- Reja:
-
- 1. Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari
- 2. Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini
- avtomatlashtirishning xususiyatlari
- 3. Chiziqli dasturlash modelining asosi
- 4. Chiziqli dasturlash modeli muammolarini yechish bosqichlari
- . Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari
- Xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlari va uning amaldagi hajmlari boshqaruv hisobi tizimini qo’llashni obyektiv zaruriyatga aylantiradi.
- Boshqaruv hisobi tizimi axborot hajmi, unga qo’yilgan maqsadlar, mezonlar va maqsadga erishish vositalari, elementlar tarkibi va ularning o’zaro aloqadorligi bilan ifodalanadi.
- Boshqaruv hisobi tizimining tasniflanishi quyidagi 2-chizmada keltirildi.
- Axborotlarni qamrash kengligi
- Tizimli hisob muammoli hisob
- Moliyaviy va boshqaruv hisobining
- monistik
- Operativ (tezkor)lik
- o’zaro bog’liqligi darajasi avtonom
- amaldagi (oldingi) standart (me’yorlash-
- xarajatlar tirilgan) xarajatlar
- Tannarxga kiritishning to’liqligi
- to’liq xarajatlar qisman xarajatlar
- Boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqishda uning asosiy belgisi bo’lib, faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar hisobi bilan har bir sohaning samaradorligini aniqlash o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik xizmat qilishi lozim. Boshqaruv hisobini tashkil qilishdagi bunday yondashuv uning tarkibiy qismlarini belgilab beradi:
- ta’minot-tayyorlash faoliyati;
- ishlab chiqarish faoliyati;
- ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va mahsulot tannarxi hisobi;
- moliya-sotish faoliyati hisobi;
- tashkiliy faoliyatning boshqaruv hisobi;
- nazorat (kontrolling).
- Ta’minot-tayyorlash faoliyati boshqaruv hisobi tizimida dastlabki o’rinni egallashi lozim, chunki u ishlab chiqarishning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Unda quyidagi faoliyat yo’nalishlari o’z aksini topishi lozim: ulgurji xaridning kengayishi, ayrim turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining ko’payishi, sotib olish usullarining tanlanishi (o’zi ishlab chiqarsinmi yoki ta’minotchidan sotib olsinmi), xo’jalik yurituvchi subyektning aylanma mablag’lariga investitsiya qilish va uning ta’minottayyorlash bo’linmalariga kapital quyilmalar samaradorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |