Mehnatga haq to'lash bo'yicha hisob kitoblar qonuniyligini tekshirish Reja
Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi
Download 175 Kb.
|
Mehnatga haq to\'lash bo\'yicha hisob kitoblar qonuniyligini tekshirish
6. Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi
Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi. Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagilar kiradi: xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar; kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar; ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusdagi to’lovlar, shu jumladan: texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq; smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar xodimlarining va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to’lanadigan yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar; qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun ustama; doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga ularning shaxtada ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq; mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to’lovlar; xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to’lanadigan summalar; ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to’lash; ishlamagan vaqt uchun haq to’lash: amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha ta’tillar, navbatdagi foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash; majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to’lash; donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash; davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to’lash; xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari. Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi. Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi. Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi. Xulosa Хo’jalik yurituvchi subyektlarda mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida muhim ahamiyatga egaligi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan. Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash bo’yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha muomalalar auditi jarayoniga doir yuqorida ta'kidlangan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarga kelindi: Bizning fikrimizcha ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalari auditining maqsadi – korxonada ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarining qonuniyligini aniqlash va ular bo'yicha moliyaviy hisobotdagi ko'rsatkichlarning haqiqatga mosligini o'rganishdan iboratdir. Bizning fikrimizcha ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalari auditini o'tkazishning umumiy tartibi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Ishlab chiqarish xarajatlaritarkibi bilan tanishish; Korxona ichki nazorat tizimini baholash; Tekshiruv dalillarini to'plash; Tekshiruv ob'ektlarini tanlash; Tekshiruv dasturini tayyorlash; Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarining to'g'riligi va qonuniyligini aniqlash; Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarini buxgalteriya schyotlarida to'g'ri va o'z muddatida hisobga olinganligini tekshirish; Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarini belgilangan shakl va tartiblarga muvofiq to'g'ri va o'z muddatida tuzilganligini tekshirish; Ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarini moliyaviy hisobotlarda to'g'ri va haqqoniy umumlashtirilganligini tekshirish; Bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy dalolatnomalarni tayyorlash; Tekshiruv jarayonida aniqlangan qonunbuzilishlar, xato va kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash va ularni kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; - Tekshiruv natijalarini foydalanuvchilarga taqdim etish va h.k. Kurs ishida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o'tkazishning amaliy ahamiyati yoritildi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari auditini rejalashtirish tartib bayon etildi va unga tahliliy rusum-qoidalarni o'tkazish, auditorlik xatari kabi iqtisodiy omillar ta'siri atroflicha o'rganildi. Nazarimizda, mulk egalari ishlab chiqarish jarayonini audit va nazorat qilishdan maqsad quyidagilardan iborat bo'lishi lozim deb uylaymiz: - ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini to'g'ri aniqlash, xarajat va kalьkulyatsiya ob'ektiga asoslangan holda o'tkazish; - bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatdoshlar tayziqidan saqlanish va tovarlar segmentini to'g'ri aniqlash; - ishlab chiqarish xarajatlarini aniq chegaralab olish; - tannarxni to'g'ri shakllantirish va uni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash. Ishlab chiqarish xarajatlari auditi rejasi va dasturini ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti korxona to'g'risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, o'tkazilgan tahliliy rusum-qoidalarning natijalariga asoslanishi kerak. Tahliliy rusum-qoidalarni amalga oshirishda auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli bo'lgan sohalarni aniqlashi kerak. Tahliliy rusum-qoidalarning murakkabligi, hajmi va o'tkazish muddatlarini auditorlik tashkiloti korxona moliyaviy hisoboti ma'lumotlarining hajmi va murakkabligiga qarab o'zgartirishi kerak bo'ladi. Bizning fikrimizcha ishlab chiqarish xarajatlari auditi jarayonida odatda quyidagi xatoliklar ko'proq uchraydi: - dastlabki kirim hujjatlarining yo'qligi yoki ular belgilangan tartiblarga rioya qilmagan holda rasmiylashtirilganligi; - xarajatlarning ayrim turlari mahsulot tannarxiga noto'g'ri o'tkazilganligi; - tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlari noto'g'ri baholanganligi; - xarajatlar hisob davrlari bo'yicha noto'g'ri ajratilganligi; - xarajatlarni hisobga olish va taqsimlash bo'yicha usul va uslublar hisob siyosatida aks etilgan uslublarga nomuvofiqligi; - ayrim turlardagi xarajatlar asossiz holda tannarxga kiritilganligi. - ishlab chiqarish xarajatlari tarkibining noto'g'ri aniqlanganligi va hisobga olinishi; Fikrimizcha, ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini umumlashtirish ishlari asosan quyidagilarni o'z ichiga oladi: - ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash; - aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash; - auditorlik dalillarning yetarliligini baholash; - faoliyat ko'rsatayotgan korxona printsipi bilan bog'liq omillarni baholash; - buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish; - hisobot tuzilganidan so'ng sodir bo'lgan hodisalarni baholash; - tekshiruv natijalari bo'yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish; Shunday qilib, biz mazkur kurs ishida korxonalarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil qilishning nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha tadqiq etdik. Download 175 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling