Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Mavzu:Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish


Download 220.89 Kb.
bet45/62
Sana04.09.2023
Hajmi220.89 Kb.
#1672634
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazm-fayllar.org

Mavzu:Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish
Ishlab chiqarish joylarida elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo'lga qo‘yilganligi sababli, elektr toki ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoni yo‘q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o‘matish nihoyatda muhim.
Umuman, elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bulami bilish har bir kishi uchun kerakli va zamriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.
Ishlab chiqarish joylarida elektr xavfsizlik ta’minoti ham alohida ahamiyatga ega. Elektr toklaridan foydalanishda xavfsizlik normalariga rioya qilinishi kerak.
Ishlab chiqarish joylarida turli xil ommaviy tad- birlar o‘tkazishda bevosita ovoz kuchaytirgichlari, ovoz eshittirish va yozib olish texnika vositalarini ishlatishda, shuningdek, kom- pyuter, proyektorlar, nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish vositalari va shunga o'xshash texnikalar ishlatishda elektr tokidan foy- dalaniladi. Bunda texnika vositalarini ulovchi simlar yopiq bo‘lishi, ochilgan joylari bo‘lmasligi, izolatsiyalangan bo'lishi kabi bir qator xavfsizlik talablariga e’tibor berish kerak.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordam ikki qismga bo‘lib qaraladi:
1) tok ta’siridan qutqarish;
2) birinchi yordam ko‘rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish, o‘z navbatida, bir necha xil bo‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu — elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini yo'qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, shifokor keli- shini kutish yoki tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, uni quruq va qulay joyga yot- qizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Novshadil spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasi va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qal- tirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi boTsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur. Klinik oTim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda, yurakni ustki tomondan uqalash kerak.
Yurakni tashqaridan uqalash jarohatlangan kishi orga- nizmidagi qon aylanishini sun’iy ravishda tiklab turish maqsa- dida amalga oshiriladi.
Uqalash sun'iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatayotgan kishi bir o‘zi boTsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko'krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo‘1- ganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun uqa- lashni 2—3 daqiqaga to‘xtatib, tomir urishi paypaslab ko'riladi.

Download 220.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling