Mehnatga ishbay va vaqtbay


Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka


Download 478 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi478 Kb.
#1027218
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sanoatda kadrlar va mehnatga haq to`lashni tashkil etish va takomillashtirish

Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka

Mehnatga haq to’lash tizimlari

  • Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg’or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga bo’linadi: to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay tizim.

Vaqtbay shakli

  • Mehnatga vaqtbay shaklida haq to’langanda ish haqi hisoblash bo’yicha asos qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi.
  • Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi.

Mehnatga haq to’lash umumiy bo’lishi mumkin.

  • Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga haq to’lashlar yakka va umumiy bo’lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo’shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog’liqlik zarurati bo’lsa, mehnatga haq to’lash umumiy bo’lishi mumkin.

Nizomga binoan

  • Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy oyligiga amaldagi Nizomga binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi.
  • Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo’shimcha haqlar inobatga olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom» ga binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi.

Download 478 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling