Mehnatga haq to’lash


Boshqa barcha hollarda o’rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi o’rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi


Download 41.53 Kb.
bet8/10
Sana21.01.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1105717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IX MAVZU (2)

Boshqa barcha hollarda o’rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi o’rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.

  • Xodim mehnat ta’tilida bo’lganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish. Ikki oygacha bo’lgan muddatda ish qidirish (mehnat bo’yicha mahalliy organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida ta’rif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to’lashning yangi shartlaridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning ishlagan kunlariga to’g’ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to’lovlar qayta hisoblanadi.



    5-§. Kompensasiya to’lovlari, ularning turlari va ahamiyati
    Xodimning o’z hizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq ravishda qilgan xarajatlari ish beruvchi tomonidan to’liq qoplab borilishi nazarda tutilgan. Bunday to’lovlardan ko’zlangan maqsad xodimning ish beruvchi manfaatlari yo’lida o’z yonidan qilgan moddiy va pul xarajatlarini unga qaytarib qoplab berish, shu yo’l bilan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarilganligi tufayli uning mulkiy jabr ko’rishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat.
    Mehnat qonunchiligi xodimning xizmat burchlarini bajarishi bilan bog’liq ravishda qilgan va ish beruvchi tomonidan qoplanishi lozim bo’lgan xarajatlar doirasini:

    1. Xizmat safariga borish bilan bog’liq xarajatlar;

    2. Boshqa joyga ko’chish bilan bog’liq xarajatlar;

    3. Xodimga tegishili bo’lgan mol-mulkdan foydalanish bilan bog’liq xarajatlar, xodim amalda qilgan boshqa xarajatlar ish beruvchi bilan kelishib belgilanadi.

    Xizmat safariga yuborilgan xodimga:
    a) yo’l xarajatlari;
    b) turarjoy ijarasi xarajatlari;
    v) yashash xarajatlari;
    g) ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar qoplab beriladi.
    Mehnat Kodeksining 172-moddasida aytilishicha, boshqa joydagi ishga ko’chib borganda quyidagi xarajatlar kompensasiya qilinishi belgilangan:

    1. ko’chish va mol-mulkni ko’chirib borish bilan bog’liq xarajatlar;

    2. yangi joyda o’rnashib olish bilan bog’liq xarajatlar;

    3. xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar.

    Ko’chish bilan bog’liq ravishda xodimga va uning bilan birga ko’chib ketayotgan oila a’zosiga beriladigan kompensasiya to’lovlarining turlari, eng kam miqdorlari va bunday xarajatlarni kompensasiya qilish shartlari maxsus me’yoriy hujjatlar bilan belgilab qo’yiladi, Ammo, har bir korxona, tashkilot bunday xarajatlarni belgilanganidan ko’proq miqdorda qoplash to’g’risida xodimlar vakillik organi bilan kelishgan holda qaror qabul qilish, ushbu masalalarni korxonaning lokal me’yoriy hujjatlarida (jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi, maxsus nizom va boshqalar) belgilab qo’yishi mumkin.
    Ish beruvchi tomonidan kompensasiya qilinishi lozim bo’lgan, xodim tomonidan qilinadigan xarajatlarning bir turi xodimga tegishli bo’lgan mol-mulk, asbob-anjom va boshqa buyumlardan korxona manfaatlari yo’lida foydalanilganlik xarajatlarini qoplab berilishi lozimligidir. Xodimga tegishli transport vositasidan, binodan, maxsus asboblardan foydalanish xarajatlarini, xodimga berilmagan maxsus kiyim, maxsus poyafzal qiymatini (basharti, xodimning o’zi sotib olgan bo’lsa) to’lanishi va boshqalar ham ana shunday kompensasiya to’lovlari qatoriga kiradi.

    Download 41.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling