Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Download 0.66 Mb.
bet29/107
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#250493
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Bog'liq
Maruza Matn (Автосохраненный)

Topografik usul baxtsiz hodisa ro‘у bergan joyni o‘rganish va tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, ushbu joyni ishlab chiqarish rejasiga yoki topografik kartaga tushirish orqali amalga oshiriladi.

Iqtisodiy usulda esa mehnat muhofazasi uchun ajratiladigan mablag‘lar va materiallarning baxtsiz hodisalarni kamaytirishga qanchalik ta’sir etishi va baxtsiz hodisalarning iqtisodiy oqibatlari o‘rganiladi.

Mavzu: Gigiena, fiziologiya va ish psixologiyasi asosiy tushunchalar

1.2. Mehnat xavfsizligining psixologik asoslari

Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni (jaro- hatlanishlar, shikastlanishlar, kasallanishlar, yong‘inlar va b.) kamaytirish muammosini faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo‘1maydi. Shu sababli, mehnat xavfsizligi psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Tajribalarning ko‘rsatishicha ishlab chiqarishdagi avariyalar va jarohatlanishlarning ko‘pchiligi mashinalardagi muhandislik-konstruktorlik nuqsonlar yoki texniktexnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik,

уa’ni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmaslik, yetarli darajada o‘qitilmaslik, ishchining bilibbilmay xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli

ishlarga maxsus o‘qishlardan o‘tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik bo‘yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta’sirida yuz beradi. Shu sababli, ko‘pincha jarohatlanishlarning 60–70 foiziga bevosita jarohatlanuvchilarning o‘zlari aybdor bo‘ladi.

Xavfsizlik psixologiyasi deganda insonning mehnat xavf- sizligini ta’minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi.

Xavfsizlik psixologiyasi mehnat faoliyati davomida yuz beradigan turli jarayonlarni, xususiyatlarni va holatlarni chuqur o‘rganadi hamda tahlil qiladi. Shunga bog‘liq holda, insonning ruhiy faoliyatini uch xil komponentga ajratish

mumkin, уa’ni ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling