Ish joyini xavfsiz tashkil yetish.
Ish joylari va ish joylarini tashkil qilish ishchilarning ishning barcha bosqichlarida xavfsizligini taʼminlashi kerak. Har bir ish joyida normal shamollatish, yoritish, avariya toʼgʼrisida
ogohlantirish vositalari, ish uchun toʼliq xavfsizlik holati boʼlishi kerak (kon laximida osilib turgan togʼ jinslari, yaroqsiz mustaxkamlash inshooti mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari toʼsiqlari mavjudligi va boshqalar). Barcha gorizontlar joylar telefon aloqasi bilan taʼminlanishi kerak.
Ishni xavfsiz tashkillashtirish.
Xar bir kasb egasi oʼz kasbiga bogʼliq xolda shaxsiy ximoya vositasidan foydalandi. (paxta kostyumi, rezina kostyum, berezent kostyumi, ichki kiyim, jun paypoq, rezina yetik, charm yetik);
- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish (kaska, qoʼlqop, quloq tiqinlari, naushnik, nafas olish apparati, yer osti ish sharoitlari boʼlgan ishchilar uchun Si-30 Ks izolyatsiyalangan qutqaruvchisi, himoya koʼzoynagi).
Barcha turdagi ishlarni bajarishda moʼljallangan himoya vositalari va vositalaridan foydalanish kerak.
- sidirgʼalovchi libyotka mashinisti uchun: himoya koʼzoynagi (poʼlat arqonni tolasidan ximoya uchun), himoya panjarasi, yoritish, xizmatga yaroqli asboblar ( bolgʼa, kalitlar, kabel toʼsar), izolyatsion tutqich;
- laxim oʼtish ishlarida: tebranish susaytiradigan qoʼlqoplar, burgʼulash moslamasi, xizmatga yaroqli asbob uskuna (oborochniy lom, bolgʼa, ombur va boshqalar);
- balandlikda ishlaganda: xavfsizlik kamari;
- yelektr inshootlarini taʼmirlash, texnik xizmat koʼrsatish va montaj ishlari paytida:
dielektrik qoʼlqoplar, dielektrik yetiklar, dielektrik galoshlar, kuchlanish koʼrsatkichlari va boshqalar.
2.BOB XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
2.1. Umumiy maʼlumot
Ish joyiga yetib borgach, ishchi ish boshlashdan oldin, ish joyining xavfsiz holatini tekshirishi va ish uchun zarur boʼlgan asboblar, mexanizmlar va moslamalarning yaroqliligini tekshirishi kerak. Ish joyi shunday boʼlishi kerakki, xodim ham toʼgʼridan-toʼgʼri ish joyiga, ham chekinish tartibida yerkin harakatlansin. Oʼtish yoʼllari hech narsa toʼsqinlik qilmasligi kerak. Barcha materiallar va jihozlarni olib tashlash kerak chiqindilar (ishlatilgan respirator, bakalashka qogʼoz va boshqalar) atrofida yotmasligi kerak.
Barcha asbob-uskunalar va jihozlar belgilangan joylarda saqlanishi kerak. Smenaning boshida va oxirida ish joyida narsalarni tartibga solish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |