―mеhnatni ilmiy tashkil etish va


II. O`quv fanining maqsadi va vazifasi


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/229
Sana05.10.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1692906
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   229
Bog'liq
МТЭ ва Бошкариш УМК лотин охиргиси 01 11 21

 
II. O`quv fanining maqsadi va vazifasi 
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarga xodimlar mehnatini tashkil etish 
asoslarini amaliyotga qo`llay oladigan darajadagi bilim va ko`nikmalar hosil 
qilishdan iborat. 
Fanning asosiy vazifasi quyidagilar: 
- talabalarga korxonalarda texnika, texnologiyaning va ishlab chiqarishni 
tashkil etish ishining rivojlanishini, xodimlarning madaniy–texnik darajasi o`sib 
borish 
munosabati 
bilan 
mehnat 
taqsimoti 
va 
kooperatsiyalashtirishni 
takomillashtirishni; 
- mehnat jarayonini takomillashtirish, mehnatning ilg`or usul va uslublarini 
joriy qilishni; 
- xodimlarni tanlash, tayyorlash, ularni malakalarini oshirishni tashkil etish
shakllarini yaxshilash, texnika va texnologiya hamda pedagogika fanining hozirgi 
zamon talablariga javob beradigan ta`lim shakllari va usullarini tanlashdan; 
- mehnatni norma va normativlarini takomillashtirish, hamda ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, 
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishni takomillashtirish; 
- mehnatni boshqarish samaradorligini aniqlashni o`rgatishdan iborat. 
―Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish‖ o`quv kursini o`rganish 
natijasida talabalar: 
- xodimlar mehnatini tashkil etishning mazmuni hamda vazifalari, Xodimlar 
mehnatini tashkil etish funktsiyalari, mehnatga oid munosabatlarni tartibga 


244 
soluvchi normativ hujjatlarning mohiyati va mazmuni, korxonada Xodimlar 
mehnatini tashkil etish asoslari, iqtisodiyotning mikro va makro darajalarida 
mehnat taqsimotining asosiy turlari, mehnat normalari va ularning mehnat 
o`lchovini belgilashdagi roli haqidagi tasavvurga ega bo`lishi; 
- ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalaridagi mavjud samarali usul 
va uslublarni aniqlashni va ularni qo`llashni, ish vaqti sarfini kuzatishda 
foydalaniladigan kuzatuv vositalaridan unumli foydalanishni, ish joyini 
rejalashtirish, loyihalashtirish va tashkil etishga qo`yiladigan asosiy talablarni
mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish madaniyatini 
oshirishni, mehnat normalarini belgilash uslublarini bilishi va ulardan foydalana 
olishi; 
- korxona va firmalarda xodimlar mehnatini tashkil etish bo`yicha chora-
tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish 
yo`nalishlarini modellashtirish, ish vaqti sarfini kuzatishda qo`llaniladigan kuzatuv 
uslublaridan amaliyotda keng foydalanish, ish vaqti sarflarini tejamkorlik turlarga 
ajratish, optimal variantlarini tanlash va amaliyotga joriy qilish, mehnatni 
boshqarish samaradorligini aniqlash to`g`risida ko`nikmalarga ega bo`lishi 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling