Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi


Yirik masshtabli plan olishda teodolit yo‘li uzunligi


Download 1.01 Mb.
bet4/17
Sana29.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1139309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
praktika

1-jadval

Yirik masshtabli plan olishda teodolit yo‘li uzunligi


Plan olish masshtabi

Teodolit yo‘li uzunligining cheki, km da

O‘zlashtirilgan joyda

O‘zlashtirilmagan joyda

1:500
1:1000
1:2000
1:5000

0. 8
1. 2
2. 0
4. 0

1. 2
1. 8
3. 0
6. 0


Osma yo‘l tarzida o‘tkaziladigan teodolit yo‘lining uzunligi 2 - jadvalda berilgan.
Boshi va oxirida teodolit yo‘li nuqtasiga tayangan teodolit yo‘liga “diagonal yo‘l” deyiladi, bunday yo‘lning aniqligi tayangan teodolit yo‘lga nisbatan bir pog‘ona past bo‘ladi.
2-jadval

Osma teodolit yo‘lininguzunligi


Plan masshtabi

Osma yo‘lning chekli uzunligi, kmda

O‘zlashtirilmagan joyda bir burilishli osma yo‘l

O‘zlashtirilgan joyda eng ko‘pi uch burilishli osma yo‘l

O‘zlashtirilgan joyda ikkita burilishli osma yo‘l

1:500
1:1000
1:2000
1:5000

100
150
200
350

-
-
300
500

150
150
-
-



Rekognossirovka: Planga olinadigan joyni ko‘zdan kechirish yo‘li bilan joyni batafsil o‘rganishga rekognotssirovka deyiladi. Rekognossirovka jaryonida teodolit yo‘lini loyihaga muvofiq o‘tkazish mumkin yoki mumkin emasligi hamda geodezik tayanch punktlari bor – yo‘qligi (saqlanganligi) aniqlanadi. Loyihada berilgan yo‘nalishda teodolit yo‘lini o‘tkazish mumkinligi va burilish nuqtalarining joylashishi aniqlash-tiriladi.
Teodolit yo‘li quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) teodolit yo‘lining ketma – ket joylashgan punktlari (nuqtalari) bir – biridan ko‘rinishi; 2) teodolit yo‘lining tomonlari masofani o‘lchash qulay bo‘lgan joylardan o‘tishi; 3) teodolit nuqtalari (punktlari) uchun qoqilgan belgilar mustahkam o‘rnashadigan va uzoq saqlanadigan joy tanlanishi; 4) teodolit nuqtalari (punktlari) bir xil tartibda nomerlanishi lozim; 5) teodolit nuqtasidan (punktidan) atrofdagi tafsilotlar yaxshi ko‘rinishi zarur.
Rekognassirovka natijalariga asoslanib, teodolit yo‘lini o‘tkazish sxemasi va ish plani tuziladi. Teodolit yo‘lining nuqtalari joy harakteriga bog‘liq holda temir qoziq, mix, diametri 2-3 sm li metall truba, yog‘och qoziq va stolba bilan mahkamlanishi mumkin. Yog‘och qoziq va stolba uchiga markaz sifatida mix qoqiladi.
Planga olishda va rejalash ishlarida teodolit yo‘li mustaqil yo‘l sifatida foydalanilsa unda, har beshinchi nuqtasi uzoq vaqt saqlanadigan markaz bilan mahkamlanadi. Nuqtalarni joyda mahkamlab ketayotganda bu nuqtalar joylashgan xududning homaki plani (kroki) ham chizib boriladi va joydagi aniq tafsilotlarni kamida uchtasiga bog‘lanadi, ya’ni punktdan tafsilotlargacha (binolar burchagi, elektr o‘tkazgich stolbalar va hakozo) bo‘lgan masofalar o‘lchanib yozib qo‘yiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling