Texnologik intizom deganda, avariyaga yo‘l ko‘ymaslik, ishlab chiqarilgan mahsulotni yoki ko‘rsatilgan xizmatni sifatli qilib chiqarishga erishish maqsadida texnologiya jarayoni tartiblariga, uskunalarni zapravka qilish hamma parametrlariga, texnik shart va standartlariga aniq va qattiq rioya qilish, shuningdek, ish usullarining puxta bajarilishi anglashiladi. Loyihalashtirilgan texnologiya normalaridan chetga chiqish mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat sifatining pasayib ketishiga, nuqsonli mahsulot paydo bo‘lishiga va xom ashyolar isrofgarchiligiga sabab bo‘ladi. - Texnologik intizom deganda, avariyaga yo‘l ko‘ymaslik, ishlab chiqarilgan mahsulotni yoki ko‘rsatilgan xizmatni sifatli qilib chiqarishga erishish maqsadida texnologiya jarayoni tartiblariga, uskunalarni zapravka qilish hamma parametrlariga, texnik shart va standartlariga aniq va qattiq rioya qilish, shuningdek, ish usullarining puxta bajarilishi anglashiladi. Loyihalashtirilgan texnologiya normalaridan chetga chiqish mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat sifatining pasayib ketishiga, nuqsonli mahsulot paydo bo‘lishiga va xom ashyolar isrofgarchiligiga sabab bo‘ladi.
- Har bir jamoadagi psixologik muhit normal bo‘lishi mehnat intizomining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda xodimlar o‘rtasida o‘rtoqlarcha ishchanlik munosabati bo‘lishi, ular bir - birlariga odob, hurmat va madaniyat bilan muomla qilishlari tushuniladi. Ishlab chiqarishdagi yoki xizmat ko‘rsatishdagi hamma masalalar yuzasidan bir - biriga talabchanlik, qo‘pollik va odobsizlik salbiy hissiyot, yomon kayfiyat hosil qilib, natijada ish qobiliyati pasayib ketishiga va kadrlar qo‘nimsizligiga sabab bo‘ladi.
2. Mehnat intizomini buzish turlari va sabablari hamda intizomni mustahkamlash tadbirlari - 2. Mehnat intizomini buzish turlari va sabablari hamda intizomni mustahkamlash tadbirlari
- Mehnat intizomini buzishning asosiy turlari: ishga kechikib kelish va ishdan barvaqt ketib qolish, ish vaqtida shaxsiy ish bilan mashg‘ul bo‘lish yoki ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish) topshirig‘i bilan bog‘liq bo‘lmagan ishni qilish, kuni bilan uzrsiz ishga chiqmaslik, mehnatni muhofaza qilish va texnologiya talablariga rioya qilmaslik, bir korxonadan ikkinchisiga asossiz o‘tish kabilardan iborat.
- Mehnat intizomi buzilishining hamma turlarini uch guruhga bo‘lish mumkin: 1)mehnatni qo‘pol ravishda buzish – ishga kechikib kelish, ishga chiqmaslik, ichkilikbozlik, ishdan bo‘yin tovlash – mehnatga intizomsizligi munosabatining umumiy ko‘lamida bunday salbiy hodisalar ko‘p o‘rin olmaydi; 2) murakkab buzilishlar – bor kuchni berib ishlamaslik, bir korxonadan boshqasiga o‘tish, ma’suliyatsizlik, tarqoqlik – intizomsizlikning bu xillari ko‘proq uchraydi; 3) xizmatdan foydalanib, mehnat intizomini buzish, ya’ni ish vaqtida shaxsiy ish bilan mashg‘ul bo‘lish – intizomsizlikning bu turi ham ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |