temir-beton ustyopmalarining asosiy turlari:ssilindirik 
qobiqlar, yig‘ma ustyopmalar, aylanma qobiqli-gumbazlar, to‘g‘ri burchakli 
rejada ikki xil egrilikka ega bo‘lgan qobiqlar, manfiy Gauss egriligi qobig‘i, 
vantsimon osma qobiqlar va boshqalardan iborat. 
YUpqa devorli fazoviy konstruksiyalar murakkab qilib loyhalanishi 
mumkin, ya’ni bir nechta bir xil yoki har xil qobiqlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
YUpqa devorli konstruksiyalar, ayniqsa gumbazlar faqat temir-betondan 


 110 
tayyorlanmasdan, balki boshqa materiallardan: masalan, armotsementdan, zich 
armaturalangan, 
mayda 
donali 
betondan 
iborat 
bo‘lishi mumkin. 
Armotsementning qalinligi atigi 10-20 mm ni tashkil etishi mumkin.
5.17- rasm. Yig‘ma gumbazlar. 
a-meridional qovurg‘ali, b,v-trapetsiyasimon plitali, g-montaj, 1-yaxlit tayanch xalqa, 2-
fonar, 3-yaxlit belbog‘, 4-yig‘ma plitalar 
Gumbazlar ustyopmalarning eng samarali turidir. Gumbazlarning sirti 
ko‘pincha vertikal o‘q. atrofida aylana yoyini aylantirish bilan hosil qilinadi. 
Bunda hosil bo‘lgan gumbaz sferik gumbaz deyiladi. Ellips aylanganda elliptik 
gumbaz, to‘g‘ri chiziq aylanganda konussimon gumbaz va hokazo hosil bo‘ladi. 
Gumbazning momentsiz ishlashda gumbaz elementiga faqat bo‘ylama kuchlar 
meridional va doiraviy kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlanishlarni gumbaz elementi 
muvozanati shartidan aniqlash mumkin. 
Agar temir-beton qobiqlar egrilik radiusining 1/20 qismidan ortmasa, u 
yupqa devorli qobiq deyiladi. Umumiy holda qobiqning ko‘ngdalang kesimiga 
normal kuch ta’sir qiladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling