Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Temir-beton konstruksiyalariga quruq va issiq iqlimning ta’siri
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
5.3. Temir-beton konstruksiyalariga quruq va issiq iqlimning ta’siri
YOz faslida harorat 40-50°S ga etadigan va havoning nisbiy namligi past (10-20%) bo‘lgan Respublikamiz sharoitlarida binolar va inshootlarni, ayniqsa, temir-beton konstruksiyalarini qurish juda noqulaydir. Hozircha quruq issiq iqlim sharoitida betonning uzoqqa chidashi bo‘yicha asoslangan talablar tadqiqot qilinyapti, asosiy e’tibor ularning mustahkamligiga qaratib kelinmokda. Yilning issiq davrlarida havoning nisbiy namligi past bo‘lgan sharoitlarda beton yotqizilishi bilanoq suvi qochib, unda tuzilishni buzadigan jarayonlar paydo bo‘ladi. Beton muzlaganida beton g‘ovaklaridagi suvning hajmi ortib, undagi tuzilishning buzilishiga olib keladi vassementning gidratatsiyalanish jarayoni qisman yoki to‘la tuxtaydi. Tuzilishni hosil qiluvchi unsur sifatidagi suvning bug‘lanishi natijasida betonda mikro va xattoki makrog‘ovakliklar hosil bo‘ladi va uning tuzilishi nuqsonli bo‘lib qoladi.ssementning gidratatsiyalanish jarayonlari to‘la o‘tmaydi va beton tegishli fizik-mexaniq xossalariga erishib ulgurmaydi. SHu munosabat bilan yig‘ma temir-beton konstruksiyalar tayyorlashda betonning suvi qochish, quyosh radiatsiyasi va xokazolarning zararli ta’siridan saqlash bo‘yicha murakkab masalalarni hal etishga to‘g‘ri keladi. Qurq issiq iqlim sharoitlarida qurilishi sifatini oshirish maqsadlarida qurilish materiallari sanoatiga o‘ta mustahkam, tez qotadigan portlandssementlar, yirik va mayda to‘ldirgichlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yuzasidan talablar quyish kerak. YUqori sifatli tabiiy yirik to‘ldirgichlar kamchilligini ham quruq iqlima g‘ovak to‘ldirgichli betonlardan foydalanish samaradorligini hisobga olib, ularni ishlab chiqarishni kengaytirish zarur. Quruq va issiq ob-havo beton ishlari texnologiyasini ancha murakkablashtirib qo‘yadi; harorat ko‘tarilganda beton qorishmasi uchun suv sarfi ortadi; beton qorishmasini tashishda yoki uni 121 yotkizishga qadar saqlab turishda siljuvchanligini tez yo‘qotadi; qotayotgan betonda darzlar juda ko‘payadi; kuyosh radiatsiyasi ta’sirida konstruksiyalarda notyokis harorat-maydoni hosil bo‘ladi; beton ishlarini bajarish sharoitlari murakkablashadi, ularning narxi ortadi va boiqa salbiy natijalar yuzaga keladi. Ma’lumki, beton qorishmasi issiq va quruq ob-havodassementning gidratatsiyalanishi va tishlashishi tezlashuvi natijasida o‘zining siljuvchanligini tez yo‘qotadi. Bunga yuqori harorat, qotish suvining bug‘lanishi sabab bo‘ladi. Buning natijasida beton qorishmasini, yotqizishdagi siljuvchanligi ta’minlanmaydi, qabul qilingan tashish va yotqizish sharoitlari, shuningdek, konstruksiyalar sirtiga ishlov berish sharoitlari buziladi. Yilning quruk, va issiq ob –havo sharoiti davrida beton qorishmasini tayyorlashdan uni yotqizish tugaguncha vaqt iloji boricha eng kam bo‘lishi va t= 25°S li harorat uchun 30-60 minutdan, t = 30°S li harorat uchun, 15-30 minutdan, t = 35°S li harorat uchun 10 -15 minutdan, oshmasligi kerak. Vaqt o‘tishi bilan qorishma konsistensiyasining tez o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omil haroratning yuqoriligi va shu tufaylissementning gidratatsiyalanishining va tishlashishining tezlashuvidir, ayni bir vaqtda beton suvining qochshiga ikkinchi darajali omil bo‘lib qoladi. Quruq va issiq ob-havo sharoitida yuzaga keladigan yuqorida zikr qilingan salbiy oqibatlar ichida yangi yotqizilgan betonga keragicha qarab turilmasligi oqibatida uning suvining ko‘p qochishi alohida o‘rinda turadi. Beton tanasidan suvning tezda bug‘lanishi beton qorishmasining tarkibiga, qotish suvining miqdoriga, suv vassement nisbatiga,ssement turiga va boshqa omillarga bog‘liq. Ma’lum sharoitlarda beton qorishmasining ancha cho‘kishi yuz berib, u salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Bug‘lanish jadalligi 0.7 kg/m 2 bo‘lganida eng ko‘p cho‘kish 3.5-3.6 mm/m ni, 0.8 kg/m 2 g da 3.9-4.0 mm/m ni, 0.85 kg/m 2 g da 4.5 mm/m ni tashkil etadi. YOmon parvarish qilingan va yomon yotqizilgan beton birinchi kecha kunduzlarda 50-70% gacha qotish suvini yo‘qotadi, bunda uning asosiy qismi betondan qotishning dastlabki 6-7 soatida chiqib ketadi. Suvning bunday ko‘p qochishida yangi tuzilmalarning zichlashuvi 122 sodir bo‘lib, buning natijasidassement donlarining gidratatsiyalanmagan qismining ichiga nam kirishi kamayadi, oqibatda qotayotgan betondagissementning gilratatsiyalanishi biroz yoki to‘la to‘xtaydi, betonning mustahkamligi yomonlasha boshlaydi va boshqa xossalari ham pasayadi. YAngi yotqizilgan betondan suvning jadal bug‘lanishi o‘tirishish (usadka)ning o‘sishiga olib keladiki, u quruq va issiq iqlim sharoitlarida tuzilishning buzilishiga olib keluvchi jarayon bo‘lib, betonning tuzilishini va fizik –mexaniq xossalarini ancha yomonlashtiradi, qotayotgan betonning barvaqt yorilib ketishiga sabab bo‘ladi. Quruk va issiq iqlimning zararli ta’siri faqat beton ishlarini bajarishni qiyinlashtirib qo‘ymasdan, balki beton va temir-beton konstruksiyalardan foydalanishga ham yomon ta’sir qiladi. Bunday noxush sharoitda, namlikni saqlab qolishga doir tadbirlar qo‘llaniladi, masalan muntazam suv sepib turiladi, namlangan material, qiqin kabi saqlovchilar qo‘llaniladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling