Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi


Trigonometrik nivelirlash


Download 1.01 Mb.
bet7/17
Sana29.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1139309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
praktika

Trigonometrik nivelirlash. Nivelirlashning bu turida ikki nuqta orasidagi qiyalik burchagi va masofa o`lchanadi, hamda o`lchash natijalaridan nuqtalarning bir–biriga nisbatan balandligi trigonometrik formulalar yordamida hisoblab chiqariladi. Bu usulda teodolit–taxeometri bilan qiyalik burchagi va masofa o`lchanadi. Trigonometrik nivelirlash topografik plan olishda, balandliklardagi farq katta bo`lgan nuqtalarning, masalan: tog`, tepalik va boshqa rel`yef shakllarining hamda turli xildagi buyum va inshootlarning balandligini aniqlashda qo`llaniladi.
Fizikaviy nivelirlash. Bu nivelirlash quyidagi turlarga bo`linadi, ya`ni: barometrik nivelirlash, gidrostatik nivelirlash va radionivelirlashlardir.
a)Barometrik nivelirlash. Bu metod yerdan baland kutarilgan sari havo bosimining kamaya borishi qonuniyatiga asoslangan. Barometrik nivelirlash natijasida nuqtalarning balandligi 1–2 metr aniqlikda topiladi. Shuning uchun katta aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda, masalan: turli yekspedetsiyalarda, geologik, geografik va boshqa tekshirishlarda biror joyning rel`yefini dastlabki o`rganishda nivelirlashning bu turidan foydalaniladi. Barometrik nivelirlashda barometr va boshqa asboblardan foydalaniladi.


Nivelir va nivelirlash reykalarining turlari va ularni tuzilishi.
Hozirgi vaqtda ishlatilayotgan nivelirlar vizir o`qining gorizontal holatiga keltirilish usuliga qarab ikki guruxga bo`linadi:
– vizir o`qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan nivelirlar, vizir o`qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan quyma nivelirlari, ya’ni bunga H3 va H10 nivelirlarini misol qilib keltirish mumkin.
– vizir o`qi avtomatik ravishda gorizontal holatga keltiriladigan nivelirlar, keyingi yillarda vizir o`qi avtomatik ravishda gorizontal holatga keltiriladigan yoki kompensatorli nivelirlar ishlab chiqrilmoqda, bularga H3KL, H10KL, NiB3, NiB5, NiB6 va Ni025 nivelirlari kiradi. Bulardan tashqari nivelirlar aniqlik darajasiga ko’ra yuqori aniq, aniq va texnikaviy o`lchaydigan nivelirlariga bo`linadi:
Yuqori aniqlikdagi nivelirlar tarkibiga: H–05, H–05K (Rossiya), Dini 11t, Dini 21 (Germaniya), NA 2002, NA 2003 (Shvesariya).
Aniq nivelirlar tarkibiga: H3, 2H–3, H–3KL (Rossiya), Ni30, ni50 (Germaniya), Kernlevel–20, va 24 (Shvetsariya),
Texnik nivelirlariga: H10, 2H–10KL nivelirlari kiradi.




a–nivelirining tashqi ko`rinishi.


b–trubaning ko’rish maydoni va reykadan olingan sanoq 1465.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling