Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi


Download 1.01 Mb.
bet9/17
Sana29.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1139309
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
praktika

Olg`a nivelirlash. Joydagi ikki nuqta (A va B nuqta) larining bir – biriga nisbatan balandligini aniqlash kerak deylik. Buning uchun A nuqtaga nivelir, B nuqtaga reyka tik qilib o`rnatiladi. Nivelir ishlaydigan holatga keltirilib, ko`rish trubasi reykaga vizirlanadi va reykadan b – sanog`i olinadi (1–rasm).

1 – rasm. Olg`a nivelirlash.
Asbobning reyka yoki ruletka bilan o’lchangan balandligi, ya’ni: A nuqtadan nivelir ko`rish trubasining gorizontal holatdagi vizir o`qigacha bo`lgan oralig’i (i) ga teng bo`lsa, B nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi, bo`ladi. Demak olg`a nivelirlashda bir nuqtaning ikkinchi nuqtaga nisbatan balandligi reykadan olingan sanoq bilan asbob balandligi ayirmasiga teng ekan.
Agar reykadan olingan sanoq asbob balandligidan katta, ya`ni bo`lsa, nisbiy balandlik ishorasi manfiy, agar reykadan olingan sanoq asbob balandligidan kichik, ya`ni bo`lsa, nisbiy balandlik ishorasi musbat bo`ladi.
Birinchi nuqta (A) ning absolyut balandligi – HA, hamda bu nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqta (B) ning balandligi – h ma`lum bo`lgach, ikkinchi nuqta (B) ning absolyut balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi, yani: bo`ladi. Ikkinchi nuqta absolyut balandligining bunday hisoblab chiqarilishiga absolyut balandlikni nisbiy balandlik bo`yicha aniqlash deyiladi.
Ikkinchi nuqtaning absoyut balandligini asbob gorizonti yordamida ham aniqlash mumkin.
Asbob gorizonti deganda nivelir vizir o`qi yo`nalishining absolyut balandligi tushiniladi. Asbob gorizonti harfi bilan belgilanib, u quyidagicha aniqlanadi: .
Ikkinchi nuqta (B) ning absolyut balandligi asbob gorizonti bilan reykadan olingan sanoqlar ayirmasiga teng, ya`ni: bo`ladi.
O`rtadan nivelirlash. O`rtadan nivelirlashda nivelirlanayotgan nuqtalarga tik qilib reykalar o`rnatiladi, reykalar oralig`iga esa nivelir o`rnatiladi. Nivelir ish holatiga keltiriladi, ko`rish trubasi oldin keyingi reykaga vizirlanib, reykadan a–sanog`i olinadi, so`ngra oldingi reykaga qaratiladi va b–sanog`i olinadi (2–rasm). Shunda B nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi quyidagi formulada hisoblab chiqariladi, ya`ni: . Demak o`rtadan nivelirlashda nisbiy balandlik reykadan olingan oldingi sanoq bilan keyingi sanoq ayirmasiga teng.
O`rtadan turib nivelirlashda ikkinchi nuqtaning absolyut balandligi quyidagicha hisoblanadi, ya`ni:
.
Asbob gorizonti bo`yicha hisoblashda, bo`ladi.
Asbob gorizonti esa, bo`ladi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling