―mеhnatni ilmiy tashkil etish va
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
МТЭ ва Бошкариш УМК лотин охиргиси 01 11 21
Fanning asosiy vazifasi quyidagilar:
- talabalarga korxonalarda texnika, texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil etish ishining rivojlanishini, xodimlarning madaniy–texnik darajasi o`sib borish munosabati bilan mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashtirishni takomillashtirishni; - mehnat jarayonini takomillashtirish, mehnatning ilg`or usul va uslublarini joriy qilishni; - xodimlarni tanlash, tayyorlash, ularni malakalarini oshirishni tashkil etish, shakllarini yaxshilash, texnika va texnologiya hamda pedagogika fanining hozirgi zamon talablariga javob beradigan ta`lim shakllari va usullarini tanlashdan; - mehnatni norma va normativlarini takomillashtirish, hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishni takomillashtirish; - mehnatni boshqarish samaradorligini aniqlashni o`rgatishdan iborat. ―Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish‖ o`quv kursini o`rganish natijasida talabalar: - xodimlar mehnatini tashkil etishning mazmuni hamda vazifalari, Xodimlar mehnatini tashkil etish funktsiyalari, mehnatga oid munosabatlarni tartibga 230 soluvchi normativ hujjatlarning mohiyati va mazmuni, korxonada Xodimlar mehnatini tashkil etish asoslari, iqtisodiyotning mikro va makro darajalarida mehnat taqsimotining asosiy turlari, mehnat normalari va ularning mehnat o`lchovini belgilashdagi roli haqidagi tasavvurga ega bo`lishi; - ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalaridagi mavjud samarali usul va uslublarni aniqlashni va ularni qo`llashni, ish vaqti sarfini kuzatishda foydalaniladigan kuzatuv vositalaridan unumli foydalanishni, ish joyini rejalashtirish, loyihalashtirish va tashkil etishga qo`yiladigan asosiy talablarni, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish madaniyatini oshirishni, mehnat normalarini belgilash uslublarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - korxona va firmalarda xodimlar mehnatini tashkil etish bo`yicha chora- tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish yo`nalishlarini modellashtirish, ish vaqti sarfini kuzatishda qo`llaniladigan kuzatuv uslublaridan amaliyotda keng foydalanish, ish vaqti sarflarini tejamkorlik turlarga ajratish, optimal variantlarini tanlash va amaliyotga joriy qilish, mehnatni boshqarish samaradorligini aniqlash to`g`risida ko`nikmalarga ega bo`lishi Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling