Mehnatga haq to’lash


Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga


Download 41.53 Kb.
bet7/10
Sana21.01.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1105717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IX MAVZU (2)

Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, rasionalizatorlik takliflarini joriy etish ishlarida qatnashish, xizmat safarida bo’lish, tibbiy ko’rikdan o’tish va boshqa hollarda) maqsadida xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek, ana shu davr uchun to’lanadigan kafolatli to’lovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo’yiladi, lekin bu to’lov miqdori o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi kerak.
Majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishi shart bo’lgan xodimlarga ularning ishga yaroqliligini aniqlash maqsadida stasionar tibbiy muassasalarda tekshiruvdan o’tadigan davri uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar beriladi. Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganida beriladigan kafolatlar Mehnat Kodeksining 167-moddasida ko’zda tutilgan:
Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va boshqa hollarda) ana shu davr uchun uning o’rtacha ish haqi saqlanadi.
Tibbiy tekshiruvdan o’tadigan kuni va quyish uchun qon topshiradigan kuni xodimlarga sog’liqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beruvchi moneliksiz ruxsat berishi shart. Donorlik qiluvchi xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kunning, albatta, ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi. Xodimning xohishiga ko’ra bu kun ta’tilga qo’shib beriladi. Tekshiruvdan o’tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek, dam olish kunlari xodimning o’rtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimlarga kafolatli to’lovlarni berish paytida o’rtacha ish haqini hisoblab chiqish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo’lib, unga ko’ra:

  1. Ta’tillar vaqtiga haq to’lash, ishdan bo’shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to’lash uchun o’rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikasiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o’n ikkidan birga (olti oy to’liq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy to’liq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), o’rta maxsus va hunar-texnika o’quv yurtlari o’qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikasiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o’ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo’shimcha ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ish haqiga qo’shimcha haqlar va ijtimoiy sug’urta bo’yicha badallar hisoblanadigan boshqa to’lovlar kiradi.

  2. Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o’rta maxsus va hunar-texnika o’quv yurtlari o’quvchilariga qo’shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo’lgan stavkalar bo’yicha to’lanadi.

  3. Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’ligining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

  4. Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tug’ish varaqalari bo’yicha to’lovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


  5. Download 41.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling