243
I. O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
―Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish‖ fanini o`rganishda,
mehnat
jarayonida amalga oshadigan turli-texnikaviy,
tashkiliy, sotsial yoki boshqa
xarakterdagi
omillar
ta`siri
ostida
qaror
topadigan
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarga katta e`tibor beriladi. Korxona va
tashkilotlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida ularda mavjud bo`lgan resurslardan samarali va oqilona
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash
va modernizatsiya qilish bo`yicha tanlagan strategiyamizni
amalga oshirish
natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning barqaror sur`atlarini ta`minlash, aholimizning moddiy farovonligini
yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag`ishlaydi.
Shu munosabat bilan ―Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish‖
fanida
ham yangi kontseptual va amaliy o`zgarishlarni aks ettirish va ishlab chiqish
zarurati tug`iladi. Bunday yondashuv tasodifiy
masalalarni chiqarib tashlab, fanni
yanada chuqur o`rganish uchun mehnat munosabatlari sohasidagi to`g`ri
dunyoqarashni iqtisodiy va sotsial jihatdan ifodalash imkonini beradi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar ―Iqtisodiy nazariya‖,
―Marketing‖, ―Menejment‖, ―Kadrlar xizmatida ish yuritish‖ fanlaridan yetarlicha
ma`lumotga ega bo`lishlari lozim.
―Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish‖ fani ―Kadrlar menejmenti‖,
―Personal motivatsiyasi‖, ―Personal auditi va nazorati‖
va boshqa fanlarni
o`rganishda asos bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: