Mehnatini muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish tartibi
Download 199.93 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruzaMehnatini muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish tartibi
. Mehnatini muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish tartibi Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning huquqiy huquqiy-meyoriy asoslari “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi Qonun. 2016 y. “Mehnat muhofazasi bо„yicha ishlarni tashkil etish tо„g„risida”gi Namunaviy nizom. 1996 yil 14 avgustda 273-son bilan davlat rо„yxatidan о„tkazilgan. “Mehnat muhofazasi bо„yicha о„qishni tashkil etish va bilimini tekshirish tо„g„risida”gi Namunaviy nizom. 1996 yil 14 avgustda 272 Namunaviy nizom. 1996 yil 14 avgustda 272- son bilan davlat rо„yxatidan о„tkazilgan. “Mehnat muhofazasi bо„yicha vakil haqida”gi Nizom. 1995 yil 18 dekabrda 196 raqam bilan rо„yxatdan о„tkazilgan. О„zbekiston Respublikasi . “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi qonuniga asosan mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli bu tegishli qonun va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta‟minlashga qaratilgan ijtimoiy ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya texnikaviy, sanitariya-gigiyena va gigiyena va davolash davolash-profilaktika tadbirlari profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi qonunning 13-moddasida moddasida korxonalarda mehnatning sog„lom va xavfsiz sharoitlarini ta‟minlash sharti keltirilgan. Korxonadagi har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va meyorlari talablariga muvofiq bо„lishi lozim. Korxonada mehnatning sog„lom va xavfsiz sharoitlarini ta‟minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat о„rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari tо„g„risida mehnat jamoalarini о„z vaqtida xabardor qilish ma‟muriyat zimmasiga yuklanadi. Korxonalarda mehnat muhofazasi xizmatini tashkil etish “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi qonunning 14-moddasi moddasi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishga bag„ishlangan. Qonunning shu moddasiga binoan Vazirliklar, idoralar, boshqa xо„jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qо„mitasi bilan kelishib о„zlari tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar. Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bо„lgan korxonalarda esa bundan tashqari yо„l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi korxona mehnatni muhofaza qilish va yо„l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qо„mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va о„z maqomiga kо„ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bо„ysunadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari: - korxonaning barcha xodimlari mehnatni korxonaning barcha xodimlari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meyorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, -tarmoq bо„linmalari rahbarlariga aniqlangan tarmoq bо„linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bо„lgan kо„rsatmalar berish, - mehnatni muhofaza qilish tо„g„risidagi mehnatni muhofaza qilish tо„g„risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish, - va boshqa huquqlarga egadirlar. va boshqa huquqlarga egadirlar. Mehnatni muhofaza qilish va yо„l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bо„lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish va yо„l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati tо„xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlarini (mehnat muhofazasi injenerini) ishga tayinlash va vazifasidan ozod qilish korxona rahbarining buyrug„i asosida bо„ladi. Bu xizmat lavozimlariga xodimlar korxonaning qarori va yuqori organlarning roziligi bilan oliy yoki о„rta maxsus ma‟lumotga ega bо„lgan shaxslar orasidan tayinlanadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: mehnatni muhofaza qilish bо„yicha qoida va meyorlarning barcha ishchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish; mehnatni muhofaza qilish xizmatlari mutaxassislari strukturaviy bо„limlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bо„yicha bajarilishi shart bо„lgan kо„rsatmalar berish; mehnat muhofazasi qonunlarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxona rahbariga bildirishnoma taqdim etish; korxona va tashkilotlarda sog„lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish bо„yicha ishning shakli va metodlarini takomillashtirish, mehnat, mehnatni muhofaza qilish bо„yicha qonunlarga amal qilish ustidan metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish; ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasallanishlari holatlarini va sabablarini tahlil qiladi; ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish chora tadbirlarini, boshqa bо„limlar bilan birgalikda ishlab chiqadi, shuningdek kо„rsatilgan chora kо„rsatilgan chora – tadbirlarni joriy etishni tadbirlarni joriy etishni tashkil etadi; turdosh muassasalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan mehnat xavfsizligi standartlari loyihalarini mehnatni muhofaza qilish bо„yicha qoidalar va meyorlarni kо„rib chiqadi va kelishiladi, ular bо„yicha xulosalar beradi va ularni joriy etish bо„yicha ishlarni tashkil etadi; mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tugallangan ilmiy – tadqiqotlarga ishlab chiqarish nuqtai tadqiqotlarga ishlab chiqarish nuqtai nazaridan xulosalar beradi va ularni joriy etish bо„yicha chora etish bо„yicha chora – tadbirlar tashkil etadi; tadbirlar tashkil etadi; faoliyat kо„rsatayotgan ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish loyihalarida kо„zda tutilgan mehnat xavfsizligini ta‟minlash bо„yicha qarorlarni kо„rib chiqishda loyihalar ekspertizasi xizmati bilan birgalikda qatnashadi; rahbar va injener – texnik xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bо„yicha о„qitish va bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etadi; mehnatni muhofaza qilish bо„yicha ma‟lumot va о„quv materiallarini, takliflar, xulosalar va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi; korxonani mehnatni muhofaza qilish bо„yicha meyoriy va huquqiy hujjatlar bilan ta‟minlaydi va hujjatlar talablarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; ishchilardan mehnatni muhofaza qilish xizmatiga tushgan xatlarni va arizalarni о„rnatilgan tartibga asosan kо„rib chiqadi va о„z vakolati doirasida ularning yechimini amalga oshiradi; mehnatni muhofaza qilish bо„yicha belgilangan statistik hisobotlarni va tasdiqlangan nomenklaturaga mos ravishda boshqa ishlarni yuritadi. Mehnatni muhofaza kilish tadbirlarini rejalashtirish. Mehnatni muhofaza kilish tadbirlarini rejalashtirish bо„yicha О„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasi, “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi Qonunining 8 va 11-moddalari asosida ishlab chiqilgan bо„lib, korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, xodimlarni sanitariya maishiy sharoitlar bilan ta‟minlashni rejali ravishda amalga oshiriluvchi tashkiliy- texnikaviy va sanitariya-sog„lomlashtiruv tadbirlarini belgilaydi. Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlar tegishli loyiha ishlanmalari va texnologik hujjatlar bilan ta‟minlanadi. Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlar, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarining tahlili, ishlab chiqarish jihozlarining texnik holati ekspertizasi natijalari asosida Mehnat vazirligining inspeksiyasi va boshqa nazorat organlari, ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlarida bо„lgan xodimlar, kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlarining takliflarini, shuningdek ishlab chiqarish obyektlaridagi ish joylarini mehnatni muhofaza qilish talablariga mos kelishini hisobga olgan holda jamoa shartnomasining mehnat muhofazasi bо„yicha bitimi kо„rinishida rasmiylashtiriladi. Bitim - bajarish muddatlari va mas‟ul shaxslarni kо„rsatgan holda mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishning huquqiy shaklidir. Bitim taraflar (ish beruvchilar va kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) tomonidan imzolangan kundan yoxud, bitimda belgilangan kundan boshlab kuchga kiradi. Bitimga о„zgartirish va qо„shimchalar kiritish taraflarning о„zaro kelishuvi orqali amalga oshiriladi. Bitimning bajarilishini nazorat qilish bevosita taraflar yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratni amalga oshirishda taraflar buning uchun mavjud bо„lgan barcha zarur axborotlarni taqdim etishlari shart. Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlarga sarflangan xarajatlar haqidagi hisobot О„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо„mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda tо„diriladi. Xodimlarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, zararli mehnat sharoitlarida band bо„lganlarga davolashprofilaktika oziq-ovqat mahsulotlari va sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat maxsulotlari) bilan ta‟minlash, bino (ishlab chiqarish, ma‟muriy, maishiy, ommaviy, ombor)larni, inshootlarni, xonalarni, qurilish va sanoat maydonchalari hamda ishlab chiqarish vositalarini ta‟mirlash bilan bog„liq chora-tadbirlar О„zbekiston Respublikasida amalda bо„lgan qonun va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi va jamoa shartnomasining mehnatni muhofaza qilish bо„yicha bitimiga kiritilmaydi. О„zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va О„zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosatining 1995 yil 14 dekabrdagi 8/3-60 sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnat muhofazasi bо„yicha vakil tо„g„risida Nizomi tasdiqlangan Mulkchilik shakli, xо„jalik, faoliyati sohasi, idoravny daxldorligidan qatiy nazar, yollanma qо„llaniladigan har bir korxonada О„zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi Qonunining 23-bandiga asosan mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish uchun mehnat muhofazasi bо„yicha vakil (bundan buyon matnda mehnat muhofazasi bо„yicha vakil о„rnida “Vakil” sо„zi ishlatiladi) saylanadi. Vakil korxona, uning bо„limlari mehnat jamoasi va kasaba uyushma tashkilotining umumiy yig„ilishida ochiq ovoz berish yо„li bilan shu korxona hodimlaridan saylanadi. Vakil kasabaqо„m vakolati muddatiga yoki umumiy yig„ilish belgilagan muddatga (kasaba uyushma tashkiloti tuzilmagan korxonada) ammo bir yildan kam bо„lmagan muddatga saylanadi. Vakil saylovini о„tkazish mas‟uliyati ish beruvchi va korxona kasabaqо„miga yuklatiladi. Vakillar soni ishlab chiqarishdagi sharoitlarga, bо„linma va uchastkalarda jamoatchilik nazoratini olib borish ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Bu majburiyat albatta jamoa shartnomasida belgilanishi kerak. Lavozim bо„yicha mehnat muhofazasi holatiga mas‟ul bо„lgan mansabdor shaxslar hamda mehnat muhofazasi xizmatining mutaxassislari vakil bо„lib saylanishi mumkin. Vakillar saylangandan sо„ng bir oy muddat ichida ish beruvchi kasabaqо„m ishtirokida vakillar о„qishini tashkil qiladi. О„qitish ish beruvi tomonidan tasdiqlangan va kasabaqо„m bilan kelishgan dastur asosida о„tkaziladi, о„qitish harajatlarini ish beruvchi qoplaydi. Ish beruvchi vakillarga kerakli sharoitlarni yaratib berishga mas‟uldir, ya‟ni qoidalar, yо„riqnomalar va boshqa meyoriy hujjatlar bilan ta‟minlashi kerak. Vakillar tomonidan mehnat sharoiti va muhofazasi holatini yaxshilash yuzasidan berilgan takliflarning amalga oshirilishini ta‟minlaydi. Vakilning asosiy vazifalari va huquqlari: Vakil xodimlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bо„yicha jamoatchilik nazoratini olib boradi, xodimlarga maslahatlar beradi, xavfsizlik talablariga rioya qilinishi bо„yicha xodimlarni ogohlantirib boradi. Vakil korxonada mehnatni muhofaza qilish masalasi bо„yicha mehnat jamoasining vakolatli xodimi bо„lib hisoblanadi, zarurat tug„ilganda kasabaqо„m yoki mehnat jamoasi topshirig„iga binoan u davlat, sud va jamoat tashkilotlari ishida korxonaning vakili sifatida qatnashadi. Vakil о„z ishini korxona bо„limlarining rahbarlari, mutaxassislari, kasabaqо„mi bilan uzviy hamkorlikda bajaradi. Vakil quyidagi xuquqlarga ega: - bо„linmalar rahbarlariga va ish beruvchiga mehnatni muhofaza qilishga oid qonun va boshqa hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qilish; - о„zi mustaqil yoki nazorat idoralari xodimlari bilan birgalikda mehnat sharoitlari holatini tekshirish, bо„limlar rahbarlariga va ish beruvchiga mehnat muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi holatlarini bartaraf qilish bо„yicha takliflar berish; - xodimlarning maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy hamda zamonaviy himoya vositalari, sut yoki unga, tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan о„z vaqtida ta‟manlanishini tekshirish; - ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish; - korxona boshlig„i va boshqa mansabdor shaxslardan ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar tо„g„risida axborot olish; - xodimlar hayoti va sog„ligiga xavf borligi aniqlangan hollarda bо„linmalar rahbarlariga va ish beruvchiga ishni tо„xtatish tо„g„risida talab qо„yish; - kasabaqо„m topshirig„iga binoan ishlab chiqarish obyektlari va vositalarini ishlatishga qabul qilish komissiyasi ishida, ya‟ni texnika vajihozlarni sinovdan о„gkazishda qatnashish; - xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog„liq holda jarohatlanganda tomonlarning aralash javobgarligini hal qilish uchun, jabrlanuvchi manfaatini himoya qilgan holda, korxona ma‟muriyatining aybi darajasi tо„g„risida kasabaqо„mga taklif kiritish; - mehnat muhofazasi qoida va meyorlarini buzgan yoki о„zining hattiharakati, loqaydligi bilan о„ziga va boshqalarga xavf tug„dirgan xodimlarni javobgarlikka tortish bо„yicha ish beruvchiga va bо„linma rahbariga murojaat qilish. Vakil huquqlarining kafolatlari: Vakilning о„qishi va о„z vazifalarini ish vaqtida bajarishi uchun haftada ikki soatdan kam bо„lmagan vaqt ajratiladi va о„rtacha maoshi saqlanadi Bu shart jamoa shartnomasida belgilanishi kerak. Vakilga, korxona jamoa shartnomasiga kiritgan holda о„z vazifasidan ozod qilinmagai kasabaqо„m a‟zolariga beriladigan qо„shimcha kafolat va imtiyozlar belgilanishi mumkin. Vakilning huquqlarini buzgan yoki uning qonuniy faoliyatiga tо„sqinlik qilgan ish beruvchilar, ma‟muriyatning mansabdor shaxslari qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 4. Vakilning ish joylariga moneliksiz kirishi ta‟min etiladi. Ish beruvchi vakil о„qishini va bilim sinovini о„tkazgandan sо„ng, unga tegishli guvohnoma beradi. Vakil mehnat sharoitlarini yaxshilash va xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi sidqidil mehnati uchun ma‟naviy va moddiy (korxona mehnat muhofazasiga ajratilgan mablag„ hisobidan) rag„batlantiriladi. Bu masala korxona jamoa shartnomasiga kiritilishi kerak. Vakil о„z ish faoliyati bо„yicha kasaba qо„mitasi va mehnat jamoasiga hisob beradi. Mehnat jamoasi va kasaba uyushma tashkilotining umumiy yig„ilishi vakilning ish faoliyatini qoniqarsiz deb topganda, unga berilgan vakolati muddatidan ilgari olish va yangi saylov о„tkazish mumkin О„zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 1996 yil 23 sentabrdagi 10-10 sonli qarori bilan tasdiqlangan Kasaba uyushma qо„mitasining mehnatni muhofaza qilish bо„yicha komissiyasi tо„g„risida Nizom tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha komissiya mulkchilik va ish yuritish shaklidan qatiy nazar mehnat qonunchiligi (mehnatni muhofaza qilish, ish va dam olish vaqti, ayollar va о„smirlar mehnati tо„g„risida) va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishga kasaba uyushma a‟zolarini jalb qilish maqsadida korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushma qо„mitasi tomonidan tuziladi. Komissiyaning asosiy vazifalari: - mehnat qonunchiligini buzilishi, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasallanishlarning oddini olish; - mehnatni muhofaza qilish talablari buzilishini bartaraf etish buyicha tegishli tadbiriy choralar belgilash; - о„z vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan korxona kasaba uyushma qо„mitasiga yoki sex kasaba uyushma qо„mitasiga takliflar tayyorlash; Komissiya tarkibi (rais va azolari) kasabaqо„m, sexqо„m tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya kasabaqum vakolati davriga tasdiqlanadi va uning rahbarligida ishlaydi. Komissiya „zolarining soni ishlovchilar soni, mavjud sharoit, ish hajmi va boshqa hususiyatlarga qarab belgilanadi. Komissiyani kasabaqо„m a‟zolaridan biri boshqaradi va u shaxs bir vaqtning о„zida korxonaning mehnat muhofazasi bо„yicha vakili ham hisoblanadi. Komissiya tarkibi tasdiqlangan kasabaqо„m qarorining nusxasi korxona ma‟muriyatiga beriladi, bu qaror joylarda mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasn yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishga asos bо„ladi. Komissiya faoliyatiga О„zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”, “Kasaba uyushmalari haqida”gi va О„zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi tо„g„risida”gi Qonunlari huquqiy asos hisoblanadi. Komissiya о„z faoliyatini tarmoq kasaba uyushma ustavi, ta‟rif va mahalliy bitimlar, jamoa shartnomalari, kasaba uyushma tashkilotlari qarorlari va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi. Komissiya va uning a‟zolari о„z vazifalarini bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi: - mehnat muhofazasi talablari bо„yicha ish joylari, yо„laklar, binolar, hududlar, shuningdek foydalanilayotgan qurilmalar, yuk kо„tarish va transport vositalari, texnologik jarayonlar, bosim ostida ishlovchi idishlar holatini muntazam tekshiradi; - zaharli, zararli hamda yong„in portlash xavfi bо„lgan modda va ashyolarni tо„g„ri va xavfsiz saqlanishi, tashilishi va qо„llannshini, shuningdek, nurlanish manbalaridan xavfsiz foydalanishni nazorat qiladi; - ish joylari, uchastkalar, sexlarda ishlab chiqarish sanitariyasi holatini tekshiradi hamda sog„lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bо„yicha tadbirlarni amalga oshirishga erishadi; - mehnat muhofazasi yuzasidan ommaviy tadbirlar (kо„rik-tanlov va boshqalar)ni tayyorlash va о„tkazishda faol qatnashadi; - jamoa shartnomalarinint tegishli bо„limlari va mehnat muhofazasi bо„yicha bitimlarni tayyorlash hamda ular bajarilishini tekshirishda ishtirok etadi, shuningdek, sog„lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishga mо„ljallangan mablag„lar sarfini tekshiradi; - sanitariya-maishiy xonalardan maqsadli foydalanish, kiyim yechish, dush, yuvinish, ayollar shaxsiy gigiyeia xonalarining meyor talablari miqdorida bо„lishini va ularni issiq suv bilan muntazam ta‟min etilishini nazorat qiladi; - ishchilarni о„z vaqtida mahsus kiyim, poyafzal, himoya kо„zoynaklari, respiratorlar va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta‟minlanishini hamda maxsus kiyimlarni yuvish va poyafzallarni ta‟mirlash, maxsus sut va sovunlarning о„z vaqtida berilishi, ishlab chiqarishda ichimlik suv ta‟minotini tashkil etilishini kuzatib boradi; - ishlab chiqarish va xizmat kо„rsatishga mо„ljallangan obyektlarni qurish va qayta jihozlashni mehnat muhofazasi qoidalari talabi bо„yicha olib borilishini tekshiradi; - ishlovchilarni xavfsizlik bо„yicha о„qitish va ularga yо„l yо„riqlar berish sifatini nazorat qiladi, xavfli ishlarni bajaruvchilarga tegishli guvohnoma va yozma ruxsatnoma (naryad dopusk)lar berilishini tekshiradi; - ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qiladi, bu sabablarni bartaraf qilish choralarini bajarilishini hamda davlat va kasaba uyushmalari nnspektorlarining mehnat muhofazasi bо„yicha yozma kо„rsatmalarining bajarilishini nazorat qiladi; - ishlab chiqarishga yangi texnika va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda og„ir qо„l mehnatini avtomatlashtirishda ma‟muriyatga kо„maklashadi; - ish va dam olish vaqti tartibi, ayollar va о„smirlar mehnatini muhofaza qilish bо„yicha qonunlarga amal qilinishi, ishlab chiqarish jarohati bо„yicha zarar tо„lashlarining turi va о„z vaqtida berilishini nazorat qiladi; - mehnat muhofazasi bо„yicha mahalliy (logal) meyoriy hujjatlar loyihalarini va dolzarb masalalarni, shuningdek, jamoa a‟zolarining ariza va shikoyatlarini kо„rib chiqadi hamda zarur hollarda kasabaqо„mga takliflar kiritadi; - mehnat muhofazasi bо„yicha targ„ibot-tashviqot vositalari mavjudligi va ularning holatini mehnat muhofazasi xonasi va burchaklarining kо„rgazmali vositalar bilan jihozlanishini tekshiradi; - mehnat muhofazasi bо„yicha vakillar ishini tashkil etishga amaliy yordam beradi. Yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda komissiya va uning a‟zolarini huquqlari: - kasaba uyushma a‟zolariga ish joylarida yaratilgan mehnat muhofazasi va sharoitlarini tо„sqinliksiz tekshirish; - mansabdor shaxslardan nazoratga taalluqli ma‟lumotlarni olish; - kasabaqо„m topshirigiga binoan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, yangi quriladigan obyektlar loyihasini jamoatchilik asosida ekspertiza qilish, yangi qurilgan varekonstruksiya qilingan obyektlarni ishlatishga qabul qilish komissiyalarini ishida qatnashish; - mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi qoidalari buzilishini bartaraf qilish bо„yicha korxonaniig tegishli mansabdor shaxslariga taqdimnomalar berish, zarurat tug„ilganda esa, bunday taqdimnomalarni tegishli nazorat idoralariga yuborish uchun kasaba qо„mitasiga kiritish; - mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi qoidalari buzilishiga yо„l qо„ygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida ma‟muriyatga havola qilish uchun kasabaqо„mga takliflar kiritish; Ma‟muriyat jamoa shartnomasiga asosan komissiya va uning a‟zolariga jamoatchilik nazoratini olib borishi uchun qо„shimcha sharoitlar (uzoq uchast– kalarga borish uchun transport berish, ish vaqtida vazifasini bajargan davri (qonunda belgilangandan tashqari) uchun о„rtacha ish xaqi saqlanishi, mehnat muhofazasi bо„yicha malakasini oshirish va shu kabi tadbirlarda yordam kо„rsatish) yaratib berishi mumkin. Komissiya ish samaradorligini oshirish maqsadida a‟zolar о„rtasida vazifalarni taqsimlab oladi, zaruriyatga qarab, komissiyaning guruhlarini tuzadi. Komissiya ish faoliyatini kasabaqо„mning boshqa komissiyalari hamda mehnat muhofazasi xizmatlari bilan uzviy hamkorlikda olib boradi. Komissiya yig„ilishlari zaruratga qarab chaqiriladi. Odatda ishdan tashqari vaqtda о„tkaziladi. Korxona kasabaqо„mi komissiya a‟zolarining о„quvlarini uyushtiradi, ularni nazorat qilinadigan masalasiga oid qо„llanma va meyoriy hujjatlar bilan ta‟minlaydi, komissiya takliflarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi hamda ularni faol va sidqidil mehnatlari uchun moddiy va ma‟naviy taqdirlanishlarini tashkil qiladi. Tavsiya Mehnat muhofazasi bо„yicha komissiya Kommisiya tarkibiga mehnatni muhofaza qilish talablarini tekshira oladigan xodimlar aniqlanadi va ular kasaba uyushmasi majlis yig„ilishida tasdiqlanadi. Har bir komissiya a‟zosiga aniq bajaradigan ishini belgilab berish kerak. Masalan, komissiya a‟zolarining biriga О„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risidagi qonunlarga ma‟muriyatning rioya qilishini tekshirish, boshqasiga texnika xavfsizligi holati va ishlab chiqarish sanitariyasini tekshirish topshiriladi. Komissiya a‟zolari amaliy ish olib borishi uchun ular о„zlariga yordamchi jalb etishi mumkin. Tajriba shuni kо„rsatadiki, komissiya ishini tо„g„ri tashkil qilish ularning ish rejasining tuzilishidan iboratdir. Komissiya ish rejasini tuzishi va unda asosiy ish yо„nalishi kо„rsatilishi lozim. Iloji boricha yillik ish rejada har bir komissiya a‟zosi uchun aniq topshiriq kо„rsatilishi zarur. Ish rejasi kasaba uyushmasi majlisida tasdiqlanadi. Quyida mehnat muhofazasi bо„yicha komissiyaning namunali ish rejasi kо„rsatilgan. Mehnat muhofazasi bо„yicha komissiya asosan 3 ta guruhda tashkil qilinishi kerak: 1-guruh: О„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Mehnat muhofazasi tо„g„risidagi qonun talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi; 2-guruh: Texnika xavfsizligi holati va ish joyidagi sanitariya holatini nazorat qiluvchi; 3-guruh: Mehnat muhofazasi bо„yicha bitim bajarilishini va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning tо„g„ri tekshirilishini nazo О„zbekiston Respublikasi sog„liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug„iga asosan, xodimlarni tibbiy kо„rikdan о„tkazish tartibi tо„g„risida Nizomi tasdiqlangan. Mazkur Nizom tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy kо„rikdan о„tkazish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomga kо„ra, tibbiy kо„rikdan о„tishi shart bо„lgan lavozimlarga ega bо„lgan tashkilotlarga taalluqlidir. Tibbiy kо„riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yо„l qо„ymaslik, shuningdek kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida о„tkaziladi. О„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga asosan ish beruvchi ushbu Kodeksga muvofiq tibbiy kо„rikdan о„tishi shart bо„lgan xodimlarni, shu jumladan mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan rо„yxatlarda nazarda tutilgan ishlardagi xodimlarni tegishli ravishda mehnat shartnomasi tuzish vaqtida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy kо„rikdan о„tkazishni tashkil qilishi shart. Tibbiy kо„riklar tashkilotga tibbiyot xizmati kо„rsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bо„lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan о„tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan о„tkaziladigan tibbiy kо„riklar О„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli klinikalarida ham о„tkazilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan о„tkaziladigan tibbiy kо„riklar ish davomida о„tkaziladi.. Tibbiy kо„riklarni о„tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va о„rtacha ish haqi saqlanadi. Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari va tashkilotning kasaba uyushmasi qо„mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy kо„rikdan о„tkazilishi shart bо„lgan xodimlarning lavozim bо„yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzishi lozim. Agar xodim о„z sog„lig„ining holati mehnat sharoiti bilan bog„liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy kо„rikdan о„tkazishni talab qilish huquqiga ega. Ayollar yilda kamida bir marta akusher-ginekolog kо„rigidan о„tishi lozim. Allergen moddalar ta‟siriga duchor bо„luvchi shaxslar terapevt, otolaringolog, dermatovenerolog kо„rigidan о„tishi hamda ular qonining klinik tahlili о„tkazilishi lozim. Tibbiy kо„rikdan о„tuvchi xodimlarda psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirishda xodimlarning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrach-psixiatri tomonidan amalga oshiriladi. Agar xodim psixik kasalliklar bо„yicha dispanser hisobida tursa, unga bu haqda belgilangan namunadagi ma‟lumotnoma beriladi. Agar xodim psixik kasalliklar bо„yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, unga vrach-psixiatrning imzosi qо„yilgan belgilangan namunadagi ma‟lumotnoma beriladi. Vaqti-vaqti bilan о„tkaziladigan tibbiy kо„rik natijasi bо„yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta‟siri mavjud ishlardagi xodimlarni dinamik kuzatish maqsadida ushbu xodimlar quyidagi differensiallangan guruhlarga ajratiladi: D1 - zararli ishlab chiqarish omillari ta‟siri belgilari bо„lmagan guruh; D2 - kasb kasalliklarining rivojlanish xavfi yuqori bо„lgan guruh; D3 - kasb kasalliklari aniqlangan bemorlar. . Bunda kasb kasalligining turi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi 195-son qarori (О„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо„plami, 2011 y., 27- son, 283-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatda mayib bо„lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yо„qotilishi gradusini aniqlash tartibi tо„g„risidagi nizomning 2-ilovasida keltirilgan Kasb kasalliklari rо„yxatiga muvofiq aniqlanadi. Download 199.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling