Mehnatni tashkil etish va normalash fani
Download 0.66 Mb.
|
Mehnatni tashkil etish va normalash fani 6 pptx (2)
Mehnat intizomi – mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasiga asoslangan har qanday inson faoliyatining ob’ektiv zaruriyatidir. Mehnat intizomi bo‘lmasa, muayyan pirovard natijaga erishishga qaratilgan samarali jamoa ishi bo‘lishi mumkin emas. Mehnat intizomini buzuvchi xodim ishdagi yoki xizmatdagi ulishini vaqtida va sifatli bajarmay, o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish jarayonining asosiy va faol qismi bo‘lgan mehnat jarayonining o‘tishini (bajarilishini) sekinlashtiradi, rejalangan topshiriqning bajarilishiga xalaqit beradi, natijada jamoaning mehnat samaradorligi umumiy darajasi pasayib ketadi.Mehnat intizomi o‘z vazifalarini halol va ijodiy bajarishdan, ish yoki xizmatning samaradorligini va sifatini oshirishda shaxsan faol ishtirok etishdan iborat. Mehnat intizomi belgilab qo‘yilgan ish kuni tartibiga qat’iyan rioya qilish, hamma norma va topshiriqlarni kun sayin bajarib borish, texnologik hamda ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, jamoada sog‘lom psixologik muhitni saqlab borish kabi qoidalarni o‘z ichiga oladi.Texnologik intizom deganda, avariyaga yo‘l ko‘ymaslik, ishlab chiqarilgan mahsulotni yoki ko‘rsatilgan xizmatni sifatli qilib chiqarishga erishish maqsadida texnologiya jarayoni tartiblariga, uskunalarni zapravka qilish hamma parametrlariga, texnik shart va standartlariga aniq va qattiq rioya qilish, shuningdek, ish usullarining puxta bajarilishi anglashiladi. Loyihalashtirilgan texnologiya normalaridan chetga chiqish mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat sifatining pasayib ketishiga, nuqsonli mahsulot paydo bo‘lishiga va xom ashyolar isrofgarchiligiga sabab bo‘ladi.Texnologik intizom deganda, avariyaga yo‘l ko‘ymaslik, ishlab chiqarilgan mahsulotni yoki ko‘rsatilgan xizmatni sifatli qilib chiqarishga erishish maqsadida texnologiya jarayoni tartiblariga, uskunalarni zapravka qilish hamma parametrlariga, texnik shart va standartlariga aniq va qattiq rioya qilish, shuningdek, ish usullarining puxta bajarilishi anglashiladi. Loyihalashtirilgan texnologiya normalaridan chetga chiqish mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat sifatining pasayib ketishiga, nuqsonli mahsulot paydo bo‘lishiga va xom ashyolar isrofgarchiligiga sabab bo‘ladi.Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling