Boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan ayrim schyotda xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar bo’lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning summasi bir xil bo’lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi. - Boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan ayrim schyotda xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar bo’lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning summasi bir xil bo’lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi.
- Kontrolling (nazorat) – xo’jalik yurituvchi subyekt yakuniy maqsadlarining amalga oshishini ta’minlovchi boshqaruv tizimidir. Bu juda keng tushuncha hisoblanadi. Adabiyotlarda kontrolling (nazorat)ning ma’nosi bo’yicha turli xil ta’riflar uchraydi. Quyida kontrolling tushunchasi va uning mohiyatini aniqlashda V.B.Ivashkevich tomonidan tuzilgan modeldan foydalanilgan.
- Kontrolling nafaqat xo’jalik yurituvchi subyektning, balki biznesning ham faoliyat regulyatori bo’lib xizmat qiladi va shu asosda o’ziga xos vazifalarni bajaradi:
- Nazorat, xo’jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatining tejamkorligi nazoratini ta’minlaydi.
- Kontrollingning ana shu funksiyalari uning boshqaruv hisobi va taftishdan farqli jihatlarini ajratib ko’rsatadi.
- Boshqaruv hisobining barcha tarkibiy qismlari o’zaro bog’langan, unda shakllangan ma’lumotlar ro’yxati xo’jalik yurituvchi subyekt hamda jami boshqaruv tizimidagi boshqaruv hisobini tashkillashtirish va takomillashtirish darajasini ifodalaydi.
- Axborot. Qarorlar qabul qilish usullari va ularning muvofiqlashtirishni ta’minlovchi ma’lumot bazasi shakllantiriladi;
- Boshqaruv. Me’yoriy, rejadagi va amaldagi ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo’linmalari bo’yicha aniqlangan og’ishlar xo’jalik yurituvchi subyektning yakuniy maqsadiga erishish uslublarini, yo’llarini va vazifalarini muvofiqlashtirish maqsadlarida foydalaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |