Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Temir-beton konstruksiyalarining turlari
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig‘ma - yaxlit temir-betonlar
Temir-beton konstruksiyalarining turlari.
Temir - beton konstruksiyalar bajarilish usuli bo‘yicha yig‘ma, yaxlit va yig‘ma - yaxlit bo‘ladi. 119 Yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ko‘prok tarqalgan, chunki ulardan foydalanish, qurilishni sanoatlashtirishga va iloji boricha mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. Zavod sharoitida yig‘ma konstruksiyalar tayyorlashda beton qorishmasini, tayyorlash, yotqizish va unga ishlov berishning ancha ilg‘or texnologiyasini qo‘llash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, qurilish ishlarini ancha soddalashtirish mumkin. YAxlit (monolit) temir-beton konstruksiyalar qismlarga bo‘linishi va bir xillashtirilishi qiyin bo‘lgan inshootlarda, masalan, ba’zi gidrotexnika inshootlarida, og‘ir poydevorlarda, suv havzalarida, ko‘chma yoki o‘zgaruvchan qoliplar yordamida ko‘tariladigan inshootlarda (qobiklarning qoplamlari, siloslar va boshqalar) keng ko‘llanadi. Yig‘ma - yaxlit temir-betonlar yig‘ma elementlar va qurilish joyida yotqiziladigan monolit betonning qo‘shilmasidan iborat. Odatda yig‘ma elementlar bir butun beton uchun qolip hosil qiladi, bu esa yog‘ochni tejashga imkon beradi. Yig‘ma-monolit konstrkutsiyalar yig‘ma konstrkutsiyalarga qaraganda yaxlitligi yuqoriligi va uloq joylarining sodda berkitilishi bilan farq qiladi. Yig‘ma-yaxlit temir-beton konstruksiyalar yopmalarining va bino orayopmalarining konstrkutsiyalarida, gidrotexnika va transport qurilishida qo‘llanadi. Temir-betonning yana o‘ziga hos turi armotsementdir. Armotsement konstruksiyalar mayda donali to‘ldirgich betondan tayyorlangan yupqa devorli konstruksiya bo‘lib, butun qalinligi bo‘yicha ingichka po‘lat sim bilan armaturalangan bo‘ladi. Armotsement konstruksiya chuzilish va egilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatishi, darzbardoshligi, elastikligi yuqoriligi bilan farq qiladi. Temir-beton konstruksiyasidan foydalanishda bir necha tur yondoshishlar mavjud bo‘lib, ular temir-beton xususiyatini kengaytiradi va keng foydalanish sharoitini yaratadi. Masalan, armaturasi oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalar yuqori ko‘tarish va bikrlik xususiyatiga egadirlar. Bunday konstruksiyalar o‘ta javobgarli konetrukiiyalarda qo‘llaniladi, ayniqsa mas’uliyati yuqori bo‘lgan 120 rezervuarlarda estakadalarda, katta maydonli yuzani yopishda ishlatiladigan ustyopmalar va x.k da qo‘llaniladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling