Mehnatni tashkil etish va normalash fani
Download 0.66 Mb.
|
Mehnatni tashkil etish va normalash fani 6 pptx (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mehnat intizomini buzish turlari va sabablari hamda intizomni mustahkamlash tadbirlari
Har bir jamoadagi psixologik muhit normal bo‘lishi mehnat intizomining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda xodimlar o‘rtasida o‘rtoqlarcha ishchanlik munosabati bo‘lishi, ular bir - birlariga odob, hurmat va madaniyat bilan muomla qilishlari tushuniladi. Ishlab chiqarishdagi yoki xizmat ko‘rsatishdagi hamma masalalar yuzasidan bir - biriga talabchanlik, qo‘pollik va odobsizlik salbiy hissiyot, yomon kayfiyat hosil qilib, natijada ish qobiliyati pasayib ketishiga va kadrlar qo‘nimsizligiga sabab bo‘ladi.2. Mehnat intizomini buzish turlari va sabablari hamda intizomni mustahkamlash tadbirlari2. Mehnat intizomini buzish turlari va sabablari hamda intizomni mustahkamlash tadbirlariMehnat intizomini buzishning asosiy turlari: ishga kechikib kelish va ishdan barvaqt ketib qolish, ish vaqtida shaxsiy ish bilan mashg‘ul bo‘lish yoki ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish) topshirig‘i bilan bog‘liq bo‘lmagan ishni qilish, kuni bilan uzrsiz ishga chiqmaslik, mehnatni muhofaza qilish va texnologiya talablariga rioya qilmaslik, bir korxonadan ikkinchisiga asossiz o‘tish kabilardan iborat.Mehnat intizomi buzilishining hamma turlarini uch guruhga bo‘lish mumkin: 1)mehnatni qo‘pol ravishda buzish – ishga kechikib kelish, ishga chiqmaslik, ichkilikbozlik, ishdan bo‘yin tovlash – mehnatga intizomsizligi munosabatining umumiy ko‘lamida bunday salbiy hodisalar ko‘p o‘rin olmaydi; 2) murakkab buzilishlar – bor kuchni berib ishlamaslik, bir korxonadan boshqasiga o‘tish, ma’suliyatsizlik, tarqoqlik – intizomsizlikning bu xillari ko‘proq uchraydi; 3) xizmatdan foydalanib, mehnat intizomini buzish, ya’ni ish vaqtida shaxsiy ish bilan mashg‘ul bo‘lish – intizomsizlikning bu turi ham ko‘p uchraydi.Mehnat intizomining buzilishiga olib keladigan asosiy sabablar: ichkilikbozlik, mas’uliyatsizlik, uydagi noqulay sharoit va vaziyatlar, huquq-tartibotini buzish tufayli qamoqqa tushish va hokazolardir. Xo‘jalik, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari korxona xodimlariga ongli intizom ruhini sindirish bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni bo‘shashtirib yuborganligi ham mehnat intizomining buzilish sabablaridan biridir.Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling