Togʼ massasini yetkazib berish
Togʼ massasini sidirgʼali lebyotka yordamida tashish.
Smena boshida sidirgʼali lebyotka mashinisti laximni tekshiradi, Ish joyini laximni shift va yon tomonlarining holatini, xavfsiz holatga keltiradi. Mustaxkamlagichni ishonchliligini, poʼlat arqonlar, toʼsiqlar, kovushni, yoritishni, tovushli yoki yorugʼlik signalizatsiyasi, yelektr dvigatel zaminlagichni va magnit puskatelni tekshiradi.
Agar kerak boʼlsa, kichik taʼmirlashni va moylashni amalga oshiradi.
Ish paytida mashinist poʼlat arqon tarangligining silliqligini, kovushni yuklanishini toʼliqligini, shuningdek keraksiz predmet kovushga tushmasligini nazorat qiladi.
Smena tugagandan soʼng, sidirgʼali lebyotka mashinisti tokni oʼchiradi, arqonlarni osadi, va yelektr motorini tozalaydi, asboblarni yigʼadi ish joyini tozalaydi.
Togʼ massasini yuklash-tushirish mashinalari bilan yuklash va yetkazib berish:
Togʼ massasini yuklash va yetkazib berish tegishli malakaga yega boʼlgan bitta EYuM operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Smena boshida mashina yonilgʼiga yonilgʼi quyiladi, zarur boʼlganda kichik joriy taʼmirlash, yorugʼlikni sozlash, laximni xavfsiz holatga keltirish, laxmni suv bilan changsizlantirish.
EYuM haydovchisi , yoʼlni tozalaydi, togʼ massasini yuklaydi, Smena tugagandan soʼng, haydovchi EYuM ni mashinalar joyiga olib boradi va u yerda mashinani changdan tozalaydi.
Konda asosiy zararli ishlab chiqarish omillari:
- shovqin, masofadan boshqarish pultining ruxsat yetilgan maksimal darajasi - 80dBA;
- masofadan boshqarish pultining tebranishi - 92dB;
- changning maksimal ruxsat yetilgan konsentratsiyasi - 2 mg / m3;
- 20-23 0C -70-30% haroratda MPC namligi;
Portlash paytida zaharli gazlar hosil boʼladi. Ishlayotgan yer osti quduqlari tarkibidagi havo tarkibida toksik gazlar (bugʼlar) maksimal ruxsat yetilgan konsentratsiyadan oshmasligi kerak (hajm boʼyicha%):
- uglerod oksidi - 0,0017
- azot oksidi - 0.00026
- oltingugurt dioksidi - 0.00038
- vodorod sulfidi - 0.00071
- akrolin - 0,000009
- formaldegid - 0,00004.
Do'stlaringiz bilan baham: |