Mehnatga ishbay va vaqtbay


Download 170.5 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1379353
  1   2   3
Bog'liq
Yo\'ldoshev Abror

  • MUSTAQIL ISH

Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari

  • Хo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish lozim. O’zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti.

Boshqaruv hisobi schyotlarini ajratib olgan holda yuritish natijasida:

  • a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib kelmoqda;
  • b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to’g’risidagi tijorat sirini saqlashga yordam bermoqda;
  • v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir saqlashga yordam bermoqda.
  • Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan o’zaro aloqasi, ya’ni mustaqil (avtonom), integratsiyalashgan buxgalteriya hisobi usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o’rganilmoqda va amaliyotda qo’llashga taklif qilinmoqda.

Buxgalteriya hisobining elementlari

  • Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo’yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo’yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. Chunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o’zlarining aksini ko’radilar. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo’lgan joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo’yicha sarflangan umumiy xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. Shuning uchun ham moliyaviy hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin.

Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling