Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Bino va inshootlarning ustyopma konstruksiyalar
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
4.10. Bino va inshootlarning ustyopma konstruksiyalar Ustyopma bino va inshootni eng ma’suliyatli qismi bo‘lib, uning xillari turli tuman. O‘rta Osiyoda qadimdan yog‘ochdan ishlanadigan toqili loy tomlar qo‘llanib kelingan. Hozirgi zamonda ustyopmalarning xilma-xil turlari qo‘llanilib kelinmoqda. Bino yoki inshoot ustyopmalari uchun yopma plitalardan iborat konstruksiyalarning yig‘ma elementlari qo‘llanilib, ular 6 yoki 12 m qadam bilan joylashtirilgan to‘sin, ferma yoki arkalar ko‘rinishida ko‘taruvchi konstruksiyalarga tayanadi. Katta oraliqlarni yopish uchun qo‘llaniladigan qobiq, to‘lqinsimon gumbaz ko‘rinishidagi (yaxlit) fazoviy yupqa devorli ustyopmalar ham mavjud. Bunda konstruksiyalar materiali ishlashdagi qulay statistik sharoitlar va egiluvchi hamda to‘suvchi vazifalarini birga qo‘shib olib borilgani sababli katta samara bilan foydalanildi. 4.11. Ustyopma plitalar Ustyopma plitalar tomdan tushgan og‘irlikni devorlarga uzatadi. Eng keng tarqalganlari P-simon qirrali plitalar bo‘lib, ularning o‘lchamlari 3X6 va 3X12m bo‘ladi bu turdagi plitalar 25-30 mm qalinlikdagi tokchadan, taxminan 1 m qadam bilan joylashgan ko‘ndalang qirralardan (qovurg‘alardan) va ikkita bosh qirra (qovurg‘a) dan iborat. Tokcha payvand to‘r bilan armaturalanadi, ko‘ndalang qovurg‘alar payvand karkaslar bilan, bo‘ylama qovurg‘alar esa oldindan zo‘riqtirilgan simli yoki kanatli armatura bilan mustahkamlanadi. 104 5.14-rasm. Ustyopma plitalar chizmasi O‘lchamlari 3X6 va 3X12 m bo‘lgan 2T ko‘rinishidagi ikki konsolli qirrali plitalar ham keng tarqalgan. Ularda bo‘ylama qovurg‘alar orasidagi masofani o‘zgartirish mumkin bo‘lgani tufayli tokchadagi eguvchi momentlar kamayadi va bir qiymatli bo‘lib qoladi (5.14rasm, a). Bu ko‘ndalang qovurg‘alardan voz kechishga va plitani armaturalashni soddalashtirishga imkon beradi. Rejada bir xil o‘lchamdagi ikki turdagi plitaga sarflanadigan materiallarning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari taxminan bir xil (5.1-jadval). Oraligi 12 m bo‘lgan plitalarning ustyopma konstruksiyasini butun tizimi tarkibida qo‘llanilgan holda oralig‘i 6 m li plitadagiga qaraganda ancha tejamli ish bajariladi, chunki 1m 2 ustyopmaga ketadigan materiallarning solishtirma sarfi (etakchi konstruksiyalarni ham hisobga olganda), shuningdek montaj qilishda mehnat unumi ancha pastdir. 5.1- jadval Plita turi Plita massasi, t Betonning keltirilgan qalinligi, sm Buylama qovurgalarni arma- turalashda plitaga sarflana-digan po‘lat, kg Sterjenь Kanat yoki juda mustahkam sim 3x12m o‘lchamli qovurg‘ali 6,5 7,65 265-391 205-288 3x6m o‘lchamli qovurg‘ali 2,8 5,3 70-101 56-70 105 3x1 2m o‘lchamli 2T 6,8 7,65 330 237 3x6m o‘lchamli 2T 2,38 5,3 85 63 Binolarning ustini yopish uchun, shuningdek, devorlarning bo‘ylariga bir bo‘ylama to‘sinlarga ko‘ndalang yo‘nalishda joylashtiriladigan 3x18 va 3x24 m li ikki yoqlama og‘ma yirik o‘lchamli plitalar qo‘llaniladi. Bunday plitalarning bo‘ylama qovurg‘alarining balandligi o‘zgaruvchan bo‘ladi va plitaning chetlarida (P simon plitalarda) yoki plita enining 0,25 qismiga teng (2T turidagi plitalarda) masofada joylashadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling