Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi


Download 1.01 Mb.
bet11/17
Sana29.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1139309
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
praktika

4 rasm.

Olib borilayotgan nivelir ishlarining joy rel`yefi talabiga ko`ra nivelirlashlari oddiy va murakkab nivelashlariga bo`linadi.


Ikki nuqtaning bir–biriga nisbatan balandligi, bu nuqtalar orasiga nivelirni bir marta o`rnatishda aniqlansa bunga oddiy nivelirlash deyiladi.
Ikki nuqtaning balandliklari orasidagi farq katta bo`lgan hollarda yoki bir– b iridan uzoq joylashgan ikki nuqtaning nisbiy balandligini aniqlashda, bu ikki nuqta oralig`i bo`laklarga bo`linib, har bir bo`lak alohida–alohida nivelirlansa, bunga murakkab nivelirlash deyiladi.
Murakkab nivelirlashda yer sathining dumboqligi va refraksiya nivelirlash natijasiga kamroq ta`sir etishi va reyka bo`laklari yaxshiroq ko`rinishi uchun nivelirdan reykagacha bo`lgan masofa odatda 50 – 75 m qilib olinadi.
A va B nuqtalar oralig`i bir necha bo`lakka bo`linib nivelirlanadi. 5 – rasmda A va B hamda 1, 2, 3 va 4 raqamlari bilan belgilangan nuqta (piket) lariga reyka o`rnatilgan I, II, III, IV va V raqamlari bilan belgilangan nuqta, ya`ni: nivelir o`rnatilgan nuqta (bekat)lar hisoblanib, nivelirning kuchirilish tartiblari strelkar bilan ko`rsatilgan.
Nuqta (piket)ga perpendikulyar o`rnatilgan reyka I bekatda – oldingi, II – chi bekatda esa ketingi reyka bo`ladi. Piket ikki qo’shni bekatni bir–biriga bog`laganligi uchun bog`lovchi nuqta deb ataladi. 5 – rasmdagi 1, 2, 3 va 4 nuqtalar bog`lovchi nuqtalar bo`lib xizmat qiladi.

5 – rasm.
Nivelirlanishi kerak bo`lgan bog`lovchi nuqtalar oralig`ida C va D nuqtalari joylashgan bo`lsa, ularga oraliq nuqta deyiladi. Oraliq nuqtalar balandlikni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatib berishda qatnashmaydi. Shuning uchun ular har bir bekatda bog`lovchi nuqtalar nivelirlanib bo`lgandan keyin nivelirlanadi. Orqadagi reykani oldinga kuchirishda reyka bir yo`la oraliq nuqtalariga ham o`rnatilib, nivelirl yordamida ulardan sanoqlar olinadi. Bog`lovchi nuqtalardan olingan sanoqlardan foydalanib, har bir nuqtaning qo`shni nuqtaga nisbatan balandligi, so`ngra absolyut balandligi hisoblab chiqariladi.
I, II, III va IV bekatlaridagi bog`lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklari quyidagicha bo’ladi:

Nivelirlangan barcha bekatlardagi nuqtalarning nisbiy balandliklarining yig`indisi oxirgi B nuqtaning boshlang`ich A nuqtaga nisbatan nisbiy balandligi quyidagiga teng bo`ladi:
Bog`lovchi nuqtalarning absolyut balandliklari quyidagiga teng bo`ladi:

Agar 1, 2, 3 va 4–chi nuqtalarining absolyut balandligini aniqlash talab etilmasa, u holda oxirgi B nuqtaning absolyut balandligi quyidagicha hisoblanadi:


Asbob gorizonti bo`ladi.
Oraliq nuqtalarining absolyut balandliklari quyidagicha bo`ladi:

Bir–biridan uzoq joylashgan nuqtalar oralig`ida bir nuqtadan ikkinchisiga absoyut balandlikni uzatish maqsadida bajarilgan murakkab nivelirlash ishi bo`ylama nivelirlash deyiladi. Bo`ylama nivelirlashda absoyut balandlikning boshlang`ich nuqtadan oxirgi nuqtaga uzatilishida bog`lovchi nuqtalar ishtirok etmasa, bunga oddiy bo`ylama nivelirlash deyiladi.
Nivelirlanayotgan chiziqning profilini tuzish uchun bu chiziqdagi barcha xarakterli nuqtalarning absolyut balandliklarini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo`ylama nivelirlashga trassani nivelirlash deyiladi. Trassani nivelirlashda barcha bog`lovchi nuqtalar hamda trassadagi oraliq nuqtalar o`rniga qoziq qoqib belgilanadi.
Ba`zi bir qidiruv va tekshiruv ishlarida nivelirlanishi kerak bo`lgan chiziq atrofidagi nuqtalarning absolyut balandliklarini aniqlashga to`g`ri keladi. Bunday paytda trassaning kerakli joylariga qoziqlar qoqilib perpendikulyar chiziqlar bilan belgilanib nivelirlanadi. Bunga kundalang nivelirlash deyiladi.
Muxandislik inshootlarining loyihasini tuzish hamda loyihani joyga kuchirish va inshootlarni qurish maqsadida bajariladigan nivelirlashlariga muxandis–texnik nivelirlash deyiladi.

Texnik nivelirlash deb injenerlik inshoatlari uchun bajariladigan qidiruv, loyixalash va qurilish ishlarida bajariladigan nivelirlashga aytiladi. Cho‘ziq shakldagi obektlar ya’ni yo‘llar, quvurli yotqizilmalar, kanallar va boshqalarni qurish maqsadida bajariladigan qidiruv ishlarida texnik nivelirlash bo‘lajak inshoatni o‘qi ya’ni trassasi bo‘yicha bajariladi. Bunday nivelirlashga bo‘ylama nivelirlash deyiladi.


Ushbu nivelirlash natijalari bo‘yicha trassani joydagi balandlik holati aniqlanadi, va o‘lchash hisoblash natijalari asosida trassa qirqimi tuziladi.
Aholi yashash punktlarini, sanoat korxonalarini, ayerodrom va boshqa inshoatlarni qurish uchun bajariladigan qidiruv ishlarida texnik nivelirlash obekt hududini yuzasi bo‘yicha bajariladi. Bunga yuza nivelirlash deyiladi.
Odatda yuza nivelirlash natijasi bo‘yicha hududni yirik masshtabli plani tuziladi. Texnik nivelirlash orqali shuningdek mahalliy balandlik to‘ri barpo qilinishi mumkin.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling